Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


PARVONA  Birinchi pardadan parcha



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

PARVONA 
Birinchi pardadan parcha
 
 
N a z o k a t.  Bir  kun  kech  payt  dengiz  sohilini  yolg’iz  aylanib  yurgan  edim, 
qarshimdan  chiqib  qoldi.  Ko’zim  ko’ziga  tushdi-yu,  yuragim  birdan  jig’  etib  ketdi. 
Shoshganimdan  o’zimni  yo’qotdim,  nima  qilishimni  bilmay,  beixtiyor  qizarib  iljaydim.  U 
ham kuldi. «Tanishaylik, yaxshi qiz... Yolg’izga o’xshaysiz... Musofirchilik yomon... Kishi 
zerikadi»,  dedi-yu  tanishdik.  O’shandan  keyin  har  kun  uchrashadigan  bo’ldik.  Bora-bora 
unga  maftun  bo’lib  qoldim.  Yursam,  xayolimda,  tursam  o’yimda,  kechalari  tushimga 
kiradigan  bo’ldi.  Va’dalashgan  vaqtdan  biror  soat  kechiksa,  jonim  halqumimga  kelib, 
iztirobga tushadigan bo’lib qoldim. Odobli, suhbati shirin, dilkash... Xushchaqchaq. 
Yu l d u z (
kulib
). Jigardan urgani aniqqa o’xshaydi. 
N a z o k a t.  Aniq!  Goh  dengiz  sohilini  kezib,  goh  qirg’oqda  o’tirib,  kumush 
to’lqinlarning  raqsini  tomosha  qilib,  shundoq  shirin  suhbat  boshlardi,  ajoyib  g’azallar, 
she’rlar o’qirdiki, simob bo’lib erib ketardim. 
Yu l d u z. Shoirligi ham bormi? 
N a z o k a t. Ham shoir, ham olim. 
Yu l d u z. Murodjon yodingizga tushmadimi? 
N a z o k a t.  Tushdi.  O’yladim.  Ko’p  o’yladim.  Boshda,  unashib  qo’yilgan  yigitim 
bor,  meni  tinch  qo’ying,  demoqchi  bo’ldim,  ammo  deyolmadim.  So’zini  tinglasam 
sehrlanib, ko’ziga boqsam ixtiyorimni oldirib qo’yardim. 
Yu l d u z. Nima balo, ko’zida mehrgiyosi bor ekanmi? 
N a z o k a t. Ha! Mehrgiyosi bor. 
Yu l d u z. Sevgisini izhor qildimi? 
N a z o k a t.  Necha  marta!  Qasamyod  qilib  aytdi.  Axtarganimni  endi  topdim,  endi 
sizsiz menga baxt ham, hayot ham yo’q, dedi... 
A d o l a t.  To’g’ri,  sevib  tegish  kerak.  Ko’ngilning  xohishiga  rioya  qilish  lozim. 
Ammo shu bilan birga sinash, sevgan kishingning ahdu e’tiqodi, xulqu atvorini aniq bilish 
ham  zarur.  Quruq  ko’ngilning  xohishiga  bo’ysunib  bir  ko’rishda,  bir  marta  kinoga  birga 
borishda  yoki  istirohat  bog’ida  bir  marta  tansa  tushish  bilan  oshiqi  beqaror  bo’lib, 
surishtirmasdan  darrov  turmush  qurganlar,  keyin  o’tdek  kuyib,  bir  oy  o’tmasdan  qon 
yig’lab ajralishganlar ko’p. 
N a z o k a t.  Ular  xirsu  havas  bandalari.  Men  sevgi  haqida  gapirayotibman.  Nima, 
mening sevgimga shubhangiz bormi? 
A d o l a t. Senikiga shubham yo’q. Ammo uniki qandoq, bilmayman! Chunki u menga 
notanish odam! 


N a z o k a t.  Mening  sevgimga  qandoq  ishonsangiz,  uning  sevgisiga  ham  shundoq 
ishoning.  Uzoq  sudralgan,  surishtirish  natijasida  maydonga  kelgan  muhabbat  muhabbat 
emas,  bir  ko’rishdayoq  jazillagan,  qalbga  otash  tashlagan,  qonlarga  larza  solgan 
muhabbatgina muhabbat! Uni kovlab, paysalga solib, sovitib yurish kerak emas. 
A d o l a t.  Bilasanmi,  parvona  gul  deb  o’zini  chiroqqa  urarmish-u,  kuyib  halok 
bo’larmish. Parvonaga o’xshama, deyman! 
N a z o k a t.  Yo’q,  o’sha  parvonaniki  to’g’ri.  Agar  haqiqiy  oshiq  bo’lsang,  yona 
bilishing kerak! 
A d o l a t.  Men  parvonaning  ishq  yo’lida  qurbon  bo’lishini  emas,  balki  aldanishi, 
nohaq va noo’rin bo’lishi haqida gapiryapman. Men baxtli bo’lishingni istayman... 
 
Uchinchi pardadan parcha
 
N a z o k a t. U kuni tasodifan uchrashib qoluvdik. 
O’  t  k  i  r.  Tasodifan  ham  uchrashmang!  Sizni  deb  yor-u  birodarlarimdan  ayrildim, 
deganda Murodni ko’zda tutasizmi? 
N a z o k a t. Faqat ugina emas... 
O’ t k i r. Agar pushaymon bo’lsangiz... 
N a z o k a t (
shoshib
). Pushaymon emasman! 
O’ t k i r. Agar pushaymon bo’lsangiz hali ham borib undan uzr so’rashingiz, bo’yniga 
osilishingiz mumkin! Faqat... 
N a z o k a t (
iltijo bilan
). Pushaymon emasman, deyapman-ku! 
O’ t k i r (
quloq solmay
). Faqat, u uzringizni qabul qilarmikin? Xushtordan xushtorga, 
erdan erga ko’chib yuradigan beqaror sharmanda kimga kerak, demaydimi? Siz endi Murod 
uchun yerda yotgan po’choq, sovigan osh, it tekkan qovunsiz! 
N a z o k a t.  Oh,  bunaqa  haqoratlar,  bunaqa  azoblardan  ko’ra  o’ldirib  qo’ya 
qolganingiz yaxshi emasmi? (
Yig’laydi
.) 
O’ t k i r (
parvo qilmay
). Meni deb qavmi qarindoshdan ayrilgan emish! Tavba! Yo’q, 
siz  emas,  sizni  deb  qavm  qarindoshdan  judo  bo’lgan  men  bo’laman!  Sizning 
qarindoshlaringiz  eshikdan  haydasa,  teshikdan  kiradigan  kalamushlar  shu  yerda,  shu 
shaharda! Menikilar esa uzoqda, yuz ko’rmas bo’lib qoldilar.  
N a z o k a t. Opam sho’rlikni uydan haydadik. 
O’ t k i r. O’zi ketdi! 
N a z o k a t. Ketishga majbur qildik... Akam esa ko’chadan eshik ochib oldi. 
O’ t k i r. Baribir chiqib turibdi-ku! 
N a z o k a t. Ahyon-ahyonda... qo’rqa-pisa... xuddi begonalardek. 
O’ t k i r. Ha, bo’lmasa men ketay. Qavmi qarindoshingiz, yor-u birodarlaringiz bilan 
qorong’ida topishing, qo’shmozor bo’ling!  
N a z o k a t. Bo’lar-bo’lmasga ketaman deysiz, ketaman deb qo’rqitasiz... 
O’ t k i r. Qandoq qilay, gapimga kirmasangiz, so’zlarimga tushunmasangiz! Sizdaqa 
miyasi aynigan, betayin, hardamxayol ovsar, noshud ayolni birinchi ko’rishim! 
N a z o k a t  (
g’amgin
).  Ha,  har  narsa  deyishingiz  mumkin.  Ayb  o’zimda...  Tilim 
qisiq...  Dardim  ichimda.  Hech  kimga  dod  deyolmayman.  Sezayapman,  bundan  keyin, 
borgan  sari,  ko’zingizga  xunuk  ko’rinaveradiganga  o’xshayman...  Nazarimda,  toshqinga, 
selga tushib qoldim... Qachon borib, qayerga, qaysi toshga uradi, bilmayman... 
 


Uyg’un
, Asarlar. 3—4-tomlar. G’afur G’ulom 
nomidagi Adabiyot va san’at 
nashriyoti, 1977-yil. 



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish