Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

ro’molcha tutadi
). Ko’z-yoshlaringizni arting! 
K e l i n. Telba! 
K u y o v. To’g’ri! 
K e l i n. Darvesh! 
K u y o v. Haq gap! 
K e l i n. Latta! 
K u y o v. Lapashangman! 
K e l i n. Xudo yuzingni teskari qilsin! 
K u y o v. Mayli... 
K e l i n. Erkak kishi ham shu yoshgacha uylanmaydimi? 
K u y o v. Siz so’ramang! 
K e l i n.  Shu  tobgacha  uylangan  bo’lganingizda,  meni  zo’rlab  uzatishmagan 
bo’lardilar. 
K u y o v. Aybdorman, azizim! 
K e l i n. Azizingiz emasman, sizning... 
K u y o v. Mayli, jonim! 
K e l i n. Jonim demang, joningiz chiqsin! 
K u y o v.  Tanamda  jonim  yo’q.  Jonim  qush  bo’lib  o’zga  yurtlarga  uchib  ketgan. 
Ikkimiz  bir  qafasda  nima  qilamiz?  So’zsiz  o’tirganimiz  bilan  vaqt  o’tmasa  kerak  (
sukut
). 
Sizga bir g’amgin ertak aytib beraymi? (
Sukut.
) Ertagim tugaguncha tong ham otib qolar? 
Keyin siz uyingizga ketasiz, men esa qalbim bilan yana yolg’iz qolaman. Eshitasizmi? 
K e l i n. Ertagingiz boshingizda qolsin! 
K u y o v. Haliyam boshimda qolganini aytib beraman. 
Bor  ekanda  yo’q  ekan,  och  ekanda  to’q  ekan.  Qadim  o’tgan  zamonda,  Amudaryo 
tomonda parijamol  qiz  yashagan ekan. U  qizning  oy desa og’zi, kun desa ko’zi bor  ekan. 
Kulsa og’zidan gul, yig’lasa ko’zlaridan dur to’kilar ekan... Suv ichsa tomog’idan, sabzi esa 
biqinidan  ko’rinar  ekan.  Xullas,  bir  qultum  suvsiz  ichsang  ham  tomog’ingdan  qilt  etmay 
o’tib  ketar  ekan.  O’sha  qiz  ulkan  shaharlardan  biriga  ilm  olgani  ketibdi.  Donolarni, 
nodonlarni,  oriqlarni,  semizlarni,  pishiq-xomlarni  yurti  bo’lgan  ulkan  shaharda  pari  qizni 
jamoliga mahliyo bo’lgan oshiqlar soyadek ergasha boshlabdi. 
O’ l a n c h i. Oydek kelin, kundek kuyov bo’lib o’tiribsizlarmi? 
M o m o. Joylaringni to’shab beraylik. 
O’ l a n c h i (
taxmonni buzib joy sola boshlaydi
). To’shak birlashtirsin! 
M o m o. Iloyo! 
O’ l a n c h i. To’shak tutashtirsin! 
M o m o. Iloyo! 
O’ l a n c h i. To’shakda ko’payinglar! 
M o m o. Yangasi, to’shakni qalin qilib to’shang, kelin-kuyovning beli botmasin! 
O’ l a n c h i.  Belimiz  bota-bota  bizlarga  balo  ham  urgani  yo’q.  Hech  narsa  qilmaydi 
(
ikki momo to’shakka yotishadi. O’lanchi momo xo’roz bo’lib qichqiradi
.) Ququ-qu-u-u! 
M o m o (
o’lanchi momoga
). Turing tong otdi. 
O’ l a n c h i. Tush ko’ribman. 
M o m o. Qanday tush? 
O’ l a n c h i. Boshimda toji-davlat, qo’limda qush. 
M o m o. Tongda xush tush ko’ribiz! 


O’ l a n c h i.  Qo’limdagi  qush,  kelin-kuyovga  farzand  bo’lsin!    Boshimdagi  toj  — 
kuyovga toj-davlat bo’lsin! 
M o m o. Aytganingiz kelsin! 
O’ l a n c h i (
momoga sho’xlik qilib
). Olmamidir, anormidir? 
M o m o. Hazilingizni qo’ying! 
O’ l a n c h i (
momoning belini ushlab
). Navdamidir, xipchinmidir? 
M o m o. Tegmang, xipchindir. 
O’ l a n c h i. Lablardagi bolmidir, qaymoqmidir? 
M o m o. Qaymoqdir. 
O’ l a n c h i (
momoning sochlarini ushlaydi
). Bu sochmidir, sumbulmidir. 
M o m o. Sumbuldir. 
O’ l a n c h i. Hilila yorim uyg’onsin hilila yorim hilila, 
 
Sochlari belga cho’lg’onsiz hilila-yo, hilila. 
M o m o. Ro’molim uchdi ketdi hililayo hilila, 
 
Daryoning shamoliga hilila-yo, hilila. 
O’ l a n c h i. Ro’molimni olibsan hilila-yo, hilila, 
M o m o. Olib dorga yoyibman hilila-yo, hilila. 
O’ l a n c h i. Hazilingni qo’y aqqa hilila-yo, hilila, 
M o m o. Voy, senga tegmay men o’lay hilila-yo, hilila. 
M o m o. Voy, toza qoldik chatoqqa hilila-yo, hilila, 
O’ l a n c h i. Hajring o’tida ado qilding-ku! 
M o m o. Ajab bo’libdi, xo’p bo’libdi. 
O’ l a n c h i. Ishqingda meni gado qilding-ku! 
M o m o. Battar bo’ling! 
O’ l a n c h i. Noz-karashmalaringga, chidolmayman 
Surmali ohu ko’zlaringni bir ko’ray. 
M o m o. Yo’q, yo’q, yo’q... 
O’ l a n c h i. Yuzingni qizil deydilar, qizil yuzli ukam yor-yor, 
Ko’rsat yuzingni bir ko’ray jonim ukam yor-yor. 
M o m o. Yuzimni ko’rib nima qilasiz, siz akajonim yor-yor, 
Bozordagi shirmoy nonni ko’rmabmidingiz yor-yor. 
O’ l a n c h i. Ko’zingni quralay deydilar, quralay ko’z ukam yor-yor, 
Ko’rsat ko’zingni men ko’ray, jonim ukam yor-yor. 
M o m o. Ko’zimni ko’rib nima qilasiz, siz akajonim yor-yor, 
Ohularning ko’zlarini ko’rmabmidingiz yor-yor. 
O’ l a n c h i. Endi chidolmayman! 
M o m o. Chidamasangiz chillak o’ynang! 
O’ l a n c h i. Chidolmayman (

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish