Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

orqasidan
).  Qimorboz  erga  tegub,  kaltagini  yeb,  boshlarni  yorub 
yurmoq ham oson emas. 


D a v r o n b e k  (
o’rnidan  turib  jiddiyat  ila
).  Oh,  zolim  madaniyat,  bizim 
Turkistonliklarning  orasig’a  qachon  kelub  tomir  yoyasan?!  Qachon  bizim  bu  jaholat 
zindonidan  xalos  qilasan?!  Bizda  uy  tarbiyasi  boshlanub,  xotin-qizlarimiz  ilmu  maorif  ila 
nurlanmag’uncha bizning oramizda shunday ko’ngilsiz  hollar davom  etsa kerak. Mana bu 
xotun  bechorani  erg’a  berg’on  vaqtlarida  o’z  xohishi  bilan,  o’zining  rizolig’i  bilan,  o’zi 
ko’rib  xohlag’on  eriga  bermasdan  hayvon  kabi  kuchlab  qo’lidan  tutib,  bir  zolimning 
qo’lig’a  berganlar.  Bu  mushtipar  ma’sumaning  butun  umri  azob-mehnatda,  qayg’u  va 
kulfatda  o’tub  dunyog’a  kelg’oniga-da  ming  marotabadan  pushmon  yeb,  g’am  zindonida 
yashag’on.  Mana  bizning  oramizdan  bunday  ko’ngilsiz  hollarni  (ng)  yo’q  qilmoq  uchun 
butun  kuch  quvvatimizni  (ng)  xotin-qizlarimizni  (ng)  o’qitmoq,  maorif  va  madaniyat  ila 
oshna qilmoq yo’linda sarf qilmog’imiz lozimdur. Shundagina bizlar ham boshqa qavmlar 
orasinda  o’rtoqchasig’a  yashamog’imiz  mumkindur.  (
Eshik  qo’ng’irog’i  jiringlar
.) 
Abdujabbor, chiqub qara, yana kim keldi. 
A b d u j a b b o r (
zo’r berub kulur
). Xo’jayin, bo’lib qoldingiz g’archcha moy, beliga 
qamchin qisturg’on bir aravakash, kirsunmi? 
D a v r o n b e k. Chaqir, kirsin. 
E g a m b e r d i (
kirib, advokat bilan ko’rishub o’lturur
). Mullo aka, man bechora juda 
og’ir kunga qoldim. Barakallachilarning so’zig’a kirub, o’z holimg’a qaramasdan katta to’y 
qilub,  qarzdor  bo’lub,  bir  parcha  hovlim  qarzimg’a  xatlanib,  yaqinda  sotiladurg’on  bo’lib 
qoldi. Xotunim, to’rt adad yosh go’dak bolalarim ila ko’chada qoladurg’on bo’ldim... 
D a v r o n b e k.  «Ena  —  o’ltirishingg’a  qarab  chena»  degandek  kambag’al  nima 
uchun  o’z  holingizg’a  qarab  to’y  qilmadingiz,  nima  uchun  ko’rpangizga  qarab  oyoq 
uzatmadingiz? 
E g a m b e r d i.  Mulla  aka,  aslo  qo’yavering  ,«Jin  charchaganni  urar,  dev 
tegirmonchini», —  degandek  man sho’rlikni  jin  urmasa, ko’chadagi  «barakallachi»larning 
so’ziga  kirarmidim.  To’y  qiladurg’on  vaqtimda  qarindosh-urug’im,  yor-do’stim  juda 
ko’payib  ketdi.  Har  biri  manga  to’yni  katta  qilmoq  uchun  nasihatlar  qila  boshladilar. 
Ularning  so’zlariga  uchub  mani  qarasangiz  hotamtoy  bo’lib  ketdim.  O’zimcha  bir 
qozonchada osh qilub kesdirmoqchi edim. Betahorat-benamozni bo’ynig’a qo’ygandek ikki 
kun  osh  berishni  gardanimg’a  qo’ydilar.  Undan  qarasangiz,  xotun  «aka»  janjal  qilub,  bir 
kun «xotin oshi»ni bo’ying’a qo’ydi. Shunaqangi qilub Aminjon boyni nevaralari uch kun 
osh berdilarda, kafangado bo’ldilar. 
D a v r o n b e k.  O’zingiz  tuppa-tuzukkina  tushunadurg’on  odam  ekansiz,  nima  qilub 
ularning so’ziga aldandingiz? To’yni o’z o’ylaganingizcha qila olmadingizmi? 
E g a m b e r d i.  Ey,  mulla  aka,  man-ku  man,  ularning  gapurg’on  gapig’a  siz 
bo’lsangiz  ham  aldanar  edingiz.  Qo’ynimni  puch  yong’oqqa  shunday  to’lg’azdilarki,  bor-
yo’g’imdan ayrilgandan keyin ko’zim moshdek ochildi. 
D a v r o n b e k.  Bobolarimizning  «o’tgan  ishga  o’kinma»,  «keyingi  pushmon 
joningga  dushman»  degan  hikmatli  so’zlari  bor.  Endi  nima  bo’lsa  bo’lib  o’tmushdur. 
Asosiy maqsadg’a keling. Munda kelmoqdan maqsadingiz nima? Hovlingiz xatlangan ekan, 
endi nima qilmoqchi bo’lasiz? 
E g a m b e r d i.  Mulla  aka,  nima  qilmoqchi  bo’lar  edim.  Man  bir  aravakash  odam 
munaqangi  ishlarga  aqlim  yetadi  deysizmi?  Miyasini  yegan  ahmoq  bo’lmasam, 
«barakallachi»larning  so’zig’a  kirub,  shu  holga  tusharmidim.  Endi  bu  xususda  maslahatni 
o’zingiz berasiz. Shul to’y to’g’risida mahallamizdagi Orifjon boydan veksel berib, pul qarz 


olg’on edim. Vaqtida  to’lolmadim.  Besh-olti kun bo’ldi,  hovlimni,  uy asboblarimni,  xotu-
nimni mollarigacha sudya-pristuv olub kelub xatlab ketdi. Sho’rlik boshim nima qilishimni 
bilmay sizning qoshingizg’a keldim. Endi sizdan yordam bo’lmasa, mani hech bir jonkuyar, 
yo’l ko’rsataturg’on kishim yo’q. 
D a v r o n b e k. Hovlingiz o’zi necha sarjin? 
E g a m b e r d i. Hovlim qirq sarjincha bor. 
D a v r o n b e k.  Yigirma  sarjinni  xotiningizni  mahri  deb  ko’rsatmoq  mumkin. 
Onangiz bormi? 
E g a m b e r d i. Yetmush yashar bir mushtipar onam ham bor. 
D a v r o n b e k. Qolgan yigirma sarjinini onagizning mahri deb ko’rsatiladur. Boshqa 
xatlang’on  mollaringizning  ham  xotiningizning  moli deb ko’rsatmoq  mumkin. Boy sizdan 
hech narsa ololmaydur. 
E g a m b e r d i.  Jon  mulla  aka,  bu  ishlarni  nima  bo’lsa  ham  o’zingiz  to’g’rilaysiz, 
munaqa narsalarg’a mening aqlim yetmaydi. 
D a v r o n b e k.  Siz  bo’lmasa  soat  uchda  keling,  yaxshilab  men  sizga  ariza  yozib 
beraman. Shul ariza bilan hovlingiz sotilishdan to’xtaladur. 
E g a m b e r d i. Xudo xayr bersun, mandan qaytmasa bola-chaqalaringizdan qaytsun. 
Manga  o’xshagan  yo’lda  qolg’on  odamlarga  sizdek  o’qig’on-bilg’on  kishilar  dastgirlik 
qilmasa kim qiladur? Advokatlikam oson ish emas. Manga o’xshag’on g’arib-benavolarga 
rahnamolik qilmog’ingiz kerak, (
o’rnidan turib
) bo’lmasa soat uchda kelaymi? (
keta turub
.) 
Albatta  soat  uchda  kelaman.  Jon  mulla  aka,  arizani  juda  yaxshilab  yozib  berasiz  (
chiqib 
ketar
). 
D a v r o n b e k.  (
Abdujabborni  chaqirub
).  Bir  istakon  choy  olib  kel,  choyim  ham 
sovib qoldi. 
A b d u j a b b o r (
istakonda choy olub kelub qo’yadi
). Xo’jayin hech narsa chiqdimi? 
Bu  keladurg’on  sirrival-qayrog’lardan  loaqal  bizning  moyanag’a  yetadurg’on  pul-mul 
kelsaydi, yaxshi bo’lar edi. 
D a v r o n b e k. Ko’p sergap bo’lma,  gap degan bitta bo’ladi.  Har  narsa qilsam  ham 
sani bugun bo’lmasa erta o’zimni hindig’a garov qo’ysam ham oqcha topub beraman. Bor, 
o’z ishingga bor. 
Abdujabbor chiqub ketar. 
 
Mana ko’rasanki bu dunyodan xabarsiz, ilmu  maorifdan mahrum, madaniyatdan uzoq 
yashagan  bizning  xalqimiz  hali  qanday  qizg’onch,  qanday  qo’rqinch,  qanday  tahlikali 
ekanligi  oftobdan  ham  ravshan  ko’rinub  turadur.  Bir  kambag’al  arobakash  nodonlik 
soyasida bid’at to’y uchun butun bor-yo’g’idan ayrilub kafangado bo’lgan. Bir necha yildan 
beri topgan, bolalarni o’qitmak  uchun  kerak bo’laturg’on oqchasidan ayrilmoq  ila barobar 
bir parcha  hovlisi  ila  mol  va  ro’zg’oridan  ham  butun  mahrum bo’lub, jaholat  va  nodonlik 
yo’lida  butun  oilasi  ila  qurbon  bo’lg’on.  Munday  bid’at  va  isroflarning  yo’q  bo’lmog’i 
xalqimizning  maorif  va  madaniyat  ila  taraqqiy  qilmog’iga  bog’liqdir.  Agarda  biz  hozirgi 
ilm  va  urfon  taraqqiy  qilub,  butun  dunyoga  nur  sochib  turg’on  bir  zamonda  eng  muhim 
vaqtlarimizni  ana  shunday  bid’at,  quruq  o’yin-kulgi,  tortish  va  talashlar  birla  o’tkarsak, 
dunyo  yuzindan  inqiroz  olamiga  qarab  ketmog’imizga  shak  va  shubha  yo’qdur.  Bunday 
bid’at va isroflarni oramizdan yo’qotmak uchun yoshlarimiz butun kuch va quvvatlarini ilm 
va maorif yo’lig’a sarf qilmoq ila barobar tish va tirnoqlari ila butun quvvatlarini bu bid’at 


ishlarini  yo’q  qi(l)moq  yo’lida  tirishmoqlari  lozimdur.  (Eshik  qo’ng’irog’i  jing’illar) 
Abdujabbor, chiqub boq, tag’in qaysi bir bosh og’rig’i keldi... 
Abdulla Avloniy.
 «Toshkent tongi» (Asarlar to’plami). 
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at 
nashriyoti 1979-yil. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish