Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   205
Bog'liq
T.Murof

 

Onamnz meni qarg‘ab-qarg‘ab yotqizadi. 
Men onamiz ro‘molini tortqilay-tortqilay uxlab qolaman. 
Bir mahal eshigimiz g‘ijir-g‘ijir ochilib yopiladi. 
Men ko‘zimni ochgani erinaman. Onamiz tashqarilayapti, deya o‘ylayman. 
O‘n besh-yigirma kunda bir bor shunday bo‘ladi. 
Bir safarida uyqum kelmayin yotaman. 
Onamiz ohista-ohista to‘shakdan turadi. Onamiz oyoq uchida-oyoq uchida ayvonlaydi. 
Ayvon tarafdan shivir-shivir eshitaman. Shivir-shivirda meni otim-da bo‘ladi. 
Gap-so‘zlarni alayna-alayna eshitolmayman. Ammo-lekin ko‘nglim tuyadi: ana shu shivir-shivirchi 
otamiz bo‘ladi! 
— Ota, ota! — deya lik etib turaman. Onamiz ila-chila qaytadi. 
— Ha, nima, nima? — deydi. — Ota? Qani ota? Nima balo, elovrayapsanmi? Yot, uxla, yot! 
Onamiz boshimni silay-silay ketadi. Onamiz boshimga ko‘rpani torta-torta ketadi. 
Men tag‘in ko‘rpadan boshimni olaman. Ko‘zlarimni katta-katta ochaman. Pichir-pichir eshitaman. 
— Meni qizillar yo‘qlamayaptimi? 
— Yo‘g‘-a. 
— Yo‘qlasa, toqqa o‘tinga ketib edi, de. 
— O‘zi qaerda yuribdi? 
— Ishing bo‘lmasin. 
— Nimaga ishim bo‘lmaydi? O‘lik-tirigini bilayin-da. 
— Hayitkalni jarida yotibmiz. 
— Jarda yotadi? 
— Aslida, tog‘da yotamiz. Jarga kechasi kelamiz. 
— Tog‘ qaerda, Hayitkalni jari qaerda. 
— Otni oldida nima degich gap. Tog‘dan Hayrondara enamiz. Hayrondaradan keyin Hayitkalni 
jari-da. 
— Bir o‘zimi? 
— Bir o‘zim qayoqda — o‘nta jigit. O‘zimizdan Rashid bor. Boshqalari boshqa qishloqdan. Hali 
tag‘in ko‘payamiz. Tevarak qishloqlardan jigitlar kelib qo‘shilayapti. 
— Kechasi Hayitkalni jarida nima qiladi-a? Uyginasida, bola-baqraginasi oldiginasida yotsa 
bo‘lmaydimi-a? 
— Dehqonqul! Sen nimani bilasan? Biz el-yurt uchun olishayapmiz. Birovi-da Hayitkalni jaridan 
tirik o‘tolmayapti. O‘tganini-da ko‘raman! 
— Kimni aytayapti? 
— Qizillarni-da, kimni bo‘lardi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
— Qizillar Hayitkalni jaridan o‘tadimi? 
— Esa-chi. Denovdan Xo‘jasoatga kelgich yo‘l Hayitkalni jaridan o‘tadi-da. Boshqa io‘l yo‘q. Shu 
jarda Qizilman, degichini qoniga belayapmiz. 
— Ko‘ziga qarasin-da, qizillarda miltiq bor, deyishadi. 
— Miltiq bizda-da bor. Bir kechasi beshta Qizilni o‘ldirib, pulemyotini-da olib oldik. 
Ishqilib, ko‘ziga qarasin, deyman-da. 
— Dehqonqul! Ko‘zimga qarasam-qaramasam, Qizil zotini enasini jabduqlayman! 
— Ko‘p katta ketmasin. 
— Dehqonqul! Katta ketsam-ketmasam, qishlog‘imizga o‘ris zotini yonashtirmayman! 
Pichir-pichir eshita berib ko‘zim ketadi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish