KUNDUZSIZ KECHALAR
Cho’lponning hovlisi. Cho’lpon va Soliha. Bir chetda ko’rinmas odam. U bu sahna
davomida bemalol — ko’ngliga xush kelgan harakatda yuradi
.
S o l i h a. Xafasiz?.. (
Cho’lpon tasdiqlab o’ychan bosh tebratadi.
) Xafa bo’lmang...
Hech xafa bo’lmang! Oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi yorug’... Hammasi o’tib
ketadi? Ishoning, o’tib ketadi!
C h o’ l p o n. Nazarimda, bu hali boshlanishiga o’xshaydi... Bu balo boshimizni
yemasdan o’tib ketmaydi, shekilli... Soliha, bir maslahatli ish bor. Menga juda ko’maging
zarur. Jonimdan yaxshi ko’radigan bir aziz odamim bor. Men tufayli uning boshiga ham
kulfat tushmog’i mumkin...
S o l i h a. Nimalar deyapsiz? Siz tufayli hech kimning boshiga kulfat tushmaydi! Siz
rahmat keltiradigan insonsiz!...
C h o’ l p o n. Soliha, xullas, menga yordaming kerak...
S o l i h a. Kim u aziz... odamingiz?.. Siz uchun, mayli yordam beraveraman!.. Men u
kishini taniymanmi?..
C h o’ l p o n. Ha, taniysan!..
S o l i h a. Unday bo’lsa... Ayting!..
C h o’ l p o n. U aziz odamim — sen, Soliha, sen...
S o l i h a (quvonib). Voy, men-mi?! Men, o’zimga qanday yordam beraman! Siz
tufayli boshimga qanday kulfat tushmog’i mumkin?
C h o’ l p o n. Seni qismat zarracha ham ranjitmasin deyman-da...
S o l i h a. Xudoga shukur! Siz bilan zarracha ham ranjiganim yo’q! Aksincha,
baxtliman! Shunday baxtlimanki, «bu baxtni taqdir nega menga munosib ko’rdi», deb
ba’zan hayron qolaman!
C h o’ l p o n. Soliha, azizim, seni yaxshi ko’raman... Bilasan... Ammo bu dunyo
bizning yo’rig’imizga hamisha yurmaydi. Shunda ko’ngil bilan emas, ko’zni chirt yumib,
aql bilan ish qilmoqqa to’g’ri keladi. O’zimning aqlligim, endi bu yog’ini sabr-u mulohaza
bilan eshit... Boshimda bulutlar quyuqlashyapti. Har holda ertamdan yaxshilik
kutayotganim yo’q. Boshimga biror falokat tushsa, yaqin kishilarimga ham ziyon yetadimi
deb qo’rqaman! Shuning uchun sening taqdiring to’g’risida o’ylamoq zarur...
S o l i h a. Meni o’ylab nima qilasiz!... O’zingizni o’ylasangiz-chi? O’zingizni! Siz bu
dunyoga bir keladigan odamsiz! Mendaylar ko’p...
C h o’ l p o n. Unday dema! Senday odam ham bu dunyoda yo’q! Sen mening
yolg’izimsan! Agar bir kun yig’lasam, faqat sen va Vatanimdan ajralib qolayotganim uchun
yig’layman!
S o l i h a. Mendan?... Mendan ham ajralib qolayapsizmi?
C h o’ l p o n. Shoshma... Hozir aql haqida bekorga gapirmadim. Zakovat bilan ish
tutaylik... Men o’ylab-o’ylab seni Andijonga jo’natishga qaror qildim...
S o l i h a. Agar lozim desangiz, mayli, borib bir hafta-o’n kun turib kelaveraman...
C h o’ l p o n. Yo’q, menimcha... qaytish shart emas!
S o l i h a. Nega qaytish shart emas?!.. Siz mensiz nima qilasiz?..
C h o’ l p o n. Tushunmayapsan... Men aytayapmanki... (
birdan qat’iyat bilan
) Xullas,
ajralishimiz kerak! Meni bu dunyodan yo’q qilishsa ham, sen Omon qolganing durust.
Shuning uchun tezroq bu ishni hal qilishimiz zarur!...
S o l i h a. Zarur emas! Hech ham zarur emas!... Sizday odamni kim o’ldiradi!
Kimning haddi sig’adi! Mabodo... Mabodo!... o’shanday bo’lsa ham, nega meni
haydaysiz?! Sizsiz tirik yurib nima qilaman?! Sizga qo’shilib o’lganim yaxshi emasmi?!
C h o’ l p o n. Yaxshi emas!.. Yaxshi emas!.. Mendan qancha tezroq uzoq ketsang,
shuncha yaxshi!... Soliha meni sevsang, «Abdulhamid akamning bu dunyoda rozi qildim»
deb o’ylab yurging kelsa, hozir ket! Ket!...
S o l i h a. Kuygan bag’rim, suyangan tog’im, ulug’ shoirim, meni shunchalar past ayol
deb o’yladingizmi! Ketmayman! Er-u xotin qo’sh xo’kiz! Mabodo bu dunyoning hamma
jonzod sig’adigan ko’chalarida arava tortishimizni ham ortiq ko’rsalar, qassoblarga
«assalom alaykum» deb birga kushxonaga kirib boraveramiz! So’yishsa, ikkalamizni
birvarakayiga so’yishsin! Qonjig’aga ikkalamizni barobar tortishsin!...
C h o’ l p o n. Bunday gaplarni gapirma. Sen hech qachon o’lmasliging kerak!
Andijonga ketasan...
S o l i h a. Ketmayman
C h o’ l p o n. Soliha!
S o l i h a. Yashasak ham birga yashaymiz, o’lar bo’lsak ham birga...
C h o’ l p o n. Rahmat, rahmat... Ammo sen o’lma! Hech qachon o’lma!
Yana o’sha tushga o’xshash hol. Yana tumanga o’xshash g’ira-shiralik. Yana o’sha
g’aroyib musiqa. Cho’lponning ovozi yana «GO’ZAL»ni o’qiydi. Yana Soliha oydan
go’zalga aylanadi. Ammo musiqa fojiali bir ohangga aylanadi... Cho’lpon bir parcha va
Oydanda go’zal alohida bir parcha yorug’lik ichida qoladilar. Ular intiladilar, ammo tosh
qafas ichidalar, bir-birlariga yaqin kelolmaydilar. Sahna bo’ylab yuguradilar, biroq bir-
birlarini topolmay, qorong’ulikka qorishib ketadilar. Faqat «Abdulhamid aka!» «Oydanda
go’zal! Soliha!» degan ularning alamli chaqiriqlari eshitilib turadi!
Do'stlaringiz bilan baham: |