Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 
18
— Chanishev! — deydi otamiz. Bir kun bo‘lmasa, bir kun sen sulloh kelishingni bilib edim. Aynan 
sen sullohni keladi, deb o‘ylab edim. O‘ylaganim bo‘ldi, Chanishev! 
— Ha, nima deysan, nima? — zahrini sochdi Chanishev. 
— Chanishev! Men shu qishlog‘imizga qadam qo‘yaman degich o‘ris qonini ichdim. Olisdan 
ko‘rdim — otdim, yaqindan ko‘rdim — so‘ydim. Ay, attang-a, qo‘llik bo‘lib qoldim. Men o‘ris zoti 
qonini qoldirmayin ichaman deb edim. 
— Icholmas eding. Bosmachi zotini tag-tomiri bilan qirib tashlash uchun bir yuz oltmish ming 
Qizil Qo‘shin bo‘lib kelib edik. Bir yuz oltmish ming ovrupocha qurollik sara lashkar-a! 
— Qo‘llik bo‘lmaganimda, bir yuz oltmish mingini-da qonini ichar edim! Chanishev! Bir ushlash 
bo‘lsa — ushlading. Bo‘lar ish bo‘ldi. Endi, qo‘llarimni qo‘yber. 
— Sendan qo‘rqqulik, Aqrab, qo‘rqqulik! 
— Chanishev! Ko‘p qo‘rqa berma. Mana, egar qoshiga qo‘y ko‘ganlaganday ko‘ganlabolding. 
Endi qayoqqa-da borar edim. 
— Lazarevich, Fonshteyn! Qo‘lini qo‘yib yuboringlar! 
Qizillar otamiz qo‘lini qo‘yib yuboradi. Otamiz uyushib-uyushib qolmish qo‘llarini yoyish uchun 
quloch otib-quloch otib oladi. 
Shunda, qizillar yoppa baraka miltiq yopishadi. 
— Ay, Chanishev-ay! To‘qqiz qaytgan-ay! — deya kuladi otamiz. — Yurakdan-da bor ekan-da! 
Shu yuraging bilan meni ushlagani keldingmi-a? Aqrab qo‘rboshini-ya? Ay, enag‘ar no‘g‘ay-a, ay, 
zanig‘ar no‘g‘ay-a! 
— So‘kma, tuzemets! 
— Chanishev! Sen kim? Ayt, sen kim? No‘g‘ay musulmon farzandi. Sen musulmon farzandi bo‘la 
turib, manavi o‘rislar gapiga kirib kelding. O‘rislar mening kallamni yeyish uchun sen no‘g‘aylarni 
bekorga tanlamadi. Boisi — o‘zbak bilan no‘g‘ayni tili bir, dini bir, urf-odati bir. Bilsang — sen 
no‘g‘ay o‘zingga o‘zing miltiq o‘qtalib kelding! Endi ayt, tuzemets menmi yo sen to‘qqiz qaytgan 
no‘g‘aymi? 
— Men sen bilan harbiy sudda gapirishaman. Aqrab qo‘rboshi! Rudzutak, yo‘l ol! 
Qizillar Denov taraf jilov buradi, Ana shunda qizillardan bir soya ayrilib qoladi. U Normurod faol 
bo‘ladi. 
— Chanishev! — deydi otamiz. — Bir oyoq il! Anavi xunasaga aytar gapim bor! 
Qizillar oyoq iladi. 
— Ay, Normurod xunasa! — deya ket buriladi otamiz. — Sen meni o‘rislarga ushlab berding! 
Iloyim, qarigan chog‘ingda tentak bo‘l, ayolingni uch taloq qo‘y, elga ermak, xalqqa shaloq bo‘lib o‘l, 
ollohu akbar! 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish