Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Ikkinchi parda, to’rtinchi ko’rinishdan parcha



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Ikkinchi parda, to’rtinchi ko’rinishdan parcha
 
 
R o h a t. Endi men ham bittasi bilan yuraman, deyapman-u topilmayapti-da. 
F  e  r  u  z  a.  Topilishi  uchun,  huv  o’shanda  aytganimda,  Shokir  aka  bilan  yurishga 
shoshilmaslik kerak edi. E, hammasiga asosiysi — sevgi kerak. 
R o h a t. Menga qara, nima bo’lsa bo’ldi, peshanamdan ko’rdim. Qosim dadamlarning 
hurmatini qilar. 
F e r u z a. Bu masalada birovning hurmati ish berarmidi? 
R o h a t. Yaqinda kandidat bo’ladilar. 
F e r u z a. Qosim akaning senga faqat kandidatligi kerakmi? 
R o h a t.  Har  holda  —  Feruz,  agar  turmushimiz  yaxshi  bo’lib  ketsa,  meni  nazariga 
ilmaganlar havas qilib o’lishadi. 
F e r u z a. Yo’q kulishadi. 
R o h a t.  Ular  kandidat,  men  vrach...  Feruz,  o’zlarining  ham  niyatlari  shunaqa  ekan: 
avvalo kandidat bo’lish, keyin uylanish. Demak, tezda uylanadi. Menga esa moyilligi bor. 
F  e  r  u  z  a.  Qosim  akaning  xarakterlari  shunaqa.  Hammani  hurmat  qiladilar, 
ishonadilar. 
R o h a t.  Dadamlar  ham  ularni  hurmat  qiladilar.  Mo’mingina,  o’qishdan  boshqani 
bilmaydi, deydilar. 
F e r u z a. Uf-f. 
R o h a t.  Uf  dema.  Mayli,  to’ygacha  sevmasam,  to’ydan  keyin  sevarman.  Xullas, 
borimni ishga solaman. 
F e r  u z a.  To’ygacha  bo’lmagan sevgi, to’ydan keyin  ham bo’lmaydi. Qiz bolamiz, 
axir. Uzog’ini o’ylab ish tut. 
R o h a t. Uzog’ini o’ylab ish tutyapman. Hammasini o’yladim. O’ylab ham qo’ydim. 
Agar o’g’il ko’rsak, otini Shokir qo’yaman. 
F e r u z a. Axir, bunaqa narsalar bilan hazillashib bo’lmaydi. 
R o h a t. Hazillashayotganim yo’q. 
F e r u z a. Jinni bo’lma. 
R o h a t. Ho-o, o’zingizniki bor-da, xotirjamsiz! Aql o’rgatyapsiz. 
 
Feruza bir zum Rohatga tikilib qoladi. Keyin jahl bilan o’rnidan turib keta boshlaydi. 
Ha, Feruz, tog’gami? 
F  e  r  u  z  a  (
yurishdan  to’xtab
).  Niyatingni  xolisligini  qara-ya!  Ana,  Qosim  aka 
kelyaptilar. 
R o h a t. Rostdanmi!  (
Yugurib  Feruzaning yoniga keladi, uning betidan o’pib oladi, 
sumkasini unga tutqazadi
.) Jon Feruz, sen ketaver, istasang darvoza oldida kutib tur. 
F e r u z a. Yur, ketamiz. (
Rohatning qo’lidan tutib, olib ketishga intiladi
.) 
R o h a t. Men hayotiy masalani hal qilayapman. 
F e r u z a. Shuning uchun ham ketamiz, deyapman. 
R o h a t. O’z taqdirimni o’zim hal qilishim kerakmi? Yoshim o’tib qolyapti! 
F e r u z a. Shunaqami? 


R o h a t. Shunaqa... 
Abduqahhor Ibrohimov
. «Tusmol». Pyesalar. 
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot 
va san’at nashriyoti. 1985-yil. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish