www.ziyouz.com kutubxonasi
272
— Yo‘qdur, mundoq kishini ko‘rmadik.
Qaysar:
— Qilg‘on ahdiga vafo qilg‘aymu yoki xiyonati bormu?
Abu Sufyon:
— Ahdini buzmas, va’daga vafo qilur.
Qaysar:
— Oralaringda urush bo‘ldimi? Agar bo‘lgan bo‘lsa, qandoq bo‘ldi?
Abu Sufyon:
— Urushlarimiz gezaklashdi. Badr so‘qishida alar yengdilar. Uhud urushida biz yengdik.
Qaysar:
— Muhammad xalqni qaysi ishga buyuradi?
Abu Sufyon:
— Yolg‘iz Allohga ibodat qilmoqqa, hech ishda unga sherik qo‘shmasga buyurib, ota-
bobolarimiz ibodat qilib kelgan butlardan qaytaradi. Sadaqa, zakot bermakka, namoz
o‘qimoqqa, va’daga vafo qilmoqqa, omonatga xiyonat qilmasga, yolg‘on so‘zlamaslikka,
buzuq ishlardan saqlanishga amr etadur, — dedi.
Shu bilan Qaysar so‘rashni to‘xtatib, yana so‘zning boshidan tushdi. Tilmoch orqali Abu
Sufyonga qarab aytdi:
— Uning nasabini sandin so‘ragan erdim, o‘zing nasablik kishidur deb iqror bo‘lding.
O‘tgan payg‘ambarlar ham shunga o‘xshash nasablik kishilardan chiqqanlar.
Yana sendan, ilgari keyin ichinglardan shundoq so‘zni aytgan kishi chiqqan edimi, deb
so‘rasam, mundoq odam chiqmagan deb javob berding. Agar shunday so‘z aytgan
boshqa birov ham sizlardin chiqqan bo‘lsa edi, o‘tmishdagi birov so‘ziga ergashib yurgan
bir kishiga o‘xshaydi, deb o‘ylar edim. Kishiga yolg‘on so‘zlaganmu desam, sen yo‘q
deding. Endi, odamga yolg‘on so‘zlamagan kishi, Allohga qanday yolg‘on so‘zlaydi?
O‘tgan ota-bobolarining ichida podshoh bo‘lgan kishi bor edimi, deb so‘rasam, sen yo‘q
deb javob berding. Agar bobolaridan podshoh o‘tgan biror kishi bo‘lsa edi, anda men ota
mulkini qaytarmoqqa hiyla qilib yurgan kishiga o‘xshaydi, deb aytar edim. Yana men,
unga ergashganlar yuqori daraja kishilarmi yoki kambag‘al, faqirlarmi, deb so‘rasam,
ko‘pincha uning tobelari faqir kishilardur, deding.
O‘tgan payg‘ambarlarga ham dastlab tobe bo‘lguvchilar faqirlardan bo‘lgan. Davlatlik
kishilar ersa takabbur bo‘lib, haqlikni alar tezdan qabul qilmagaylar. Yana sendan unga
iymon keltirguvchilar kundan-kunga ko‘paymoqdalarmi, deb so‘radim, ko‘paymoqdalar,
deding. Shunga o‘xshash iymon boshlangandan keyin ko‘payish ustida bo‘lib, oxiri
tamomiga yetib to‘xtagay. Unga iymon keltirib dinga kiruvchilardan qaytgan kishilar
bormi, deb so‘radim. Uning dinidan qaytgan kishini ko‘rmadim, deding. Ha, shundoq
bo‘lur. Agar iymon nuri kishi ko‘ngliga kirib uni yoritur ersa, aning muhabbati yurak
ichidan joy olgay. Undoq dindan qaytib hech kishi chiqmagay.
O‘rtanglarda bo‘lgan urush qanday o‘tdi, deb so‘radim. Birinchida u yengdi, ikkinchisida
biz yengdik, deding. Shunga o‘xshash payg‘ambarlarga ham sinash uchun bu kabi
voqealar bo‘ladi. Dushmanlarni gohida yengadilar, gohida alardan yengilgaylar, lekin
oxiri haq yuzaga chiqqay. Chin mo’minlar yolg‘on mo’minlardan ajralib turgaylar.
U kishi xalqni nima ish qilishga buyuradi, deb so‘radim. Ul kishi namoz o‘qimoqqa, zakot
bermoqqa, va’daga vafo qilmoqqa, yolg‘on gapirmaslikka, buzuqchilikdin saqlanishga
buyuradi, deding. Mana bu ishlar ersa payg‘ambarlik sifatlaridur.
Endi bildim, u kishi Alloh yuborgan payg‘ambardur. Shunday payg‘ambarning chiqishini
o‘zim avvaldan ham bilar edim. Lekin arab xalqi — sizlardan bo‘lishini gumon qilmagan
edim. Shu aytgan so‘zlaring agar rost bo‘lur ekan, qadam bosib turgan shu joylarimga
ham bir kuni ega bo‘lg‘usidir. Agar unga iymon keltirganimda omon qolishimga ko‘zim
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |