Quvvat olish qutisi uzatmalar qutisi yoki taqsimlash qutisidan maxsus mexanizmlarga (lebyodka, ko’targichlar va h.k.) burovchi moment uzatish uchun xizmat qiladi. O’zi ag’daruvchi avtomobillarda quvvat olish qutisi moy nasosini xarakatga keltiradi. U mexanik yoki pnevmatik yuritmali tishli bir pog’onali reduktordir. Quvvat olish qutisi (QOQ), odatda uzatmalar qutisi yoki taqsimlash qutisiga o’rnatiladi.
KamAZ o’zi ag’daruvchi avtomobilining quvvati olish qutisi (67-rasm) pnevmatik yuritmali bir pog’onali reduktor. U uzatamalar qutisiga o’rnatilgan va unga moy nasosi biriktirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |