34
Dalalarim chaman-chaman bo‘ldi.
Chamanlar ko‘zimni olayin-olayin, dedi.
Men tonglay-tonglay ana sho‘ chamanlarni terib-terib olaman.
G‘o‘zalarim ozorlanmasin uchun mashina bilan g‘ildirak oldiga to‘sqich o‘rnataman.
G‘o‘zalarim juf-juft barabanlar oralig‘idan ketma-ket o‘tadi. Barabanlar g‘o‘zalarimni aylanib-
aylanib qisadi. Barabanlar g‘o‘zalarimni qamrab-qamrab qisadi. Urchuqlar teskari-teskari aylanadi.
Urchuq tishlari ana shu chaman-chaman paxtalarimni o‘ziga o‘rab-o‘rab terib oladi.
Birinchi terim paxtamni ana shunday terib olaman!
Birinchi terim paxtam a’lo nav-a’lo nav paxta bo‘ladi. Eshimli-eshimli paxta bo‘ladi. Bo‘lali-
bo‘lali paxta bo‘ladi. Momiq-momiq paxta bo‘ladi. Yakkachigit-yakkachigit paxta bo‘ladi. Xiyol
sarg‘ish tovlangich paxta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |