30
Men endi g‘o‘zalarimni suvdan omonladim — ko‘p suv shona to‘kadi.
Men endi g‘o‘zalarim umrini chilladan tiladim — o‘tkir jazirama shona to‘kadi.
31
G‘o‘zalarim gunogun-gunogun gulladi.
G‘o‘zalarim ost-ostidan gulga kirdi.
Ilk hosilshox ayrilish bo‘g‘inidan ilk gulini ochdi.
Men g‘o‘zalarimga bir suv ichirib oldim.
Ikkinchi qavat hosilshox ayrilish bo‘g‘inidan gulladi.
Men g‘o‘zalarimga ikki suv ichirib oldim.
Uchinchi qavat hosilshox gul berdi.
Men uchinchi bor suv ichirdim.
G‘o‘zalarim gullay berdi-gullay berdi — men suv ichnrib gul salom eta berdim-suv ichirib gul
salom eta berdim!
Do'stlaringiz bilan baham: |