www.ziyouz.com kutubxonasi
48
kasbga yo‘naltirilgan maxsus diniy darslarini o‘zi ham talaba singari o‘rganishga xarakat
qildi.
Ba’zan Husayin maktabdoshlari bilan birga uyda dars tayyorlar, Fotimaxonim ularga
choy damlar, taom chiqarar, tortinmasdan o‘tirishlari uchun imkon berardi. Ba’zan ular
o‘tirishgan xonaning eshigigacha kelib, quloq solar, dars tayyorlab-tayyorlamayotganini
nazorat qilardi. Balki u gap poylab, maroqlanish uchun shunday qilgan dersiz?
Fotimaxonimdek odob va tarbiya namunasi, iffat va fazilat obidasi bo‘lgan bir xonimga
nisbatan bu savolga «ha» deb javob berganlar gunoh ostida qoladilar. Uning maqsadi
bolasining dars tayyorlash bahonasida behuda vaqt sarflab, behuda narsalarga
berilmasligini nazorat qilyash edi. Har holda bunday maqsad bilan o‘g‘lining xatti-
harakati oatarbnyasini nazorat qilgan Fotimaxonimning ma’zur etilmasligiga jiddiy bir
sabab topilmasa kerak.
Husayin ikki yillik taxsil hayotini onasining e’tibori va yordami bilan muvaffaqiyatli ado
etdi.
Bu yil Husayin uchinchi sinf talabasi — balog‘at yoshiga kirib, uyning ikkinchi erkaga
sanalib qoldi.
Yanayam to‘g‘rirog‘i, u o‘zini shunday his etmoqda edi. Hatto o‘smirlikning ba’zi bir
tabiiy havoyiliklarini ko‘rsata boshladi. Goh maktabdan chiqnb uyga kech kelar, kelar-
kelmas sumkasini ko‘yib hech kim bilan gaplashmasdan, men falon yerga boraman
demasdan chiqib ketardi. Izzat-nafs belgilari bilinib qoldi. Ba’zan do‘stlari bilan dars
tayyorlashga ketib, tun yarmida qaytardi.
Bomdodga uyg‘otmoq uchun Husayinning yoniga kirgan Fotimaxonim tamaki xidini sezib
ijirg‘andi, egilib hidladi — aniq tamaki hidi. O’g‘lini uyg‘otib o‘zi joynamoz uzra tiz
cho‘kdi. Ko‘zlari derazadan elas-elas qo‘rinayotgan tumanli tog‘larga qaraganday. Faqat
ularga tomosha qilish niyati bilan qaramayotgani aniq. Zotan tomosha qilayotganning
qo‘zlari bu qadar tolg‘in bo‘lmaydi. Ko‘zlardagi tolg‘inlik qalbning g‘ayri odatiy tashvishga
duch kelganidan dalolat. Haqiqatan, Fotimaxonim bomdoddan so‘ng oxirat diyoriga
ko‘chganlarga oyatlar o‘qib, duolar qilishni odat etgandi. Oradan olti-etti daqiqa o‘tib
ham Husayin turavermagach, yana uning yoniga bordi. Haligi hid yana uni bezovta va
xafa qildi.
— Husayin, qani tur, namoz o‘tib ketyapti.
— Ona, bu kecha kech yotdim.
— Namozingni o‘qib, yana yotaverasan.
— Ko‘zlarimni ocholmayapman, ona, yana bir soat ruxsat bering.
— Bo‘lmaydi, o‘g‘lim. Hozir quyosh chiqadi. Namoz uyqudan xayrlidir.
So‘ngra uning qo‘lndan tutib ko‘tardi. Husayin haqiqatan uyquga to‘ymagandi. Kech
yotgandi. Shuningdek onasining turg‘azmasdan qo‘ymasligini o‘z ismini bilgandek aniq
bilardi. Bugungacha kun chiqqach bomdodni o‘qiganini yoki kun chiqmasdan avval
o‘qimaganini eslayolmaydi. Namozini o‘qidi va yana yotdi.
Bir soat o‘tib turgach, onasining yuzida qayg‘u alomatlari ko‘ringanday bo‘ldi.
— Tobingiz yo‘qmi, ona?
— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Xafa ko‘rinasiz.
— Ha, xafaman.
— Nima bo‘ldi? Nega xafasiz? Bu gal Fotimaxonim so‘radi:
— Qayg‘umning sababini bilsang, meni qanday hursand qilasan?
— Kuchim yetgancha sizni xursand etishga harakat qilaman, ona.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |