Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 
4
Mashina yuradi-yuradi — Stalin kolxozi maktabi oldida oyoq iladi. 
Men bo‘xchamni gursillatib yer tashlayman. Bo‘xcham ketidan o‘zim osilib tushaman. 
Maktab qorovuli huvillab yotmish sinfxonalarni ochib-ochib beradi. 
Men bo‘xchamni orqalab ichkari lo‘killayman. 
Katta sinf sinfxona to‘rini oladi. 
Mayda sinf ostona oldida qoladi. 
Men deraza ostini olaman. Bo‘xchamni gupillatib tashlayman-da — ustiga uzala tushib 
yotibolaman. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
— O‘ynab qo‘yay, deraza ostidan, o‘ynab qo‘yay! — deyman. 
O‘ninchi sinf bolalar gapimdan kulishib-kulishib gapirishadilar: 
— Nega shu bola gapi o‘rolida o‘ynab qo‘yay, deydi? 
— Odati-da. 
— Nega o‘ynab qo‘yay, deydi? 
— Kim biladi. Ziyod degichi gapi o‘rolida masalan, masalan, deydi. Shunday gap-da. 
Shu vaqt joy janjali bo‘ladi. 
Birov-birovini bo‘xchasini nari suradi. Birov-birovichi bo‘xchasini nari otadi. Birov-birovi bilan 
olishib qoladi. 
Devorda osig‘liq ulkan bitiktaxta taraq etib tushadi. 
Bitiktaxtada qolmish bitikka ko‘zim tushadi: 
«5 sentyabr. 
Sarlavha: Sovet xalqi 1980 yilda kommunizmda yashaydi». 
Bolalar bitiklarni ovoz chiqarib-ovoz chiqarib o‘qiydi. 
— Bechoralar! — deydi. — Bu yil haqidan bor-yo‘g‘i besh kun o‘qibdi-ya! 
— Qaytanga biz maza qilibmiz — bir oy o‘qibmiz! 

Yotarda to‘shagimni yoyib yotaman. Birov gapirishib yotadi. Birov matal aytishib yotadi. Birov 
uxlab yotadi. 
Shunda, kimyo muallimimiz kirib keladi. 
— Turinglar, direktor kelayapti! — deydi. Bolalar mudrab-mudrab direktorimiz yo‘lini qaraydi. 
Direktorimiz qo‘li ketida kirib keladi. O‘ngida jug‘rofiya muallimimiz bo‘ladi, chapida fizika 
muallimimiz bo‘ladi. 
Bolalar joylaridan bir turib oladi. 
Direktorimiz tevarak-boshga qayg‘uli-qayg‘uli nazar soladi. 
— O‘rtoqlar! — deydi. — Men hozir markazdan — byurodan keldim! Vaziyat yomon, o‘rtoqlar, 
ha, yomon! Terim sust bormoqda, o‘rtoqlar, terim sust bormoqda! O‘rtoqlar, qo‘lni qo‘lga berib, jon-
jahdimiz bilan mehnat qilib, ona sutiday oppoq, halol «oq oltin»imizni yig‘ib-terib olaylik! O‘rtoqlar, 
paxta bizning ko‘zimizni emas, biz paxtaning ko‘zini qo‘rqitaylik! O‘rtoqlar, ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir, 
jasoratga biz qodir! Byuroda rayon partiya komiteti birinchi sekretari, hammamiz uchun hurmatli va 
aziz o‘rtoq Mavlonov ana shunday dedi, o‘rtoqlar! 

Direktorimiz saharlab na’ra tortadi: 
— Pod’yom! 
Men sapchib turaman. Uyqu aralash tashqarilayman. Karaxt-karaxt bet-qo‘l yuvaman. 
— Stroysya! 
Men bo‘ysira bo‘laman. O‘zimni bo‘ysiraga sozlayman. 
— Smirno! 
Men tayoq bo‘lib qotaman. Muallimlarimiz idish-toboq tarqatadi. 
— O‘rtoqlar, bir kunlik norma sakson kilo! — deydi direktorimiz. 
Uninchi sinf e’tiroz bildiradi: 
— Kolxozchilarni bir kunlik normasi oltmish kilo-ku, domla? 
— To‘g‘ri, oltmish kilo! Lekin sizlar yordamchisizlar! Yordamchilar kolxoz hisobidan ovqat 
yeydi! Qo‘shimcha yigirma kilo ana shu kunlik ovqat uchun ushlab qolinadi! Tushunarlimi? Qani, 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
29
paxta fronti sari olg‘a, o‘rtoqlar! 
Uninchi sinf oldinda boradi. «O‘quvchi yordamchilarga alangali salom!» degich alvon ko‘tarib 
oladi. 
— Qo‘shiq aytaman desalaring, partiya-sovet qo‘shiqlaridan aytinglar! — deydi direktorimiz. 
Ammo birov-da qo‘shiq aytmaydi. 
— Front, front deydi, — deydi bolalar, — frontda pulemyot beradi, avtomat beradi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish