Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
QIYOMAT QARZ 
(To’qqizinchi ko’rinishdan parcha)
 
 
S u l a y m o n  o t a. No’monjon! 
N a z a r o v. Xo’sh? Keling. 
S u l a y m o n  o t a. Xo’shing nimasi. Meni tanimadingmi? 
N a z a r o v. Kimsiz? Yo’q, tanimadim. 
S u l a y m o n  o t a. Barakalla!.. O’zim ham tanimaysan deb o’ylovdim. 
Men seni tanidim. Darror tanidim? Ko’rdim-u darrov tanidim. 
N a z a r o v. Juda yaxshi. Keling? 
S u l a y m o n  o t a. Yana keling, deydi-ya! Tavba! Men Sulaymon otang bo’laman. 
N a z a r o v. Sulaymon ota? 
S u l a y m o n  o t a. Ha! Zarkatlik Sulaymon ota! 
N a z a r o v. Keling, ota keling. 
S u l a y m o n  o t a. Taniding! Taniding! (
Sulaymon ota qopini tashlab, quchoqlarini 
yozib Nazarov qarshisiga yura boshlaydi
). Seni topadigan kun ham bor ekan! No’monjon! 


O’g’lim!  (
Nazarov  uyalinqirab  o’rnidan  turadi.  Sulaymon  ota  uni  bag’riga  bosib,  yig’lab 
yuboradi
). 
N a z a r o v. O’zingizni bosing, ota. O’zingizni bosing. 
S u l a y m o n    o t a.  Qanday  bosay,  o’g’lim?!  O’ttiz  yil  kutdim  seni.  Yo’lingga 
ko’zlarim to’rt bo’ldi. Ko’rmay o’lib ketamanmi, deb qo’rquvdim, Zebi xolangga o’xshab. 
N a z a r o v. Kim u? 
S u l a y m o n    o t a.  Zebi  xolangni  unutdingmi?  Xotinim-da.  Har  kuni  qatnardi-ku 
oldingga. Quymoq qilib. 
N a z a r o v. Ha, esladim, esladim. 
S u l a y m o n    o t a.  Eslamay  ham  ko’r-chi!  Obbo,  No’monjon-ey!  Qayonlarda  seni 
qidirib  yuribman!  Sen  bo’lsang  ikki  qadamlik  joyda  ekansan.  Nega  jimib  ketding.  A?  Yo 
xafa bo’luvdingmi? 
N a z a r o v. Yo’g’-e, nega xafa bo’lay. (
Sekretarga
.) Siz boravering. (
Sekretar chiqib 
ketadi
.) Tinchmisiz, ota? O’tiring, o’tiring. (
O’tiradi
.) 
S u l a y m o n  o t a. Menga nima qilardi? Men tinchman. O’zing qalaysan? 
N a z a r o v. Yaxshi. Ko’rib turibsiz. 
S u l a y m o n    o t a.  Ha,  ko’rib  turibman.  Ishlaring  yaxshiga  o’xshaydi.  Katta  odam 
bo’lib ketibsan. Qachon ulgurding-a? Urushdan kela solib, yana o’qishga berilibsan-da, a? 
N a z a r o v. Urushda bo’lganim yo’q. Shu yerda kerak ekanman, olib qolishdi. 
S u l a y m o n    o t a.  Shundoq  de...  Biz  bo’lsak...  Zebi  xolang  bilan  urushdasan  deb 
yuribmiz... Yaxshi, yaxshi. Demak, o’sha ketganingcha shu yerdasan? 
N a z a r o v.  Ha,  ikki  o’g’il,  bir  qizim  bor.  Katta  o’g’lim  institutni  bitirdi.  U  ham 
menga, onasiga o’xshab doktor bo’ldi. Bultur uylantirdik. 
S u l a y m o n  o t a. Yaxshi, yaxshi. Kelin qayerlik? 
N a z a r o v. Shu yerlik. Birga ishlaymiz. 
S u l a y m o n    o t a.  Yaxshi,  yaxshi...  Biz  bo’lsak...  Zebi  xolang  bian  seni  kutdik. 
Ko’zimiz eshikda bo’ldi har kuni. Yaxshi, yaxshi. 
N a z a r o v. Xolam qachon qazo qildilar? 
S u l a y m o n  o t a. Yigirma sakkiz yil bo’ldi. 
N a z a r o v. Kasalmidilar? 
S u l a y m o n  o t a. Kasal? Yo’q... Kasal bizda nima qiladi? Qarilik. 
N a z a r o v. Ha, qarilik, o’lim har kishining boshida bor. Choy buyuraymi? 
S u l a y m o n    o t a.  Shunday  qilib,  bola-chaqalikman,  degin,  katta  o’g’limni 
uylantirdim, degin. 
N a z a r o v. Ha, kichkinasining ham bo’yi yetib qoldi. 
S u l a y m o n    o t a.  Yaxshi,  yaxshi.  Ishqilib,  o’zingdan  tinchigan  ekansan,  o’zingga 
to’q  ekansan...  Men  bo’lsam,  ming  xil  xayolda  yuribman.  Kutdim  avval,  keyin  halok 
bo’lgansan  deb o’yladim. Urush bo’lgan joylarda qabringni  ham qidirdim... Yana kutdim. 
Keyin  o’lib  qolsam  nima  bo’ladi,  deb  yana  qidirdim...  Sen  bo’lsang  tirik  ekansan.  Tirik... 
Menga qara, No’monjon. Nega xabar barmading-a? Zebi xolang seni yaxshi ko’rib qoluvdi. 
O’zi seni uylantirmoqchi edi... 
N a z a r o v. Ishchilik, ota. Keyin har holda... judayam... 
S u l a y m o n  o t a. Har holda begonamiz demoqchisan? 
N a z a r o v. Unchalik emas-ku, lekin... 


Nevaralaringizni  ko’rasiz.  Ikkita  qo’y  shuncha  bo’lib  ketadi,  deb  hech  o’ylamagan 
edim. Obbo, Sulaymon ota-ey, Sulaymon ota-ey... 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish