Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


Sotish bo‘yicha hamkorlarni tanlash



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

13.4.Sotish bo‘yicha hamkorlarni tanlash. 
Yangi shakllanayotgan sotish tarmog‘i va yirik bo‘lmagan turistik firmalar 
uchun bozorda birinchi qadamlar chakana va mayda ulgurji firmalar bilan 
hamkorlikni o‘rnatishdan boshlanishi lozim. Bunda turoperator tomonidan taklif 
etiladigan turmahsulotga mos kelishi kerak bo‘lgan sotish tarmog‘ini 
ixtisoslashuvini hisobga olish zarur. 
Xorijiy bozorlarga chiqadigan firmalar marketing strategiyasida sotishlar 
bo‘yicha xorijiy hamkorlarning hududiy joylashuvini albatta hisobga olish zarur, 
chunki bu sotish tarmog‘i samaradorligining ahamiyati davlat (mintaqa) hududida 
sotish tarmog‘ining keng tarqalishiga bog‘liqdir va bunda shahardagi punktlar soni 
qishloqdagi punktlar soniga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi lozim. 
Hamkorlarni tanlashda uch omilni hisobga olish lozim: 
potensial 
hamkorlarning huquq qobiliyati, kredit qobiliyati va faoliyat qobiliyati.
 
Huquq qobiliyati
– firmada turistik xizmatlarni sotish bilan shug‘ullanish 
uchun huquqiy asoslarning mavjudligidir. Huquqiy status milliy qonunchilik bilan 
aniqlanadi va turli davlatlarda turli huquqiy shakllarda tasdiqlanadi (masalan, 
litsenziya, patent, registratsiya). Bunday statusga ega bo‘lmagan huquqiy shaxs 
turistik firma sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Shu sababli ham bunday 
firmalar shartnoma majburiyatlarini buzgan hollarida sud organlari da’vo arizasini 
ko‘rib chiqish uchun qabul qilmasliklari mumkin. 
Shuning uchun ham turistik firmaning huquqiy statusini aniqlash u bilan ish 
munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning birinchi sharti bo‘lishi lozim. 
Firmaning huquqiy holati to‘g‘risida litsenziya yoki patent nusxasi, savdo 
riyestridan ko‘chirma, ma’lumotnoma yoki rasmiy organlar guvohnomasi dalillik 
berishi mumkin. 
Firma huquq qobiliyati uning milliy yoki regional turistik uyushma yoki 
tashkilotlarga a’zoligi ham bilvosita guvohlik berishi mumkin. Ma’lumki, bunday 
tashkilotlar a’zoligiga faqat turistik statusga ega firmalar kira oladilar. Bu milliy 
uyushmalar o‘z nizomlariga muvofiq ma’lum moddiy va ma’naviy javobgarlikka 
ega bo‘lganliklari bois ular o‘z a’zolarining qonunlarga amal qilishlarini kuzatib 
boradilar. 
Turistik firmaning huquq qobiliyati masalasi ko‘rib chiqilar ekan, uning 
transport kompaniyalari bilan agentlik bitimi mavjudligini e’tiborga olish kerak. 
Turistik firmaning transport (aviatsiya, temir yo‘l, suv va avtotransport) 
kompaniyasi agenti etib tayinlanishi, uning huquq qobiliyatining juda aniq 
kriteriyasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki transport kompaniyasi mazkur 
turistik agentlikning o‘z blankalariga chipta yozib berishiga ishonadi. Chiptalar 
jiddiy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangani bois, turistik firmaga bunday ishonch 
turistik agent ish sifatlarining chuqur tekshiruviga asoslanadi. 
Kredit qobiliyati -
bu tushuncha orqali firmaning tuzilgan bitimlar bo‘yicha 
hisob-kitoblarni o‘z vaqtida ta’minlash uchun yetarli pul vositalariga egaligini 
bildiradi. Turistik firmaning yuridik statusi o‘z kuchini saqlab qoladigan davrda 
o‘zgarmaydigan huquq qobiliyatidan farqli ravishda kredit qobiliyati o‘z 
ahamiyatini doimo o‘zgartirishi mumkin. Bizning turistik firmalar amaliyotida 
shunday holatlar ham uchrab turadi: xorijiy turistik firmalaraing bankdagi hisob 
raqamida qaysidir kuni bir necha millionlab AQSH dollari bo‘lishi mumkin, 1 -2 
kun o‘tgandan keyin esa bu hisob raqamlari bo‘shab qoladi. 
Ko‘pincha firmalar o‘z kredit qobiliyati dalili sifatida bank referansi deb 


553
ataladigan, ya’ni firmaning mavjud hisob raqami, uning taxminiy hajmi va harakati 
to‘g‘risidagi bankdan olinadigan ma’lumotnomani taqdim qilishga moyildirlar. 
Biroq bu kabi ma’lumotnomalar nafaqat kredit qobiliyatini aniqlash uchun asos 
bo‘la oladi, balki tuzilgan bitimlar bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida hisob-kitoblar qila 
olishiga ham kafolat bo‘la olmaydi. 
Turistik firmaning kredit qobiliyatini bank kafolati tasdiqlashi mumkin. 
Biroq banklar mustaqil ravishda, firmaning bunga alohida roziligisiz bunday 
kafolatni berish huquqiga ega emas, chunki bunday hollarda bank firma 
faoliyatining barcha moddiy majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan bo‘ladi. Bank 
kafolat berishida firmaning joriy hisob raqamidan tegishli summani olib qoladi va 
kafolat depoziti sifatida ushlab turadi. Bu esa firma uchun ahamiyatli pul 
mablag‘larining muomaladan olib qo‘yilishini bildiradi va firma bu yo‘lni uncha 
ham xushlamay qabul qilishi mumkin. Shuning uchun firma tomonidan bank 
kafolatini taqdim qilish yuzasidan muzokaralarda bu shartni tegishli tarzda 
tushuntirish lozim. 
Firma bilan hisob-kitoblar bo‘yicha manfaatlarni ta’minlashning nisbatan 
real yo‘li undan avans to‘lovlarini olish hisoblanadi. Erishilgan bitimga qarab avans 
to‘lovlari depozit yoki naq ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Depozit umumiy bitim narxining kelishilgan qismi bo‘lib, sotishlar bo‘yicha 
hamkor shu qism pulni butunlay hisob-kitob qilish kafolati sifatida kelishilgan 
muddatga, mazkur bitim boshlangunga qadar turistik firma hisobiga o‘tkazib 
beradi. To‘liq hisob-kitob qilib bo‘linganda depozit bitim narxining umumiy to‘lovi 
hisobiga kiritiladi. Bitim buzilgan hollarda depozit amaldagi me’yorlar asosida 
qaytariladi. 
Xorijiy turistik firmalar bilan hamkorlik amaliyotida depozitning ikki xil 
shakli amal qiladi. Birinchisi - turistik xizmatlar to‘lovi hisobiga kiritiladigan, yil 
davomida turistlarga beriladigan depozitdir. Bunday depozit yil boshida kiritiladi. 
Uning hajmi shartnoma tuzadigan tomonlar kelishuviga qarab aniqlanadi. Yil 
oxirida u oxirgi operatsiyalar to‘lovi sifati hisoblanishi yoki keyingi yil uchun yangi 
depozit sifatida o‘tkazilishi mumkin. 
Ikkinchi depozit shakli har bir ma’lum turistik xizmatlar sotuvi bo‘yicha 
hisob-kitoblarda, ko‘pincha turistik guruhlarni qabul qilishda qo‘llaniladi; bu holda 
depozit har bir keladigan guruh uchun belgilangan muddatlarda va belgilangan 
hajmlarda kiritiladi. 
Hamkorlar bilan depozit shaklida hisob-kitob qilishda turoperator doimiy 
ravishda turagentning joriy qarzlari kiritilgan depozit summasidan oshib 
ketmasligini kuzatib borishi zarur. 
Faoliyat qobiliyati
. Bu tushuncha ostida turistik firmaning tuzilgan bitimdan 
kelib chiqadigan majburiyat va huquqlarini bajara olish qobiliyati tushuniladi. 
Turistik firma faoliyat qobiliyati qandaydir doimiy ko‘rsatkichlar bilan cheklanib 
qolmaydi. Firmaning ko‘p qirrali faoliyati, uning mulki, bozordagi holati, ish 
aloqalari orqali tasniflanadi. Firmaning bu sifatlarini baholashda bizning diqqat 
markazimizda yaxshi joyda joylashgan va jihozlangan savdo binolari mavjudligi, 
reklama hajmi va sifati, transport va mehmonxona kompaniyalari bilan aloqalari, 
milliy, regional turistik tashkilotlarga a’zoligi, personal malakasi va soni, 
kontragent tarmog‘i va firmada kompyuter tizimlari mavjudligi bo‘lishi lozim. Bu 
hali firma faoliyat qobiliyatini bildiradigan ko‘rsatkichlar ro‘yxatining hammasi 
emas. Shuni qayd etish lozimki, bularning hammasi kompleks tarzda va tez 


554
sur’atlarda ko‘rib chiqilishi lozim. Natijada esa o‘rganilayotgan firmaning ish 
sifatlari haqida obektiv tasavurga ega bo‘lishimiz mumkin. 
Turoperator turagentni diqqat bilan tanlashi kerak, uning ishonchliligiga 
ishonch hosil qilganidan keyingina u bilan agentlik bitimini tuzish mumkin. 
Agentlarni turmahsulot xususiyatlaridan va oldiga qo‘yilgan realizatsiya 
masalalaridan kelib chiqib tanlaydilar. 
Turagentlarni tanlashda e’tiborga olinadigan omillar: 
- turlarning predmet yo‘nalishi; 
- huquq va majburiyatlar hajmi; 
- korxonalar guruhining ma’lum hududi mavjudligi; 
- potensial turistlar guruhlarining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa kriteriylari; 
- sotish usullari va texnologiyasining turlichaligi; 
- o‘zaro hisob-kitoblar ko‘rinishi; 
- ish tajribasi va turizm sohasidagi mavqei (imidji); 
- mazkur faoliyat ko‘rinishi uchun litsenziyaning mavjudligi. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish