Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 
O’LMAS UMARBEKOV 
(1934—1994)
 
 
O’lmas  Umarbekov  badiiy  ijodi  va  tashkilotchiligi  bilan  o’zbek  teatri  va  kino  san’ati 
taraqqiyotiga  katta  hissa  qo’shgan  san’at  arboblaridan  edi.  U  Toshkentda  tavallud  topdi, 
o’rta maktab ta’limini olgach, Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil 
ko’rdi va mehnat faoliyatini 1956-yili Respublika radiosida oddiy muharrirlikdan boshladi. 
Qariyb  o’n  yilga  yaqin  muddat  davomida  u  «O’zbekfilm»ga  rahbarlik  qildi,  1982-yildan 
O’zbekiston  Madaniyat  vazirining  muovini,  so’ng  vaziri,  O’zbekiston  Yozuvchilar 
uyushmasining raisi (1985) kabi mas’ul lavozimlarda ishladi. 
O’lmas  Umarbekov  o’nlab  hikoyalari,  qissa  va  romanlari  e’lon  qilinib,  nasr  ustasi 
sifatida  tanilgach,  dramaturgiyaga  kirib  kelgan.  1971-yili  hozirgi  A. Hidoyatov  nomidagi 
teatrda  sahnalashtirilgan  «Oqar  suvlar»  (rejissor  U. Baqoyev)  uning  ilk  pyesalaridan  biri 
bo’ldi. Uning pyesalari dolzarb muammolar haqida bo’lgani uchun darhol teatrlar e’tiborini 
tortdi.  1974-yili  akademik  drama  teatrida  «Komissiya»  (rejissor  B. Yo’ldoshev)  dramasi 
sahnaga  qo’yiladi.  O’. Umarbekovning  rejissor  Rustam  Hamidov  bilan  surunkali 
hamkorligi  ayniqsa  barakali  bo’ldi.  Shu  hamkorlik  tufayli  uning  «Qiyomat  qarz»  (1977), 
«Shoshma  quyosh»  (1978),  «Kuzning  birinchi  kuni»  (1980),  «Arizasiga  ko’ra»  (1982), 
«Kurort» (1985) pyesalari yaratilib, akademik teatr repertuaridan o’rin oladi. 
«Ikki soldat haqida qissa», «O’zgalarni deb», «Qalin qorlar bag’ridagi uchrashuv» kabi 
filmlar  O’. Umarbekov  ssenariysi  asosida  yaratilgan.  Uning  vafotidan  so’ng  chop  etilgan 
romani asosida 1997-yili Muqimiy  nomli  musiqali  teatrda  «Fotima  va  Zuhra» (rejissor  va 
ssenariy muallifi R. Ma’diyev) spektakli yaratildi. O’. Umarbekovga O’zbekistonda xizmat 
ko’rsatgan san’at arbobi va O’zbekiston xalq yozuvchisi unvonlari berilgan. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish