Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 
8
Tulki qiziga to‘y berdi. 
Kun qiyalab-qiyalab nur to‘kdi. Kun sariq-sariq nur to‘kdi. 
Kun betini ko‘rib bo‘lmadi. Kun nuriga qarab bo‘lmadi. 
Olam iliq-iliq bo‘ldi. Olam sariq-sariq bo‘ldi. 
Havoda oppoq-oppoq bir nimalar uchdi. Havola-havola uchdi. Aylana-aylana uchdi. Burala-burala 
uchdi. 
Osmon misoli un elaklamish-un elaklamish bo‘ldi. 
Oppoq bulutlar orasidan kun nurlari to‘kilib-to‘kilib turdi. 
Qor laylaklab-laylaklab yog‘di. Qor yerga tushib-tushmas yog‘di. 
Laylakqor taqqa tindi. 
Yerda qor tugul, nam-da bo‘lmadi. Qor havosi-da bo‘lmadi. 
O‘ynab qo‘yay, bundayin havoni oti nima bo‘ldi? 
Qor yog‘madi, deyin dedim— havoda laylaklab qor o‘ynadi. 
Laylaklab qor yog‘di, deyin dedim — yerda qordan nishoia bo‘lmadi. 
Dehqon bunday havoni: 
— Tulki qiziga to‘y berdi, — deydi. 
Kechasi yig‘ilishda raisimiz kunlik yaganani so‘radi. Yo‘l-yo‘riqlar berdi. 
Shunda, raisimiz oldida turmish telefon jiringladi. 
Raisimiz telefonda salom-alik bo‘ldi, 
Gap-so‘zidan bildim — raisimiz Ideologiya bilan gapirishdi. Ob-havoii gapirishdi. Chaynab-
chaynab gapirishdi. 
Raisimiz sharaqlatib telefon dasta tashladi. Derazaga qarab lab burdi. 
— Tavba, — dedi. — Ajab vakilamiz bor-da. Kolxozlaringizda qor yoqqan emish, g‘o‘za nima 
bo‘ldi, deydi. Qor yoqqan yo‘q, tulki qiziga to‘y berdi, desam, tulkiyam to‘y qiladimi, deydi... 

Dalalarimga xonqizi degich hasharot aylandi. 
Biz surxonilar xonqizini gulligich deymiz. 
Gulligich sariq qo‘ng‘izday keladi. Tumshug‘i qora bo‘ladi. Tanasida qora-qora donachalari-da 
bo‘-ladi, oq-oq donachalarida bo‘ladi. Uchsa, qanotlari katta-katta yoyilib uchadi. 
Bolalar gulligich ushlab o‘ynadi, Bolalar gulligich haydab o‘ynadi, 
Bolalar: 
Xol-xol, 
Otang o‘ldi, 
Onang o‘ldi, 
Borib xabar olmaysanmi? —
deya, dirr-dirr qo‘yib chopdi. 
Gulligich bolalar kaftida yurdi. Gulligich bolalar qo‘l-yuzida yurdi, gulligich bolalar yengida yurdi. 
Gulligich o‘rmalab yurishdan qolmadi — bolalar dir-dirr qo‘yib ashula aytishdan qolmadi: 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64
Xol-xol, 
Otang daryoga oqdi
Onang daryoga oqdi
Ketmon olib chop-chop,
Ketmon olib chop-chop!
Gulligich surbet bo‘ldi. Gulligich ketmadi. Gulligich ketmasa tag‘in bo‘lmadi — gulligich 
hasharotlar bosh bobosi bo‘ldi. Gulligich ming-minglab bolalar bo‘ldi. 
Men dalalarimni gulligichofat bilan doriladim — «B-58» degich zahar dori sepdim. 
Zahardan bir hafta dala yo‘lay olmadim. 
10 
O‘qariq oldim. 
Nima uchun o‘qariq deymiz? 
Bunday qaralsa —er ravon-ravon ko‘rinadi. Bunday qaralsa — yer tekis-tekis ko‘rinadi. 
Shunday-shunday ariq olsa bo‘ldi — suv bir zaylda oqa beradiganday bo‘ladi. 
Aslida unday bo‘lmaydi. 
Yerni o‘z tobi bo‘ladi. Yerni o‘z o‘ng-chapi bo‘ladi. Yerni o‘z tosh-tarozisi bo‘ldi. 
Ana shu tobni tuymagich dehqon o‘qariq olib yur-masin. U olmish o‘qariq ko‘cha-ko‘ygi jaydari 
ariq bo‘ladi. U olmish o‘qariqda suv ravon-ravon oqmaydi. 
Ana shu o‘ng-chapni ilg‘olmagich dehqon o‘qariq olib yurmasin. U olmish o‘qariqda suv ko‘llab-
ko‘llab qoladi. U olmish o‘qariqda suv urib-urib oqadi. 
Ana shu tosh-tarozini bilmagich dehqon o‘qariq olib yurmasin. Suv u olmish o‘qariq oxirigachayin 
oqib-oqib bormaydi. 
Dehqoni ko‘z tarozi bo‘ladi, dehqoni ko‘ngil qozi bo‘ladi! 
O‘qariqni ana shu dehqon olsin! 
Ana shu dehqon olmish o‘qariq o‘qday bo‘ladi. 
Suv ana shu o‘qariqdan o‘qday oqadi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish