Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
72
Men tizza suyanib qad rostladim. 
Tizzamdan pastim qaqshab-qaqshab oldi... 
Cho‘nqayib o‘tirishdan oyoqlarim bezillab qoldi. Endi yerga ikki bukildim — to‘rt oyoq bo‘ldim. 
Belim balandda bo‘ldi. Ikki oyog‘im egatda bo‘ldi. Ikki qo‘lim pushtada bo‘ldi. 
Bir nozik tanali begona o‘tni ushladim. 
Bu pechak o‘t bo‘ldi. Oppoq gullik. No‘xatsimon donlik. Donlari bir yuz qirq mingtacha bolalagich 
o‘t. 
Men pechak o‘tni tomiri bilan sug‘urib tashladim. 
Men endi borib turmish zararkunanda ajriqqa duch keldim. 
Ajriq g‘o‘za ko‘karib chiqmasdan oldin ko‘karadi. Boisi — ajriq tomirdan ko‘karadi. 
O‘zga begona o‘tlar g‘o‘za bilan ishi bo‘lmaydi. Boshi yetganichayin o‘z havosida o‘sib yota 
beradi. 
Ajriq g‘o‘za bo‘g‘zidan oladi. Ajriq g‘o‘za belidan oladi. 
Ajriq g‘o‘zani tomir ottirmayin o‘rab-chirmab bosadi. 
Ajriqni yo‘qotib bo‘lmaydi! 
Emishki, laylak yuksakdan-yuksak bir qoyada uya qo‘yibdi. Laylak uyasiga xascho‘p tashibdi. 
Xascho‘plar orasida bir qovjiroqdan-qovjiroq ajriq xas-da bo‘libdi. 
Kuz o‘tibdi, qish o‘tibdi, bahor o‘tibdi, saraton o‘tibdi. 
Bir yildan keyin shamol ana shu ajriq xasni uyadan yerga uchirib tushiribdi. 
Laylak uyasidan tushmish xasni ko‘rib qolibdi. Laylak o‘z makoniga sodiq qush-da — makoni bir 
g‘ishti bo‘lmish xasni olib joyiga qo‘yish uchun quyi sho‘ng‘ibdi. 
Laylak xasni tumshug‘i bilan tortqilaydi — bo‘lmabdi. Laylak xasni tumshug‘i bilan yulqilabdi — 
bo‘lmabdi. 
Boisi — ajriq xas yerda allaqachon tomir otib qolibdi! 
Men barmoqlarimni yer botirib-er botirib ajriq tomir kovladim. 
Ko‘z oldim qorong‘i bo‘ldi. Qo‘shqo‘llab yer suyandim: Qaddimni ko‘tarayin dedim — 
ko‘tarolmadim. Belim qotib qoldi. 
Bir qo‘limni belimga tirab qaddimni ko‘tardim. 
— Ay, belim-e, belim! — dedim. 
Dardimni kimga aytdim — o‘zim-da bilmadim. 
Qabatimda o‘toq qilmish dehqonlar o‘z dardi o‘zi bilan bo‘ldi. 
Tag‘in ikki bukildim. 
Bir qo‘lim bilan g‘o‘za ushlab turdim. Bir qo‘lim bilan begona o‘t yuldim. 
Shunday qilmasam bo‘lmaydi — g‘o‘zalarim begona o‘t bilan qo‘shilib yulinib qoladi. 
G‘o‘zalarim osti ko‘chib-ko‘chib qoladi. 
Dalalarim adog‘igachayin ana shunday ikki bukilib bora berdim. Dalalarim adog‘igachayin ana 
shunday qad ko‘tarmay bora berdim. 
Qaddimni ko‘tarsam bo‘lmaydi — tag‘in bukilolmay qolaman. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish