Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

Fozil otaga
). Keling, ishlaringiz qalay? 
F o z i l   o t a.  Yomon  emas,  mana,  ikkinchi  korpus  ham  qaddini  ko’tarib  qoldi.  Men 
hozir Jo’ravoyga arz qilib kelayotgan edim. 
M e h m o n x o’ j a y e v. Yana arzmi. 
Fozil ota. Ha, arz. 
B o’ r i b o y. Menga ruxsatmi? 
M e h m o n x o’ j a y e v. Hozir, sabr qil. 
B o’ r i b o y. Xo’p, xo’p. 
M e h m o n x o’ j a y e v. Qani, usta, nima deyayotgan edingiz? 
F o z i l   o t a.  Yangamning  oshini  shirin  qilgan  akamning  masallig’i  deydi.  Usta-
mardikorning  ishi  g’isht,  yog’och,  loy  bilan  bitadi,  o’g’lim.  Mana  bu  g’ishtni  qarang. 
(
Ko’rsatadi
.) Bu nima? Xom g’ishtning o’lsa o’ligi ortiq. 
B o’ r i b o y. Shunchalik emas, usta, rangida ham, narxida ham farqi bor. 
F o z i l   o t a.  Narxida  bo’lsa  bordir,  munaqangi  g’ishtni  umrimda  ishlatmayman. 
Mening  odatim:  g’ishtni  suvga  tashlayman.  Bir  ko’pik  chiqsa  ham  irg’itib  yuboraman, 
chunki  chala,  xom,  qurilishga  yaramaydi.  (
Qo’lidagi  g’ishtni  ko’rsatib
.)  Bundan  nainki 
ko’pik  chiqsin,  suvga  tushsa  bo’lka  nonday  ivib,  qaytib  chiqmaydi.  (
G’ishtni  qo’li  bilan 
sindiradi
.) Yetmish yashar chol g’isht sindirganini eshitganmisiz? Bu nima degan gap?! 
B o’ r i b o y. G’ishtning sifati uchun men aybdormanmi? 
J o’ r a  S o d i q o v i ch. Zavoddan chiqibdi deb qabul qilaverish kerakmi?  Bu  g’isht 
brak, axir. 
M e h m o n x o’ j a y e v. Ko’z-quloq bo’lib tursang bo’lmaydimi, Bo’riboy. 
B o’ r i b o y. Nima qiladi, shuvoqning tagida qolib ketadi-ku. 
J o’ r a  S o d i q o v i ch. Biz tovuqxona emas, odamlarga uy-joy qurayotibmiz, o’rtoq 
Bozorboyev. 
B o’ r i b o y (
chetga o’tib
). Jonimga tegdi. (
Chiqib ketmoqchi bo’ladi
.) 


J o’ r a    S o d i q o v i c h.  To’xtang,  Bo’riboy,  men  hozir  sizga  shuvoqning  tagida 
qolib  ketgan  g’ishtlarni  ko’rsataman.  Pensionerlar  uyi  bizga  ochiq  tajriba  bo’lishi  kerak. 
(
Mehmonxo’jayevga
.)  Erta  o’tib  indinga  partbyuroda  felyetonni  muhokama  qilamiz. 
(
Bo’riboyga
). Siz ham bo’lishingiz kerak. Tayyorlaning. 
B o’ r i b o y. Bajonidil. Reviziyaga tayyorman. 
M e h m o n x o’ j a y e v.  Har  qancha  muhokama  qilsangiz  qilingg-u,  Jo’ra 
Sodiqovich, lekin felyetonda keltirilgan faktlar yolg’on! Mana, Bo’riboy aytsin. 
B o’ r i b o y. Aksari yolg’on. 
J o’ r a  S o d i q o v i ch. Demak, rosti ham bormi? 
M e h m o n x o’ j a y e v.  Mening  adresimga  aytilgan  gaplar  tuhmat.  Isbotlash 
ma’nosida men sizlarga ko’rsataman. 
J o’ r a  S o d i q o v i c h. Yana dard ustiga chipqon bo’lmasin. 
M e h m o n x o’ j a y e v. Tilim qisiq joyi yo’q. Kvartal planini bajardim-mi, bajardim. 
Men qurgan uylarda odamlar yashayaptimi, yashayapti! 
J o’ r a  S o d i q o v i c h. To’g’ri, bir qaraganda hamma ish joyida, ammo... 
M e h m o n x o’ j a y e v. Yana ammo, yana ayblash! 
J o’ r a    S o d i q o v i c h.  Sabr  qiling.  Qurilish-montaj  boshqarmamiz  ishidagi 
nuqsonlar  uchun  siz  qatori  men  ham  javobgarman.  Men  o’zimni  quruqqa  olib 
qochayotganim  yo’q.  Ammo  kamchiliklar  jiddiy  bo’lishiga  qaramasdan  siz  ularni  tan 
olmayotibsiz, o’rtadagi kelishmovchilik ana shunda! 
M e h m o n x o’ j a y e v.  Yana  takrorlash  ma’nosida  aytamanki,  yolg’on!  Tuhmat! 
Ko’rolmaslik!  Buni  men  Mehmonxo’jayevning  tagiga  suv  quyish,  stoliga  ko’z  olaytirish 
ma’nosida tushunaman. 
J o’ r a    S o d i q o v i c h.  Hamma  balo  ana  shunda,  hadiksirashda,  do’stlikni, 
samimiylikni tushunmaslikda! 
M e h m o n x o’ j a y e v.  Endi  gap  ketmaydi.  Ishning  tepasiga  boramiz,  qurilishga 
chiqamiz. O’sha yerda ko’ramiz, Jo’ra Sodiqovich, siz nima qildingizu, men nima qildim... 
Siz ham, Dilbarxon ham qancha e’tirozingiz bo’lsa o’sha yerda aytasiz. Qani, ketdik! 
Sahna birpas bo’sh qoladi. Boqijon bilan Soqijon kiradi. 
 
B o q i j o n. Omonatni qayerga qo’yamiz. Soqi sumbat, Asalxon ko’rinmaydi! 
S o q i j o n. Mana bu stol ustiga, Boqi beg’am. 
B o q i j o n. Xo’sh, kechirimni kimdan so’raymiz, xo’jayin yo’q-ku? 
S o q i j o n. Yo’q bo’lsa, o’ziga qiyin. 
B o q i j o n.  Jumbog’ing  ham  qurmasin,  odamni  xijolat  qilib  qo’yding.  Har  qalay 
Mehmonxo’jayev ilgari shunchalik emas edi. 
S o q i j o n. Ilgari shunchalik bo’lmasa ham keyingi paytda burni pod’yomniy kranday 
ko’tarilib qolgan edi-da, nimasini yashirasan. 
B o q i j o n. Shunday bo’lsa bordur, Soqi sumbat. Laqabing tuya emas edi-ku, ammo 
bir hazil bilan bir taxta yantoqni shipirib tashlading, shovvoz. 
S o q i j o n. Yantoqni shipirgan bo’lsam, ayni muddao bo’pti-da, Boqi beg’am. 
B o q i j o n.  Har  holda  novda-nihollarga  tegmading,  hoy  to’xta,  Soqi  sumbat, 
xo’jayinning ishi endi nima bo’larkin? 
S o q i j o n. Nima bo’lardi. Asfalasofilin. 
B o q i j o n. Ey, nafasingning tagiga o’t qalavor. Namuncha sovuq? 


S o q i j o n.  Keyin,  mabodo  mendan  Mehmonxo’jayevning  o’rniga  kimni  qo’yamiz 
deb so’rashsa, seni ko’rsataman, Boqi beg’am. Qalay, nafasim issiqmi? 
B o q i j o n. Bordi-yu, men seni ko’rsatsam, nima qilarding. 
S o q i j o n.  Menmi,  mana  bundoq  o’tirib  (
Mehmonxo’jayevning  stuliga  o’tiradi
). 
Birinchidan, Bo’riboyning dumini tugardim. Ikkinchidan... 
 
Telefon jiringlaydi, har ikkisi cho’chib tushadi. Soqijon o’zini bosib, sekin trubkani 
oladi. 
S o q i j o n. Labbay, Soqijonman. Asalxon yo’q. Boqijon bor. 
B o q i j o n. Kim ekan? 
S o q i j o n (
Boqijonga
). Sabr qil. Boqi beg’am. (
Trubkaga
). Boqijonmi, chapdast usta, 
kelishgan yigit. Hali uylanmagan, bu ishda ham kechikkanlardan... 
B o q i j o n  (
telefonni  bosib  qo’yadi
).  Ey  o’l-ey,  Soqi  sumbat  rasvo  qilding-ku,  hazil 
ham evi bilan-da. Asalxonning jazmani bo’lsa yaxshi emas, ko’ngliga keladi. 
S o q i j o n. Qiz bolaning ovozi, Boqi beg’am, dugonasi bo’lsa kerak. 
B o q i j o n. Shu gapingni boya aytmaysanmi, o’zim gaplashardim. 
S o q i j o n. Ha, yoqmay ketsin. 
B o’ r i b o y  (
yugurib  kiradi
).  «Skoraya  pomoshch»!  Avariya!  Xo’jayin  havozadan 
yiqildi!  (
Boqijon  bilan  Soqijon  chiqib  ketadilar
).  Uning  o’rnigaJo’ra  yiqilsa  bo’lmasmidi! 
(
Telefon  qila  boshlaydi
),  «Skoraya  pomoshch».  Ha,  yo’q.  Militsiya?  (
Trubkani  iladi
). 
Salomat bo’lsinlar-ey! 
Parda. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish