G‘ATAFON VOQEASI
Yana shu yili Xaybar atrofida yashaydigan G‘atafon qabilasi Madinaga chopul (hujum)
qilmoqchi bo‘lib, Uyayna ibn Hisn qo‘l ostiga to‘planmishlar edi. Bu xabar Rasulullohga
yetgach, Bashir ibn Sa’dni boshchi qilib uch yuz kishilik askarni alar ustiga yubordilar. Bu
askar ersa kunduzi yashirinib, kechasi yo‘l yurib, dushman yeriga kirdi va ham ular
soqliq bilan turishib ekan, bulardan xabar topishib qoldi. Qarshi chiqishga qo‘rqib, mol-
chorvalarini tashlab, tog‘larga tarqalishib qochdilar. Alardan qolgan ko‘p sonli o‘lja
mollarni haydashib Madinaga keldilar. Musulmonlarni ular talamoqchi edilar, uning
teskarisi bo‘ldi. Aning o‘rniga o‘z mollaridan ajrab qolishdi. Dushmanlardan ikki kishi asir
olingan edi. Rasululloh oldilarida iymon keltirganlaridan so‘ngra o‘z yurtiga qaytishga
ruxsat berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |