46
X u l o s a
O’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatish 4-sinf
matematikasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda amallar soniga nisbatan
cheklanmaydi, ya'ni o’quvchi nafaqat ikkita, balki uchta va to’rtta
ko'paytmalarning yig’indisini topish talab etilgan, hayotiy masalalarni yecha
olishi kerak.
Tarkibli masalalarda sodda masalalarning barcha turdagi ko’rinishlari
uchrashi mumkin. Tadqiqotimizda berilganlar bilan izlanayotganlar orasida
bog’lanish o’rnata olish ko’nikmasiga nisbatan talabni ko’proq qo’yuvchi
bir qator yangi masalalar berish nazarda tutilgan. Bu masalalarni o’rganish
uchun alohida dars qo'shimcha dars soatlari shart emas. Bunda o’qituvchi
dastlab masala haqida tushuntirishlar olib boradi, so’ngra o’quvchilar o'zlari
mustaqil ishlashlari uchun metodik tavsiyalar taklif qilishi mumkin.
Murakkab masala yechishda asosiy bosqichlarni quyidagicha belgilash
mumkin:
1. masalani o'qish;
2. ma'lum va noma'lumlarni aniqlash;
3. qisqa yozuv yoziladi;
4. yechish rejasi tuziladi;
5. yechish bajariladi;
6. javob aniqlanadi:
7. javob tekshiriladi.
Masala yechishda materiallar asosan tevarak-atrofdan olinishi
maqsadga muvofiq. Bizning tadqiqotimiz obyekti hisoblangan vaqtga doir,
geometrik va idrok qiluvchi masalalar o’quvchilarni masala yechish bilan
birga matematikani yaxshi o’zlashtirishiga ham xizmat qiladi.
“3-sinfda murakkab masalalar ustida ishlash” mavzusi yuzasidan olib
borilgan tadqiqotlardan quyidagi xulosalarga keldik:
a) boshlang’ich matematika kursida matnli masalalar, xususan, murakkab
masalalar yechish alohida o’rin egallaydi
47
b) o’quvchilarni baho, miqdor va qiymat, vaqt, tezlik, masofa orasidagi va
boshqa miqdorlar orasidagi mavjud bog’lanishlar bilan tanishtirishda
murakkab masalalarning ahamiyati katta;
c) o’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatishning ahmaiyati
ular ustida ish olib borish usullariga bog’liq;
d) masalalar ustida ishlash jarayonida uni turli usulda yechish malakasini
shakllantirib borish g’oyat muhim;
e) murakkab masalalar yechishda mulohaza yuritishning analitik va
sintetik usulidan foydalanish o’quvchilarni ancha jiddiy fikrlashga
o’rgatadi;
f) fikrlashning sintetik usulida o’quvchi masaladagi son ma’lumotlaridan
boshlab, izlanayotgan ma’lumotga qarab tahlil etishni o’rganadi;
g) masalada izlanayotgan miqdordan ma’lum miqdorlarga qarab tahlil etish
orqali analitik usulda yechish malakasi shakllanadi;
h) masalalar yechishda muammoli vaziyatni hosil qilish o’quvchining
idrokini, fikrlashini o’stiradi;
i) geometrik mazmundagi masalalar ustida ish olib borishda
o’quvchilarning geometrik tasavvurlarini o’stirishga, geometrik figuralar
ustida ko’proq amaliy ishlar olib borish lozim;
j) o’qituvchi masala yechishning u yoki bu usulini qo’llaganda didaktika
tamoyillarini hisobga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: