Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

BIR KOSHONA SIRLARI 
Birinchi parda
 
 
B o’ r s i q. Jon xo’jayin. Qattiq gapirmang. 
(
Bo’rsiq kissasidan sotix telefonini olib teradi
). 
B o’ r s i q (
shivirlab
) o’zlari... 
S a r v a r.  Bu  men  akosi,  tanidilarmi?  Tanigan  bo’lsangiz  tunov  kuni  olgan 
qarzlaringizni qaytarib bering, akosi. Ha, shu bugun. (
Quloq soladi
.) Nima, nima? Kerakli 
odamlarning  og’izlariga  tiqqanman?  Vaziyat  o’zgarib  qoldi?  Menga  qarang  akosi.  Men 
vaziyat-paziyatlaringizni  bilmayman.  Qulog’ingizga  quyib  qo’ying.  O’sha  kuni 
Bo’rsiqvoyning  uyida  bergan  va’dalaringiz,  bir  diplomat  pulni  bitta-bitta  sanab 
olganlaringiz  —  hammasi  kinoga  olingan.  G’iring  desangiz,  kassetani  kerakli  joylarga 
uzataman... 
B o’ r s i q (
hayratlanib
). Qanaqa kino? Qanaqa kasseta? Hech nima bo’lmagan edi-ku. 
S a r v a r.  Ishing  nima?  Bilib  qo’y:  bu  aferistlar  shohida  yursa,  kamina  bargida 
yuraman. O’ziyam ishtonini bulg’ab qo’ydiyov, og’ayning. 
(
Telefonni Bo’rsiqqa otadi. Bo’rsiq arang tutib oladi
.) 
B o’ r s i q. Shu ishingiz chakki bo’ldi-da, xo’jayin. Kerakli odam edi. 
S a r v a r. Kerakli odam emish. Boshda, ishga olayotganda aytgan edim-ku senga, men 
bunaqa qalang’i-qasang’i aferistlar bilan ishlamayman deb. Basharasi yoqmagan edi uning. 
Umrida  qorni  to’ymagan  shumshuk  mushukka  o’xshaydi.  Boshqa  topshiriqlarim  nima 
bo’lyapti? 
B o’ r s i q.  Qaysi  birini  aytyapsiz?  Agar  konvertatsiya  bo’lsa,  o’pkamni  qo’ltiqlab 
bankma-bank yugurib yuribman, xo’jayin. 
S a r v a r.  Konvertatsiyani  qo’yib  tur.  O’zim  shug’ullanaman.  Ko’rib  turibman  — 
qo’lingdan kelmaydi. Aytgan edim-ku: men uchun hayot-momot  masalasi — farzandlarim 
taqdiri deb. Bu ish nima bo’lyapti? o’zing aytgan eding-ku, tomog’i teshik sudyani topdim 
deb. 
B o’ r s i q. Topgan edim. Ammo-lekin ayollar yili bo’ldi-ku bu yil. 
S a r v a r (
hayron
). Ayollar yili bo’lsa nima bo’pti? 
B o’ r s i q. Nima bo’lardi? Ayollar dastidan teshik-teshikka kirib ketdi-ku erkak zoti. 
Xotiningiz Diloraxonni tili bir qarich bo’ldi-ku. 
S a r v a r.  Xotinim  emas  u.  Taloq  qilganman  uni.  Uch  taloq.  Farzandlarim  kerak 
menga, farzandlarim. 


B o’ r s i q.  Uch  taloq  tugul  ming  taloq  qilsangiz  ham  sud  ajrim  qilmaganmi  hali? 
Qilmagan.  Ayollar  yilida  poraga  sotilib,  erkaklar  foydasiga  hal  qilasanmi  ishni  deb, 
Diloraxon  shunaqa  o’yin  ko’rsatyapti-ki,  kiradigan  teshik  topolmay  qopti  tomog’i  teshik 
sudya. Sichqonning ini... 
S a r v a r (
bo’shashib
). Ming tanga de? 
B o’ r s i q. Ming tanga emish. Ming dollar deng, xo’jayin. Xotiningiz sudyaga hozir 
miyangni qatig’ini chiqaraman deb, stulni otgan ekan, sudya bechora stolining tagiga kirib 
ketibdi. O’xshayaptimi? 
S a r v a r. Tushunmadim gapingga. 
B o’ r s i q. Xotiningizga o’xshayaptimi deyapman. Nimasiga tushunmaysiz? 
S a r v a r. Buyog’i nima bo’ladi endi? Shu arzimagan ishning uddasidan chiqolmasang 
nimaga ishga oldim sen qorinvoyni. Nimaga to’layapman jaraq-jaraq pullarni. 
B o’ r s i q.  Hali  oqlaymiz  non-tuzingizni.  Ammo  lekin...  Bir  qoshiq  qonimdan 
kechsangiz  cizga  aytadigan  bir  gapim  bor,  xo’jayin.  Menga  qarang,  jon  og’ayni.  Nima 
qilasiz shu xotin bilan ajrashib? Axir insof bilan aytganda sizniyam, meniyam odam qilgan 
shu  xotin-ku?  Kim  edik  bizlar?  Men  o’zingiz  aytgan  iprindi  bir  pattachi  edim,  bozorkom 
qildi. Siz tachka haydab yurgan bir yigitcha edingiz. Shu xotin sabab, millioner bo’ldingiz. 
Lekin  uyam  qanaqa  juvon  edi?  Butun  shahar  uning  super-market  do’koniga  mol  olgani 
emas,  husni-jamolini  tomosha  qilgani  kelardi.  Hozir  ham  ko’chada  yursa  ne-ne  erkaklar 
qayrilib qaraydi. «Shahzodaning ishqi baqaga tushibdi», — deganlaridek... 
S a r v a r  (
shartta  yoqasidan  oladi
).  Nima  demoqchisan,  shaytonni  yo’ldan  urgan 
iblis? Dilora shahzoda sen qurbaqa eding demoqchimisan? 
B o’ r s i q.  Yo’q-yo’q.  Siz  ham  zo’r  ekansiz,  tachkachidan  shu  darajaga  yetdingiz. 
Kimsan, Sarvar biznesmen, degan nom chiqardingiz. Mana bunaqa koshonalar qurdingiz. 
S  a  r  v  a  r.  Kecha  aytdim-ku  senga.  Mening  shaxsiy  ishlarimga  aralashma  deb... 
Shampan qani? Jigar kabob, qayda? 
B o’ r s i q.  Jon  xo’jayin.  Qo’ying  shu  ichkilikni.  Kechasi  yuragingiz  yomon  bo’lib, 
o’takamni yorib yubordingiz-ku, axir. 
S  a  r  v  a  r.  Ichkilikdan  emas,  farzandlarimni  sog’inganimdan  darz  ketyapti  yuragim? 
Hoy, kim bor? Hamma o’lib qoldimi bu la’nati koshonada? 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish