Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

KUNDUZSIZ KECHALAR 
 
Cho’lponning hovlisi. Cho’lpon va Soliha. Bir chetda ko’rinmas odam. U bu sahna 
davomida bemalol — ko’ngliga xush kelgan harakatda yuradi
.
 
 
S o l i h a.  Xafasiz?..  (
Cho’lpon  tasdiqlab  o’ychan  bosh  tebratadi.
)  Xafa  bo’lmang... 
Hech xafa bo’lmang! Oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi yorug’... Hammasi o’tib 
ketadi? Ishoning, o’tib ketadi! 
C h o’ l p o n.  Nazarimda,  bu  hali  boshlanishiga  o’xshaydi...  Bu  balo  boshimizni 
yemasdan o’tib ketmaydi, shekilli... Soliha, bir  maslahatli  ish bor. Menga juda ko’maging 
zarur.  Jonimdan  yaxshi  ko’radigan  bir  aziz  odamim  bor.  Men  tufayli  uning  boshiga  ham 
kulfat tushmog’i mumkin... 
S o l i h a. Nimalar deyapsiz? Siz tufayli  hech kimning boshiga kulfat tushmaydi! Siz 
rahmat keltiradigan insonsiz!... 
C h o’ l p o n. Soliha, xullas, menga yordaming kerak... 
S o l i h a. Kim u aziz... odamingiz?.. Siz uchun, mayli yordam beraveraman!.. Men u 
kishini taniymanmi?.. 
C h o’ l p o n. Ha, taniysan!.. 
S o l i h a. Unday bo’lsa... Ayting!.. 


C h o’ l p o n. U aziz odamim — sen, Soliha, sen... 
S o l i h a  (quvonib).  Voy,  men-mi?!  Men,  o’zimga  qanday  yordam  beraman!  Siz 
tufayli boshimga qanday kulfat tushmog’i mumkin? 
C h o’ l p o n. Seni qismat zarracha ham ranjitmasin deyman-da... 
S o l i h a.  Xudoga  shukur!  Siz  bilan  zarracha  ham  ranjiganim  yo’q!  Aksincha, 
baxtliman!  Shunday  baxtlimanki,  «bu  baxtni  taqdir  nega  menga  munosib  ko’rdi»,  deb 
ba’zan hayron qolaman! 
C h o’ l p o n.  Soliha,  azizim,  seni  yaxshi  ko’raman...  Bilasan...  Ammo  bu  dunyo 
bizning  yo’rig’imizga  hamisha  yurmaydi.  Shunda  ko’ngil  bilan  emas,  ko’zni  chirt  yumib, 
aql bilan ish qilmoqqa to’g’ri keladi. O’zimning aqlligim, endi bu yog’ini sabr-u mulohaza 
bilan  eshit...  Boshimda  bulutlar  quyuqlashyapti.  Har  holda  ertamdan  yaxshilik 
kutayotganim yo’q. Boshimga biror falokat tushsa, yaqin kishilarimga ham ziyon yetadimi 
deb qo’rqaman! Shuning uchun sening taqdiring to’g’risida o’ylamoq zarur... 
S o l i h a. Meni o’ylab nima qilasiz!... O’zingizni o’ylasangiz-chi? O’zingizni! Siz bu 
dunyoga bir keladigan odamsiz! Mendaylar ko’p... 
C h o’ l p o n.  Unday  dema!  Senday  odam  ham  bu  dunyoda  yo’q!  Sen  mening 
yolg’izimsan! Agar bir kun yig’lasam, faqat sen va Vatanimdan ajralib qolayotganim uchun 
yig’layman! 
S o l i h a. Mendan?... Mendan ham ajralib qolayapsizmi? 
C h o’ l p o n.  Shoshma...  Hozir  aql  haqida  bekorga  gapirmadim.  Zakovat  bilan  ish 
tutaylik... Men o’ylab-o’ylab seni Andijonga jo’natishga qaror qildim... 
S o l i h a. Agar lozim desangiz, mayli, borib bir hafta-o’n kun turib kelaveraman... 
C h o’ l p o n. Yo’q, menimcha... qaytish shart emas! 
S o l i h a. Nega qaytish shart emas?!.. Siz mensiz nima qilasiz?.. 
C h o’ l p o n. Tushunmayapsan... Men aytayapmanki... (
birdan qat’iyat bilan
) Xullas, 
ajralishimiz  kerak!  Meni  bu  dunyodan  yo’q  qilishsa  ham,  sen  Omon  qolganing  durust. 
Shuning uchun tezroq bu ishni hal qilishimiz zarur!... 
S o l i h a.  Zarur  emas!  Hech  ham  zarur  emas!...  Sizday  odamni  kim  o’ldiradi! 
Kimning  haddi  sig’adi!  Mabodo...  Mabodo!...  o’shanday  bo’lsa  ham,  nega  meni 
haydaysiz?! Sizsiz tirik yurib nima qilaman?! Sizga qo’shilib o’lganim yaxshi emasmi?! 
C h o’ l p o n.  Yaxshi  emas!..  Yaxshi  emas!..  Mendan  qancha  tezroq  uzoq  ketsang, 
shuncha  yaxshi!... Soliha  meni sevsang, «Abdulhamid akamning  bu dunyoda rozi qildim» 
deb o’ylab yurging kelsa, hozir ket! Ket!... 
S o l i h a. Kuygan bag’rim, suyangan tog’im, ulug’ shoirim, meni shunchalar past ayol 
deb  o’yladingizmi!  Ketmayman!  Er-u  xotin  qo’sh  xo’kiz!  Mabodo  bu  dunyoning  hamma 
jonzod  sig’adigan  ko’chalarida  arava  tortishimizni  ham  ortiq  ko’rsalar,  qassoblarga 
«assalom  alaykum»  deb  birga  kushxonaga  kirib  boraveramiz!  So’yishsa,  ikkalamizni 
birvarakayiga so’yishsin! Qonjig’aga ikkalamizni barobar tortishsin!... 
C h o’ l p o n.  Bunday  gaplarni  gapirma.  Sen  hech  qachon  o’lmasliging  kerak! 
Andijonga ketasan... 
S o l i h a. Ketmayman 
C h o’ l p o n. Soliha! 
S o l i h a. Yashasak ham birga yashaymiz, o’lar bo’lsak ham birga... 
C h o’ l p o n. Rahmat, rahmat... Ammo sen o’lma! Hech qachon o’lma! 
 


Yana  o’sha  tushga  o’xshash  hol.  Yana  tumanga  o’xshash  g’ira-shiralik.  Yana  o’sha 
g’aroyib  musiqa.  Cho’lponning  ovozi  yana  «GO’ZAL»ni  o’qiydi.  Yana  Soliha  oydan 
go’zalga  aylanadi.  Ammo  musiqa  fojiali  bir  ohangga  aylanadi...  Cho’lpon  bir  parcha  va 
Oydanda  go’zal  alohida  bir  parcha  yorug’lik  ichida  qoladilar.  Ular  intiladilar,  ammo  tosh 
qafas  ichidalar,  bir-birlariga  yaqin  kelolmaydilar.  Sahna  bo’ylab  yuguradilar,  biroq  bir-
birlarini  topolmay,  qorong’ulikka  qorishib  ketadilar.  Faqat  «Abdulhamid  aka!»  «Oydanda 
go’zal! Soliha!» degan ularning alamli chaqiriqlari eshitilib turadi! 
 
 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish