Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
RUSTAM BOBOXONOV  
(1951-1990) 
Rustam  Boboxonov  qisqa  umr  ko’rib  teatrimiz  tarixida  chuqur  iz  qoldirgan  nodir 
iste’dod egalaridan edi.  
R.Boboxonov  Toshkentning  Qoratosh  mahallasida  xizmatchi  Abdulla  Boboxonov 
oilasida tug’ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Toshkent teatr san’ati institutining rejissorlik 
fakultetiga  o’qishga  kiradi.  1976  yil  Namangan  teatrida  “Muhabbat  yodgori”  (M.Nazarov 
asari)  diplom  spektaklini  qo’yib  institutni  muvaffaqiyatli  tamomlaydim  so’ng  Sirdaryo 
teatrida rejissor bo’lib ishlaydi.  
Abror Hidoyatov nomidagi O’zbek davlat drama teatrida faoliyat ko’rsatib “Dabdabali 
to’y”  (Ye.  Bo’latov),  “Zada  bo’lgan  payg’ambar”  (A.Makoyonov),  O’tkir  Hoshimov 
asarlari  asosida  “Baland  dorga  osilma”,  “Sendan  ugina,  mendan  bugina”  spektakllarini 
yaratadi. 
Boboxonovning  1986  yildan  umrining  oxirigacha  Muqimiy  nomli  musiqali  teatrda 
ishlab yaratgan har bir spektakli bu jamoa hayotida favqulotda yangiligi bilan e’tibor topdi. 
Bular  K.Yashin  va  T.Jalilovning  “Nurxon”,  O.Yunusovning  “Shayton  va  farishta”, 
R.Togorning  “Roka”  va  R.Bobojonning  “Yusuf  va  Zulayxo”  asarlari  edi.  Mazkur 
spektakllar tanqidchilik tomonidan tuqori baholandi. 
“Yusuf va Zulayxo” haqida M.Rahmon 
Sharq xalqinig sevimli “Yusuf va Zulayxo” dostoni o’zbek sahnasida yangicha, behad 
go’zal  badiiy  talqinini  topdi.  O’zbekiston  Xalq  shoiri  Ramz  Bobojon  Durbekning  bundan 
besh  asr  burun  yozgan  “Yusuf  va  Zulayxo”sedan  ilhomlanib,  dostonnig  butunlay  yangi, 


o’ziga xos nusxasini yaratdi. U “Yusuf va Zulayho”ning dramatic poemasini yaratishda o’z 
zamonasining  ruhi,  unig  muammolarini  asarga  olib  kirishga  harakat  qilgan,  dostonga 
yangisha  ohang,  yangicha  sayqal  bergan.  Durbek  dostonidagi  diniy  talqin  va  aqidalardan 
insonparvar  g’oyalarni  ajratib  olib,  adolat,  halollik  g’oyalarini  chuqurlashtirgan.  Eski 
mavzuning  yangicha  talqini  yoshlar  tarbiyasuda  ularning  ma’naviy  boyishida  muhim 
ahamiyat kasb etishiga ishonch tug’iladi.  
Rejissor Rustam Boboxonov asarni mohirona sahnalashtirgan. Ming afsuslar bo’lsinki, 
bugun  u  oramizda  yo’q.  Premyeradan  so’ng  barchani  dog’da  qoldirib,  bevaqt  vafot  etdi, 
teatr  san’ati  istiqlolli  yosh  rejissordan  judo  bo’ldi.  “Yusuf  va  Zulayxo”  marhumning  eng 
oxirgi  ijod  mahsuli  edi.  Rejissor  spektaklda  voqealarni,  obrazlarni  to’xtovsiz 
rivojlantiradigan  dinamika  topgan.  Spektakl  va  aktyorlar  o’yinida  u  g’ayritabiiy 
romantikadan  qochgan.  Hayot  haqiqati  yo’lidan  borib  dramaturg  g’oyalarini  sahna 
vositalari  bilan  boyitishga,  chuqurlashtirishga  erishgan.  Ommaviy  sahnalar  did  bilan 
yaratilgan. 
Spektaklning  katta  yutug’I  Yusuf  va  Zulayxo  obrazlarining  sahnada  yuksak  badiiy 
ifodalanishidir.  Yusuf  juda  murakkab  psixologik  obraz.  Bu  obrazni  yosh  aktyor  Xamida 
To’xtayev  yaratgan.  U  obraz  ustida  puxta  ishlab,  adabiiy  manbaani  boyitishda  o’z 
iste’dodini  namoyish  qilgan.  Uning  Yusufi  dostondagidek  nihoyat  gozal,  kamtar, 
muhammatiga sadoqatli aqlda ham? Farosatda ham nihoyatda ustun. Unig sahnada  yurish-
turishi  bosiq,  xayolchan  harakatda  kambag’al,  lekin  ichki  fikrda  boy.  Aktyor  o’z 
qahramonini  mashaqqatli  yo’llardan  olib  o’tib,  uning  olijanobligini  ko’rsatishga  alohida 
e’tibor  bergan.  Ayniqsa,  Zulayxoning  Misr  Aziziga  turmushga  chiqqanidan  keyingi 
fojiasini  ko’rib,  hijron  azobida  o’rtanadi,  lekin  unig  oilasini  buzishni,  malomatga  qolishni 
istamaydi. Bunga unig yuksak insoniy fazilatlari, xulqi, odobo yo’l qo’ymaydi. Aktyor ham 
Yusufning  ichki  tuyg’u-kechinmalarini  mana  shunday  andozada  yuksak  mahorat  bilan 
talqin qiladi.  
Yosh  aktrisa  Zulayxo  Boyxonova  ham  Zulayho  rolini  yaratishda  katta  yutuqlarni 
qo’lga  kiritgan.  Sahnada  dostondagi  Zulayhoning  jonli  haykalini  o’rnatish  darajasiga 
ko’tarilgan.  Unig  Zulayhosi  boshdan  oxirigacha  muhabbat  shaydosi.  U  sevgini  insonning 
buyuk  fazilati  deb  biladi.  Aktrisaning  ismi  ham,  jismi  ham  xarakteri  ham  Zulayxo  obrazi 
uchun  yaratilgandek  tuyuladi.  Hayot  fojealari  Zulayxo  xarakterini  tubdan  o’zgartirib 
yuboradi.  Ilgarigi  umid,  shodligi  yo’qoladi.  Biroq  yuragida  sevgi  o’ti  o’chmaydi. 
Aksincha,yanada  zo’r  kuchga  aylanadi.  Aktrisa  o’z  qahramonina  ana  shunday  kuchli 
irodaga ega go’zal ayol sifatida gavdalantiradi va tomoshabin mehriga sazovor bo’ladi.  
Aziz fojiasidan so’ng Zulayxoning boshi ochiq, o’z sevgilisiga erishish uchun ma’lum 
sharoit  tug’ilgan  edi.  Lekin  bunga  Yusufning  andishalari  yo’l  qo’ymaydi.  Bundan 
azoblangan  Zulayxo  g’azabnok  bo’ladi.  Endi  Yusuf  unga  shavqatsiz  tuyuladi.  Alamini 
yashira olmaydi.  Yusufga qo’pollik qilib qo’yganini  ham sezmay qoladi.  Affsuski, aktrisa 
mana  shu  sahnada  tashqi  ifodani  berib,  biroz  mezondan  chiqib  ketgan.  Zulayxoning  bu 
sahnadagi  tug’yoni  Sharq  ayollariga  xos,  chuqur  iffat  bilan,  nozik  ichki  kechinmalarda 
berilishi  kerak.  Uning  buyuk  insoniy  muhabbatiga  rahna  tushmasligi  lozim.  Iste’dodli 
aktrisamiz bu sahnadagi izlanishlarini oxiriga yetkazishiga aminmiz. 
Mamajon Rahmonov: “Muhabbatim senga havola”, 
“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. 1990 y. 17 avgust.
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish