Cheklagich klapan (69-rasm) yukni tushirishda platformani ko’tarilishini cheklash uchun xizmat qiladi.
69-rasm. Cheklagich klapani.
1-korpus; 2-prujina; 3-klapan; 4-vtulka; 5-rostlovchi vint;
6-kontrgayka; 7-shtok; 8-zichlovchi halqa.
Cheklagich klapan korpus 1 va unga burab o’rnatilgan vtulkadan 4 iborat. Vtulkani teshigidan bir chekkasida rostlovchi vintli 5 shtok 7 o’tadi. Shtokning ikkinchi uchi korpusda siljuvchi klapanga 3 qaratilgan. Rostlovchi vint sferik kallakli bo’lib, kontrgayka 6 bilan qayd qilingan. Yopiq holatda klapan 3 prujina 2 bilan korpusga taqalgan. Rostlovchi vintni sferik kallagi turtilganda shtok siljiydi va klapanni ochadi. Bu holda bosim magistrali to’kish magistrali bilan ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |