Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
—
Ikkita-da gapmi, Hayitkalni jarida besh-oltitasini otib ketibdi.
— Hay, bir zamonlar bo‘layapti-da.
Onamiz ko‘zasini suv botirib oladi. Ko‘za yelkalab qaytadi. Yo‘lda ko‘za qo‘yib dam oladi. Men
yo‘l bosh-adoq olazarak bo‘laman.
— Otam qani... — deya ingillayman. To‘lib-toshib turmish onamiz cho‘rt yoriladi:
— Ishtonimni ichida! Eshitdingmi? — deydi. — Manavi ishtonimni ichida!
Men mana bo‘lmasam deyman-da, ko‘zadagi suvga tupurib qochaman.
Onamiz ketimdan tosh otib qoladi.
— Ha,
oshingni yeyin sen tentakni, oshginangni yeyin! — deydi.
Onamiz suvni to‘kib tashlaydi. Tag‘in hovuz yo‘l oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: