Turistik avtofurgonlar
uzunligi odatda 6 metr, eni esa 2,20 metrdan
oshmaydi. Uning og‘irligi 500 dan 1000 kg. gacha keladi. To‘g‘ri, juda katta
375
va og‘irlikka ega bo‘lgan boshqa namunalari ham mavjud. Shinamligi
jihatidan bu turar joylar zamonaviy dala hovli-dachalaridan qolishmaydi.
Ularda uxlash xonasi, oshxona, gaz plitasi, sovutgich hojatxona va dush bor.
Turistlarni joylashtirishning individual vositalari.
Individual
joylashish uchun imkoniyatlar juda keng. Sayyoh o‘zining shahardan
tashqaridagi shaxsiy uyida tuxtashi mumkin. Agentlik yoki xususiy shaxsdan
ijaraga to‘liq jihozlangan (uy, xona, kottej) turarjoy olishi yoki tanish bilish
va qarindoshlarnikiga bepul joylashishi mumkin.
6.3.Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.
Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari
qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish
industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamaddixonalar va
boshqalar kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan
birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi
va taklif etadigan taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat
ko‘rsatish shakllari bilan klassifikatsiyalanadi.
Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga
qo‘yiladigan talablar.
Turistik xizmat ko‘rsatish texnologiyasida asosiy
xizmatlardan biri bu ovqatlantirish hisoblanadi. Ovqatlantirish turizm
industriyasi o‘z ichiga quyidagi ovqatlantirish korxonalari turlarini oladi:
1. Restoranlar.
2. Kafe.
3. Barlar (gril barlari, pivo barlari, foto barlari, kokteyl barlari va
boshqalar).
4. Oshxonalar.
5. Oshxona – fabrikalar.
6. Tayyorlov fabrikalari.
7. Bufetlar.
8. Oziq-ovqat va qandolat magazinlari.
Bunday korxonalar turistik firmalarning o‘zida bo‘lishi yoki ijaraga
olinishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi mehmonxonalar tarkibiga kirgan
bo‘ladi, kamdan kam hollarda mustaqil faoliyat yuritadilar.
•
Korxonalar xizmat ko‘rsatish shakliga ko‘ra ofitsiantlar xizmat
ko‘rsatadigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan ko‘rinishga ega
bo‘ladi.
•
Turistlar ovqatlanishi rejimi bo‘yicha to‘liq pansion va yarim
pansionga;
•
maxsus ovqatlantirishga;
•
bolalarni ovqatlantirish va boshqalarga bo‘linadi.
Qator mehmonxonalar nomerlarida oshxonalar, mini barlar mavjud.
Ovqatlantirish xizmati ham nomerda, ham ovqatlantirish korxonalarida
ko‘rsatilishi mumkin. Turistlarni ovqatlantirish turlari bo‘yicha bu xizmat:
376
•
kompleks ovqatlantirishga;
•
tanlash asosida ovqatlantirishga, avvaldan buyurtma orqali
ovqatlantirish, shu jumladan, bayramlar, qabullar, yubileylar,
banketlarga xizmat ko‘rsatish kabilarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |