OLIMJON SALIMOV O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov 1947 yili Namangan
viloyat kosonsoy shahrida tug’ilgan. U Toshkent teatri san’ati institutining ham aktyorlik
(1969), ham rejissyorlik (1983) bo’limlarini tugatgan. Avval Hamza nomli Qo’qon teatrida
aktyor, so’ng Farg’ona viloyat teatrida (1984-1993 y.) rejissyor va bosh rejissyor sifatida
ishlagan. Uning rejissorlik iste’dodi aynan Farg’ona teatrida Ch.Aytmatovning “Sohil
bo’ylab chopayotgan qoplon”, Sh.Boshbekovning “Temir xotin”, “Taqdir eshigi”,
E.Vohidovning “Oltin devor”, B.Darveshovning “Toshkentga sayohat” asarlari talqinida
keng namoyon bo’ldi. 1993 yildan buyon O.Salimov Respublika yosh tomoshabinlar
teatrida bosh rejissor sifatida faoliyat ko’rsatib keladi.