Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
Unchalik emas-e, he, gaping qursin. 
— Bo‘lmasa, nima degani? Y
O
,
tekinxo‘rlarcha yashaymiz, deganimi? 
— Unday ham emas. Nima desam ekan, dotatsiya degani... davlat qaramog‘ida yashaymiz, degani. 
Yo‘q, buyam unday to‘g‘ri bo‘lmaydi. Dotatsiya degani... qarz bo‘lib yashaymiz, degani. 
— Shuncha ishlab-a? — dedim. — Yil o‘n ikki oy tongdan shomgacha ishlab-a? 
— Tongdan shomgacha ishlasang, ishlab yota berasan-da. Paxtang arpaga uvoq ham bo‘lmaydi. 
Majlisdan keyin eshagimni qichab-qichab haydadim. O‘ylab-o‘ylab haydadim. 
Ayolimiz birday brigadirligimni gapiradi, majlisimizni gapiradi. Xudoni bergan kechasi nimani 
majlis qilasizlar, deydi. Ayolimiz odamni yo mayna etadi, yo qitig‘imga tegmakchi bo‘ladi. 
— Ana, majlisda nimani gapiramiz! Dotatsiya, dotatsiya! 
Ayolimizni ana endi boplayman! Dotatsiya, degich kattalarbop gaplardan gapiraman. Ayolimizni 
lol-lol qoldiraman. 
Ayolimiz og‘zi ochilib-ochilib qoladi. Brigadirligim bilan majlisimizni mayna etmagich bo‘ladi. 
Chin-da — brigadir o‘z oti o‘zi bilan brigadir-da. Katta, katta! Brigadir majlislarda ishtirok etadi. 
Brigadir raislar bilan gap olib, gap beradi, Dotatsiya, degich gaplardan gapirishadi! 
Yo‘l-yo‘lakay dotatsiya-dotatsiya... deya pichir-pichir etib keldim. Esimdan chiqib ketmasin, 
dedim-da. 
Eshagim bir o‘nqir-cho‘nqirdan hurkdi. Chappa burilib tuvladi. 
Meni yerga shunday olib urdi, shunday olib urdi! Hushim boshimdan uchdi. Hushim bilan 
qo‘shilib dotatsiya, degich gap-da uchdi. Dotatsiya esimdan chiqdi-ketdi! 
Uyda bot-bot o‘yladim — ammo eslay olmadim. Bor-e, dedim-da, yotib oldim. 
Azonda o‘ylab-o‘ylab topdim. Tag‘in esimdan chiqmasin deya, ichimda dotatsiya-dotatsiya... deya 
o‘tirdim. 
Bir ayolimizga qaradim, bir bolalarimizga qaradim, bir onamizga qaradim. Gap ochayin deya, 
bahona qidirdim. 
Birovi-da dasturxondan bosh ko‘tarmadi. Xuddi cho‘ldan kelmishdayin hur-hur choy ichdi. 
Birovi-da dotatsiya bilan ishi bo‘lmadi! 
Shu tobda ayoldan-da xafa bo‘ldim, bolalardan-da xafa bo‘ldim. 
Ichimda dotatsiya-dotatsiya... deya o‘tira berdim. 
Bahona qidirdim — buyog‘imga qaradim, bahona qidirdim — uyog‘imga qaradim. Oxiri topdim! 
Oysuluv qizimiz choyga ikkita-uchtalab qand soldi. 
Men nasihatomuz gap ochdim. 
— Qandni bitta-bittalab yenglar, dotatsiyada yashaymiz, — dedim. 
— U nima degani? — dedi ayolimiz. Ana shunda jonim kirdi! 
Kaftlarimni tizzalarim tiradim, ko‘kragimni ko‘tardim. Boshimni g‘oz tutdim. 
— Hali, dotatsiyani bilmaysanmi? — dedim. — Dotatsiyani-ya? Ay, ko‘rsavod-e, ay, ko‘rsavod-e! 
Qirinib-qirinib tomoq qirdim. Donishmand-donishmand so‘zladim: 
— Maktabni necha bilan bitirib eding? Ay, ko‘rsavod-e! Dotatsiya, bu... xo‘-o‘sh... 
muttahamlarcha yashash... yo‘q, davlat qaramog‘ida yashash... yo‘q, qarz bo‘lib yashash demakdir, ha! 
— Qirilib ado bo‘lgur, bizni raisimiz-da shunday deyar edi, — dedi onamiz. 
— Yo‘g‘-e! — dedim. 
— Esa-chi. Men ham bor... oti nima edi? 
— Dotatsiya. 
— Ana shunday gap-da bor! 
O‘ynab qo‘yay, ota-bobolarimiz-da dotatsiyada yashabdi-da? 
Otangga so‘yilgan kal uloq — senga-da bo‘ladi shul uloq, bo‘libdi-da? 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish