Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

TEMIR XOTIN 
 
(Qo’chqor va Alomat sahnasi)
 
 
A l o m a t. Tushunmaydigan narsalaringizni so’rang, javob beraman. 
Q o’ c h q o r.  Mana,  deylik,  men  nimadandir  xursand  bo’ldim-a?  Siz  ham  menga 
qo’shilib xursand bo’lasizmi? 
A l o m a t.  Yo’q,  men  unda  xotirjam  bo’laman.  Negaki  biron  joyingiz  og’riyotgani 
yo’q, qorningiz to’q, hech nima bezovta qilmayapti — demak, hammasi joyida. 
Q o’ c h q o r.  E-e,  unda  siz  ham  o’zimizning  mahalliy  hokimiyatga  o’xshagan 
ekansiz-da. Ular ham na dardingga sherik bo’ladi, na xursandchiligingga, nomi «mahalliy» 
bo’lgani bilan, bilmayman, narigi mahallaga qaraydimi... (
Birdan
.) Alomatxon, Siz yig’lay 
olasizmi? 
A l o m a t. Yo’q. 
Q o’ c h q o r.  Ayol  kishining  har  zamonda  yig’lab  turgani  yaxshi...  Yengil  tortadi. 
Erkakning  yo’rig’i  boshqa  —  uyat  bo’ladi.  Mana,  men  sira  yig’lamaganman...  (
O’ychan
.) 
Lekin, uyat bo’lmaganida yig’lardim... 
A l o m a t. Uyat bo’lmaydi, yig’layvering. 
Q o’ c h q o r (
hijolatli
). E, qo’ysangiz-chi, qiziqmisiz... 
A l o m a t.  Chindan  ham  uyat  bo’lmaydi,  nimaga  desangiz,  men  uyatni 
tushunmayman. Elektromagnit to’lqinlari bo’lsa, boshqa gap. Mana, hozir siz yig’layvering, 
Qo’chqor aka. Men robotman-ku, temirdan ham uyaladimi, odam? 
Q o’ c h q o r (
birpas o’ylab turib
). Nima deb yig’layman? 
A l o m a t. So’z yozib beraymi? 
Q o’ c h q o r. Yo’g’-e, endi yig’lashniyam qog’ozga qarab yig’lasak, uyat bo’lar. 
A l o m a t.  Men  odamlar  haqida  boshqacha  tasavvurda  edim.  Ularning  erki  qo’lida, 
deb o’ylardim. Nahotki, xulosalarim noto’g’ri bo’lsa? 
Q o’ c h q o r. Haliyam erkimiz qo’limizda. 
A l o m a t. Nega bo’lmasam yig’lamayapsiz? 
Q o’ c h q o r. Endi, Alomatxon, dabdurustdan qiyin-da. Bir sabab bo’lmasa... 
A l o m a t. Sabab topamiz. 
Q o’ c h q o r. Qanday qilib. 
A l o m a t. Gipnoz qilib. 
Q o’ c h q o r. Nima-pnoz? 
A l o m a t.  Gipnoz.  Qanday  qilib,  gipnoz  faqat  yolg’ondan  iborat  bo’ladi.  Masalan, 
tishi og’rib turgan odamga «tishingiz og’riyaptimi», deb. 
Q o’ c h q o r.  Yolg’on gapga yig’lamayman. 
A l o m a t.  Axir  yolg’on  xuddi  rostday  qilib  gapiriladi-da!  Hamma  ishonadi,  hatto 
gapirayotgan  odamning  o’zi  ham!  Qani,  mundoq  o’tiring-chi.  Boshladik.  Ko’zimga 
qarang... Bo’shashing... G’o’daymang, deyapman... Yaxshi... 
Q o’ c h q o r. Qo’ying, nima keragi bor, baribir yig’lamayman... 
A l o m a t.  Yig’laysiz  (
Qo’llarini  Qo’chqorning  boshi  uzra  harakatlantirib
.) 
Yig’laysiz...  Chunki  juda  ezilgansiz....  Yuragingizga  qil  ham  sig’maydi...  Ich-ichingizdan 


bir  nima  toshib  kelyapti...  Hech  kimning  rahmi  kelmaydi,  birov  dardingizga  sherik 
bo’lmaydi... O’z yog’ingizga o’zingiz qovirilib yashayapsiz... Aft-angoringizga bir qarang, 
qirqqa  kirgan  qirchillama  yigitsiz-ku,  ko’rgan  odam  sizni  elikka  kirgan  odam,  deb 
o’ylaydi...  Qurib-qaqshab  boryapsiz...  Esingizni  tanibsizki,  tinmay  mehnat  qilasiz,  lekin 
hech  biringiz  ikki  bo’lmaydi...  Ro’zg’or,  bola-chaqa  tashvishi,  deysiz,  afsuski,  bu 
tashvishlarning  cheki  yo’q.  Ertalabdan  kechgacha  chumoliday  g’imir-g’imir  qilasiz-u, 
rohatini  ko’rmaysiz.  Kiyib  olgan  kiyimingizni  qarang,  yengil  sanoat  yetishtirayotgan 
hamma  brak  mahsulot  siz  va  sizga  o’xshaganlarga  nasib  qiladi.  Nima?  Shu  issiqda  ham 
neylon ko’ylak kiyadimi? 
Q o’ c h q o r. Magazinga kelgan ekan, arzongina deb... 
A l o m a t.  O’zingizga  bir  tashqaridan  qarang,  qaysi  zamonda  yashayapsiz  o’zi? 
Kimga  o’xshaysiz  (
Eski  ko’rpachalarni  ko’rsatib
.)  «Paxtakorman»  deb  ko’kragingizga 
urasiz-u,  ko’rpangizga  paxta  topolmaysiz!  Oyog’ingizga  ilib  olgan  kalishingiz  qayerdan 
chiqqan? Yangiyo’ldanmi, Toshkentdanmi? 
Q o’ c h q o r (
oyog’ini yig’ishtirib
). Kalishmas, patinka... 
A l o m a t. Bu dunyoga kelib nima ko’rdingiz, Qo’chqor aka? «Ikki marta Toshkentga 
borganman»,  deb  maqtanasiz,  odamlar  «Oq  dengiz-u  Qora  dengiz»  qilib  yurishibdi!  «Ha 
endi,  ular  boshqacha  odamlar-da»,  deysiz.  Qanaqa  boshqacha?  Nimasi  boshqacha?!  Shu 
darajaga yetgansizki, bora-bora undaylarga havas ham qilmay qo’ygansiz! Havas qilaverib, 
orzu qilaverib charchagansiz, holdan toygansiz! 
Q o’ c h q o r. Nima qipti, el qatori yashayapmiz... 
A l o m a t.  Shunday  deb  o’zingizni  ovutasiz.  G’urur,  qadr-qimmatingizchi?  Mundoq 
o’ylab  ko’ring,  Biron  tirik  jon  siz  bilan  hisoblashadimi?  Yo’q,  axir!  To’y-ma’rakalarda 
poygakda o’tirasiz!  «Ulug’larga» tayyorlangan dasturxonga  yaqinlashmaysiz,  iloji  boricha 
o’sha  tomonga  qaramaslikka  tirishasiz!  Chunki,  «mehnatkash»  degan  mansab  bilan  to’rga 
chiqol  masligingizni  bilasiz!  Shlapa  kiyib,  galstuk  taqqan  ketmondasta  ham  sizni 
haqoratlashi, tahqirlashi mumkin! Alam qilmaydimi? 
Q o’ c h q o r. Ha, endi, rahbar bo’lgandan keyin koyiydi-da... 
A l o m a t. Bayram kunlari rayondagi namoyishdan bayroqcha ko’tarib o’tganingizga 
xursand  bo’lib  yuraverasiz!  Majlislarda  qo’l  ko’tarish-u,  chapak  chalishni  bilasiz,  boshqa 
hech  baloni  ham  bilmaysiz!  Ko’pincha  o’sha  majlisda  nima  gap  bo’layotganini  ham 
tushunmaysiz! 
Q o’ c h q o r  (
ta’sirlanib
). Gapingiz noto’g’ri. Alomatxon hurmat taxtasida suratimiz 
turibdi... 
A l o m a t.  Endi  bor  umidingiz  bolalaringizdan.  Ularni  o’qitib  «katta  odam» 
qilmoqchisiz.  Lekin  ularingizdan  «katta  odam»  chiqmaydi.  Daladan  beri  kelmaydigan, 
chalasavod bolalardan nimaniyam kutib bo’lardi? Buni bilasiz. Yana «ko’pga kelgan to’y», 
deb yuraverasiz. Axir umr o’tib ketyapti-ku, Qo’chqor aka! 
Q o’ c h q o r  (
ko’ngli  to’lib
).  Barii  bir  yig’lamayman...  Yaxshi  yashayapmiz, 
bildingizmi? 
A l o m a t.  Yig’laysiz...  Ana,  ko’zingiz  to’lib  turibdi...  labingizni  tishlamang. 
Qo’chqor aka, foydasi yo’q. Axir yosh ko’zdan chiqadi, og’izdan emas... 
Q o’ c h q o r (
yig’lagudek bo’lib
). Birov sizga hayotidan noliyaptimi? 
A l o m a t.  Hamma  gap  shunda-da,  nolimaysiz!  Ko’nikib  ketgansiz.  Yaralar  toshga 
aylangan  —  og’riq  sezmaysiz.  Dod  solib  baqirish-ku,  qo’lingizdan  kelmas,  hech  qursa 


ingrab  qo’yishga  ham  qodir  emassiz,  Qo’chqor  aka?!  Qalbingizning  unutilib  ketgan, 
o’zingiz  ham  bilmaydigan  allaqaysi  burchaklarida  miltillayotgan  ushoqqina  norozilikdan 
qo’rqasiz,  uni  sezmaslikka  olasiz!  To’g’ri,  qadr-qimmatingiz  oshkora  haqoratlanganida 
o’sha  miltillayotgan  cho’g’  alanga  olayotgan  bo’ladi  va  siz  uni  aroq  bilan  o’chirishga 
urinasiz. Dunyoga shirakayf ko’zlar bilan qarab, taskin topasiz, lekin ertasi kuni kayfingiz 
tarqab, dunyo yana asli holiga qaytadi! Shunda yig’lamoqdan o’zga chora qolmaydi. Keyin 
o’ksib-o’ksib yig’laysiz. 
Q o’ c h q o r (
ko’zlarida yosh o’ynab
). Yolg’on!.. Hech qachon yig’lamaganman. 
A l o m a t (
xotirjam
). Yig’layapsiz.  Faqat, ko’zingizni  narigi  tomoni bilan  yig’laysiz. 
Ko’z  yoshlaringiz  tashqariga  emas,  ichingizga  yoqqan.  Mana,  mening  ichim  to’la  temir-
tersak, sizning vujudingiz faqat va faqat ko’z yoshidan iborat. Lim-lim yosh... 
Q o’ c h q o r  (
baralla  yig’laganicha  oyoq  ostidagi  yashikni  zarb  bilan  tepib
)  E, 
padariga la’nat hammasining!!! 
A l o m a t  (
gipnozni  to’xtatib
).  Nega  unaqa  qilasiz,  Qo’chqor,  aka?  Aytdim-ku, 
gaplarimning  hammasi  yolg’on,  deb.  Bu  gaplarga  ishonish  uchun  juda  go’l,  kaltafahm 
bo’lish kerak. Nahotki, siz shunaqa odam bo’lsangiz? 
Q o’ c h q o r.  E,  yolg’oningizni  ham  padariga  ming  la’nat!  (
Yosh  bolaga  o’xshab 
g’ingshib  yig’laydi.  Alomatning  yelkasidagi  qizil  mikrosxemani  oladi-da,  qo’shni  hovli 
tomon otib yuboradi
.) Bozortoy! Xo’, Bozortoy! Bir qarab yubor, og’ayni, juda kerak bo’p 
qolding!  Bozortoy,  jon  do’stim,  bir  qaragin,  ikki  og’izgina  gapim  bor!  Senga  aytmasam 
kimga aytaman, Bozortoy! Bozortoy, qadrdonim!.. 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish