Lebyodka (chig’ir) chervyak turli reduktor va gorizontal joylashtirilgan tortuvchi barabanlar bilan avtomobil ramasiga o’rnatildi (71-rasm).
71-rasm. Lebyodka.
1,4-maslenkalar; 2-barabanni ishga tushirish richagi; 3-lebyodkani ko’ndalang
to’sini; 5-saqlagich skobasi; 6-yo’naltiruvchi rolik; 7-kronshteyn; 8-ilgak trosi;
9-lebedka reduktori; 10,12-kardan vallari; 11-oraliq tayanch; 13-richag qulfi;
14-quvvat olish qutisi richagi; 15-quvvat olish qutisi; 16-lebedkani orqa
ko’ndalang to’sini.
Lebedka, yo’lni o’ta og’ir bo’lagidan o’tish, harakatlanish qobiliyatini yo’qotgan avtomobilni o’zini-o’zi tortib olib chiqish va botib qolgan transport vositasini chiqarish uchun хizmat qiladi.
Lebedkani oldingi ko’ndalang to’sini boltlar yordamida avtomobilni oldingi buferi va rama lonjeroniga mahkamlangan. Огер ko’ndalang to’sin 16 ramani birinchi ko’ndalang to’siniga qotirilgan.
Lebedka uzatmalar qutisiga o’rnatilgan quvvat olish qutisidan 15 kardan vallari 10,12 orqali yuritma oladi. Lebedka richag 14 yordamida ishga tushiriladi. Kardan valining oldingi uchiga kardan sharnirini vilkasi o’rnatilgan bo’ lib, ular saqlagich shtift bilan ulangan.
17-MAVZU: ZAMONAVIY TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.
Reja:
Zamonaviy avtomobillarning kuzovidagi yangiliklar.
Zamonaviy avtomobillarda ABS tizimi.
Zamonaviy avtomobillarda yangi turdagi IYoD.
Zamonaviy avtomobillarning kuzovidagi yangiliklar.
Zamonaviy avtomobillarni ko’plab ishlab chiqarish yo’lga qo’yilganda, asosan karkassiz kuzovlar qo’llaniladi. Bunda uning bikrligi va mustahkamligi listli po’latdan qilingan ikki devorli qobirga yoki listli po’latdan yasalgan o’zak kiritilishi bilan puxtaligi ortadi.
O’ta qulaylikka ega bo’lgan va katta quvvatli dvigatel o’rnatilgan avtomobillar odatda ramali kuzovga ega bo’ladi. Rama agregatlarni va kuzovni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Kuzov ramaga elastik qismlar yordamida biriktirilganligi uchun avtomobilning yurish qulayligi va barqarorligi oshadi, shovqin hamda yo’ldan g’ ildirak orqali uzatilayotgan turtkilarni kamaytiradi.
Audi R8 avtomobil kuzovining umumiy tuzilishi bilan tanishib chiqamiz. Bu kuzov ko’tarib yuruvchi ramasiz konstruksiyaga ega bo’lib, faqat metalldan yaxlit qilib yasaladi. Kuzovning korpusiga o’rnatilgan panellar va pol, ko’ndalang to’sigi vapolning asosi, panelli tomi hamda orqa qismidagi panellar qanotchalar vazifasini o’taydi. Shuningdek, g’ildirakning sachrash to’siqlari (brizgoviklari) va ko’ndalang to’siqdan iborat. Bularni yaxshi va puxta o’rnatish uchun kuchaytirgich qismlar va mahkamlovchi bir qator detallar majud. Kuzovning barha panellari va quchaytirgich qismlari payvandlab biriktiriladi. Bu qismlarning o’zgaruvchan yuklanish bilan zo’riqib ishlaydigan joylari yetarli darajada qalinroq varaqali po’latdan tayyorlanib, yetarli darajada puxta qilingan. Kuzov konstruksiyasi shovqin va titrashni kamaytiradiganhamda issiqlikni kam o’tkazadigan materiallar bilan jihozlangan.
Zamonaviy avtomobillarda ABS tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |