Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

SOBIR ABDULLA 
(1905—1972)
 
 
Atoqli shoir va dramaturg Sobir Abdulla Qo’qon shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 
Eski  va  yangi  maktablarda  tahsil  ko’rgan,  mehnat  faoliyatini  1925-yili  «Yangi  Farg’ona» 
gazetasida jurnalist sifatida boshlagan. Uning «Muxbirga hujum» degan birinchi pyesasi va 
ilk she’rlari shu gazetada bosilib chiqqan. 
Sobir Abdullaning dramaturglik faoliyati 1931—1936-yillari Andijon viloyat musiqali 
drama  va  komediya  teatrida  adabiy  emakdosh  sifatida  ishlagan  davrda  avj  ola  boshlaydi. 
Shu  yerda  u  bastakor  To’xtasin  Jalilov  bilan  ijodiy  hamkorlik  qiladi  va  bu  hamkorlik 
dramaturgning  butun  ijodiy  faoliyati  davomida  yangi-yangi  asarlar  yaratilishiga  sabab 
bo’ladi. 
Sobir  Abdulla  Andijon  teatridan  so’ng  Toshkentda  O’zbek  davlat  filarmoniyasi, 
Muqimiy  nomli  musiqali  teatrda  adabiy  emakdosh,  gazeta  jurnallarda  jurnalist  sifatida 
ishlaydi. 
Sobir  Abdulla  o’n  beshdan  ortiq  pyesa  yaratgan:  «Bog’bon  qiz»  (1930),  «Qashqar 
tutquni»  —  «Oyxon»  (1934),  «Tohir  va  Zuhra»  (1939),  «Mard  oila»  (1941),  «Qurbon 
Umarov»  (1941,  Chustiy  bilan  hamkorlikda),  «Davron  ota»  (1942,  K.Yashin  bilan 
birgalikda),  «Orzu»  (1949),  «Alpomish»  (1949),  «Muqimiy»  (1953),  «Gul  va  Navro’z» 
(1966),  «Iste’dod»  kabi  musiqali  dramalar  shular  jumlasidandir.  Ayniqsa,  T. Jalilov 
musiqasi  bilan  dunyoga  chiqqan  «Tohir  va  Zuhra»,  «Alpomish»,  «Muqimiy»  va  «Gul  va 
Navro’z»  asarlari  musiqali  drama  janrining  yetuk  namunalari  bo’lib,  o’n  yillar  davomida 
o’zbek  teatri  sahnasini  bezab  keldi.  Sobir  Abdulla  o’zbek  teatrini  rivojlantirishdagi 
xizmatlari uchun O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi unvoni bilan taqdirlangan. 
Sobir  Abdullaning  «Tohir  va  Zuhra»,  «Alpomish»  va  «Gul  va  Navro’z»  musiqali 
dramalari  (T. Jalilov  musiqasi  bilan)  musiqali  drama  rejissorlari  va  aktyorlari  ijodiy 
kamolotida alohida bosqichga aylangan. 
Sobir  Abdulla  qahramonlari  shoirona  tabiati,  oddiy  va  samimiyligi,  ayni  paytda  o’z 
yo’lida  qat’iy  turishi,  oromsizligi,  taqdirlarining  murakkabligi,  musiqiy  jihatdan  yuqori 
ovoz  pardalarida  aytishga  qulayligi  bilan  aktyor  va  rejissorlarni  o’ziga  maftun  etib  olgan 
edi. Tohir va Zuhra, Alpomish va Barchin, Gul va Navro’z poytaxt teatrlari aktyorlari qatori 
Mukarrama  Azizova,  Muhriddin  Mansurov,  Habiba  Oxunova  (Namangan),  Mashrab 
Yunusov, Aysar Ibrohimov, Qamara Burnasheva, Aziza Aminova, Ma’rifat Ubaydullayeva 
(Andijon),  Jalolxon  Oxunov,  Hafiza  Ibrohimova,  Murodjon  Ahmedov  (Farg’ona), 
Vahobjon  Fayozov,  Sultonposhsha  Rahimova  (Xorazm)  va  boshqa  o’nlab  yuqori  ovozli 
san’atkorlar  talqinida  o’n  yillar  davomida  tomoshabinlarni  o’ziga  rom  etib,  sevgi-sadoqat 
tuyg’ularini tarannum etib keldi. 
«Tohir va Zuhra» birinchi bor 1939-yili Farg’ona (rejissor Mamadali Haydarov), 1941-
yili  esa  Muqimiy  nomidagi  respublika  musiqali  teatr  (rejissor  A. Azimov)larda 
sahnalashtirilgan. 1945-yili rejissor Nabi G’aniyev tomonidan yaratilgan «Tohir va Zuhra» 
badiiy filmi dunyo ekranlarini aylanib chiqdi. 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish