Burchak tezliklari bir xil bo'lmagan kardanli sharnir bikr elementlardan (rasm, a), ya'ni yetaklovchi (1) va yetaklanuvchi (4) ayridan, turumlariga ninali podshipniklar (2) kiygazilgan krestovinadan (chorbarmoqdan) (2) tashkil topgan. Aylantiruvchi moment ayridan (1) ayriga (4) krestovina (2) orqali uzatiladi. Bunday konstruksiyada, yetaklovchi val ayrisi bir tekis aylanganda yetaklanuvchi ayrining burchak tezligi har bir to'liq aylanishda ikki marta, ham ozayib, ham ko'payib, o'zgarib turadi. Shuning uchun bunday sharnir burchak tezliklari bir xil bo'lmagan sharnir deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |