www.ziyouz.com kutubxonasi
361
vafot topdilar. «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» (Hammamiz Allohnikidurmiz va,
albatta, hammamiz Allohga qaytajakmiz).
Rabi’ul avval oyining o‘n ikkisi dushanba kuni edi. Tug‘ilishlari, hijratlari, vafotlari shu
oy, shul kunda bo‘ldi. Onamiz hazrati Oishaning quchog‘ida o‘ltirib, boshlari ko‘ksida
turib jon berdilar. Sollallohu alayhi va sallam.
Shu chog‘da g‘oyibdan bir ovoz keldi: «Assalomu alaykum va rahmatullohi va
barakotuh, Ey uy egalari! Har bir jonlik narsa o‘lim sharbatini ichmasdan qolmaydi.
Dunyoda qilgan yaxshi amalning ajri oxiratda beriladi. Musibat ko‘ruvchilarning Xudo
oldida ajrlari ulug‘dir. O‘lganning o‘rnini o‘zi to‘ldirgay. Allohning yordamiga ishoninglar,
o‘lim-musibatga sabr qilinglarkim, ulug‘ savobga ega bo‘lursiz. Sabrsizlar ajr-savobdan
quruq qolganlikdan haqiqiy musibat shularga bo‘lg‘ay».
Hazrati Ali:
— Bu ovoz egasi hazrati Xizr alayhissalomdur, Rasulullohning xonadonlariga ta’ziyat qilib
kelmishdurlar, — dedilar.
So‘ngra Rasulullohni sarirdan olib yerga yotqizdilar. Ustlariga parda yopdilar. Olamni
qorong‘ulik bosib, Madina ichi yig‘iga to‘ldi. Ko‘p kishilar aqldan toyib, hollari o‘zgardi.
Hazrati Umar hushsiz, hazrati Usmon tilsiz bo‘ldilar. Abdulloh ibn Unays qattiq qayg‘urib
vafot bo‘ldi. Munofiqlar quvonishib, bosh ko‘tarishdi. Hammadan bardoshlik bo‘lib turgan
hazrati Abu Bakr Siddiq edilar. Ko‘ngli g‘am, ko‘ziga yosh to‘lgan, yig‘i tovushi gohi
ko‘tarilgan, gohi ko‘ksida bo‘g‘ilgan holda kelib, Rasululloh ustlariga kirdi. Yuzlarini
ochib:
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, — deb yuz-ko‘zlarini o‘pdi. —
Tirikligingizda qanday pok edingiz, o‘lganingizda ham shunday pokdursiz. Yaxshilik
sifatlaringizni sanab qanday tugata olg‘ayman, qaysi ko‘z yoshim bilan sizga
yig‘lagayman? O‘tgan payg‘ambarlar o‘lganlarida to‘xtalmagan osmon aloqasi, sizning
vafotingiz bilan yerdan endi uzildi, agar o‘lim ishi ixtiyorlik bo‘lsa edi, siz uchun bizlar
jonlarimizni fido qilar edik.
Yo Muhammad, Parvardigoring oldida bizlarni ham eslagin, sening ko‘nglingda bo‘laylik,
— deb yana yuzlaridan o‘pib, voy do‘stim, voy mehribonim, deb yig‘ladilar.
Hazrati Abu Bakr Siddiqning shijoati shu kuni hammaga ma’lum bo‘ldi. Shijoatning
ma’nisi esa, dahshatlik kunlarda, o‘lim musibati tushganda bardoshlik bo‘lib, o‘zini
yo‘qotmay turishdir.
Inson musibati ichida Rasulullohning vafotlaridan ulug‘ musibat yo‘qdur. Muning zarbasi
butun musulmonlarga, balki hamma olamga yetdi. Hazrati Alidek sheri xudo bo‘lgan zot
ham qo‘l-oyoqlari jonsiz bo‘lib, o‘ltirib qoldilar. Hazrati Umardek soyasidan shayton
qochgan zot hushsizlanib, qo‘li qilichining sopini tutgan holda masjid ichida u yoqdan bu
yoqqa yugurib:
— Rasulullohni kim o‘ldi desa u munofiqdur. Rasululloh o‘lgani yo‘q, lekin
Parvardigorning oldiga ketdi. Muso payg‘ambar ham Xudo oldiga borib qirq kundan keyin
kelgan edi, u zotni ham qavmi o‘ldi, degan edilar. Xudo haqqi, Rasululloh qaytib keladi.
Munofiqlarni o‘ldirib jazolarini bermasdan turib, dunyodan ketmaydi, — der edi.
Butun Madina xalqi masjid atrofiga yig‘ilgan edilar. Rasulullohning o‘limi ularga qattiq
ta’sir qilgan edi. Rasululloh hayotlarida foniy dunyo bilan boqiy dunyoning aloqasi
bog‘lanmish edi. Xudodan vahiy kelib turishi ulug‘ qudrat nishoni bo‘lib xalq ko‘zi oldida
mo’jizalarning ko‘rinishi ersa boqiy olamning alomatlari edi. Bularni keltirgan zot
Rasululloh bo‘lganlari uchun bu ishlarni ko‘zlari bilan ko‘rib turgan xalq u zotga o‘limni
ravo ko‘rishmay o‘lishlarini uzoqsinib, o‘lsalar ham dunyoda uzoq yashab ummatlarining
butun Yer ustida g‘alaba qilganlarini ko‘rib, islomiyat hukmini olamga yurgizib, butun
ishlar bajarilgandan keyin o‘lsalar kerak deb o‘ylashgan edilar. To‘satdan bunday
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |