13
G‘o‘zalarim bir oylik bo‘ldi.
Ana shunda bir shamol turdi, bir shamol turdi.
Afg‘on shamoli deyin dedim — shamol Hisor tarafdan esdi.
Shamol g‘o‘zalarimni bir chapga qayirdi, bir o‘ngga qayirdi.
G‘o‘zalarim ayqash-uyqash bo‘lib qoldi. G‘o‘zalarim bukchayib-bukchayib qoldi. G‘o‘zalarim
yotib-yotib qoldi.
Pushtalarda tizilmish ko‘klar g‘o‘za bo‘ldimi yo boshqa bir maysa bo‘ldimi — bilib bo‘lmay qoldi.
Men nahor-nahorlab dalalarim boshida cho‘k tushdim.
Yotib-yotib qolmish g‘o‘zalarimni qo‘shqo‘llab-qo‘shqo‘llab rostladim.
Ayqash-uyqash g‘o‘zalarimni kaftlab-kaftlab taradim.
G‘o‘zalarim tag‘in bo‘y-bo‘yladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |