Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
O’ljoy Turkon chiqadi. 
 
T e m u r. Men hamisha shukur aytdim parvardigorga, 
 
Qodir Alloh oydin qildi yo’limni doim. 
 
Zabt aylasam qay bir zamin, 
 
Qay mamlakatni 


 
Xudoyimning xohishiga tayandim mudom. 
 
Hatto yiroq yulduzlarning fe’li qandoq deb, 
 
Tinglaganman qur’achi-yu munajjimlarni. 
 
Turfa din-u e’tiqodga ibodat qilgan 
 
Necha-necha qavmlarni hukmimga oldim. 
 
Muhammadning yalovini ko’tardim baland. 
 
Biroq o’zing birga o’sgan, 
 
Birga ot surgan, 
 
Bir masjidga some bo’lgan zotdan ayrilmoq — 
 
Bu g’oyatda ma’yus qilib qo’yar odamni. 
 
Siz ne deysiz, 
 
Muhtaram pir Said Baraka? 
M i r  S a i d  B a r a k a. Musulmonning qonin to’kmoq joiz bo’lmag’ay. 
 
Ammo lekin dini Islom bayrog’in tutgan 
 
Yo’lboshchiga pand bermoqlik gunohi azim. 
 
Tavba qilsin, 
 
Tavba qilsin, Amir Husayn 
 
Zero, shundoq lutf etmishlar payg’ambarimiz: 
 
Erta-yu kech ochiq erur tavba eshigi. 
T e m u r. Shayxulislom janoblari, fikringiz nedur? 
S h a y x u l i s l o m. Muborak bir kalimani keltirib o’tay, 
 
U — «Qur’oni karim»dandur! 
T e m u r. Vujudim quloq! 
S h a y x u l i s l o m. «Yaf’allulohu moyashau va yaaxkumu mo yo’rid», 
 
Ya’ni, Alloh nimaniki xohlasa agar 
 
Irodasi bilan shuni hukm qilg’aydir. 
T e m u r. Inshoolloh, yaratganning o’zi bilg’aydir. 
 
Ey, Siz mening amirlarim, bahodirlarim. 
 
Qadamidan o’t chaqnagan lashkarboshilar. 
 
Alloh Sizning dilingizga ne tuyg’u solmish? 
 
Muntazirman javobingga, Barlos Bahodir. 
B a r l o s  B a h o d i r. Muntazirman amringizga, o, Sohibqiron, 
 
Siz amr eting — kemirgaymiz Ko’hi Qofni ham, 
 
Siz amr eting — simirgaymiz Bahr-u ummonni. 
 
Kuch olg’aymiz shijoat-u himmatingizdan. 
 
Sizga sodiq bo’lurmiz deb qasam ichganmiz. 
 
Ulug’ Amir, Xudo shohid jangchining onti 
 
Har qandayin martabadan turar balandroq. 
 
Sizning aziz joningizga otilgan har o’q 
 
Eng avvalo, kelib tekkay bizning ko’krakka. 
 
Nomard yovni agarda Siz kechirsangiz ham, 
 
Biz mutlaqo kechirmasmiz. Ketgaymiz tarqab. 
 
Kanizak jon holatda yugurib kiradi. 
 


K a n i z a k. A’lohazrat, 
 
A’lohazrat, 
 
Mudhish bir xabar, 
 
Bu xabarni sizga kelib aytgandan ko’ra 
 
Qani edi shu zahoti kesilsa tilim. 
T e m u r. Qanday xabar? Dovdiramay gapir, kanizak! 
K a n i z a k. Xonasida jonsiz yotar malika O’ljoy, 
 
U o’zini halok etmish, manov o’q bilan. 
 
(
Kanizak qonli kamon o’qini Temurga uzatadi.

T e m u r. Evoh! 
A m i r  H u s a y n. Hayhot! 
T e m u r. Amir Husayn oramizni bog’lagan zanjir 
 
Metin tog’lar silsilasi qadar bo’lsa ham, 
 
Shu daqiqa parokanda bo’ldi, uzildi. 
 
(
Kayxisravga

 
Husaynni topshirdim men, Kayxisrav, senga! 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish