www.ziyouz.com kutubxonasi
205
keltirib o‘ldirur emishlar. Mana shu yolg‘on so‘zlar tarqalib, Abu Sufyon boshliq butun
Quraysh mushriklari bek suyunishmoqda edi. Shundoq ko‘ngilsiz xabarlarni eshitib,
Makka musulmonlari motamga qoldilar. Ayniqsa, hazrati Abbos boshliq
payg‘ambarimizning urug‘lari Bani Hoshim erkak, xotun-qizlari bilan qattiq qayg‘urishdi.
Bu xabarni tarqatuvchi ersa, Hajjoj ibn Allot degan makkalik bir savdogar kishi erdi.
Urush kunlari tijorat uchun Xaybarga kelmish edi. Rasulullohga yo‘liqib qolib iymon
keltirdi. Bu odamning uy-joyi Makkada bo‘lib, mol-dunyosi ko‘p boylardan edi. Agar
menim musulmon bo‘lganligimni Makka xalqi bilib qolsalar, mol dunyolarimni bosib
olishib, tijorat muomalasidan qarz olgan pullarimni bermagaylar, deb qo‘rqdi. Shuning
uchun ishlarini bitirib, pullarini ulardan yig‘ib olguncha musulmonchiligini yashirishga,
hojat tushganda yolg‘on gapirishga Rasulullohdan ruxsat so‘rab olgan edi.
Shu bilan bu kishi Makkaga bordi. Quraysh raislari Xaybardan xabar so‘radilar, alarga
xush kelgudek yolg‘on so‘zlarni gapirdi. Muning suyunchisiga senga yordam qilaylik
deyishib, xalq ustidagi uning qarz aqchalarini Quraysh raislari unga undirishib berdilar.
Ammo ungachalik do‘stlar yig‘lashib, dushmanlar kuldilar. Biror hafta o‘tib, ishlari
bitgandan so‘ngra u kishi sekingina hazrati Abbos oldiga kelib bo‘lgan voqealarni bayon
qilib, uni qanoatlantirdi. Bu to‘g‘rida yolg‘on so‘zlagani uchun uzr ko‘rsatdi. U kishi ishini
bitirib, bir kechada g‘oyib bo‘lgach, so‘zlar o‘zgarib, shod bo‘lganlar yana g‘amga tushib,
g‘amliklar shod bo‘ldilar.
Yana bir voqea shul erdikim, Xaybar fath bo‘lgan kunlarida nasoro rohiblaridan
yetmishtacha odam Rasulullohga yo‘liqqani keldilar. Bularning oltmish ikkitasi
Habashistondan, sakkizi esa Rum nasorolaridan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ularga YOsin surasini oxirigacha o‘qib berdilar. Tilovat tamom bo‘lguncha sukut qilib
yig‘lashib o‘ltirishdi. Habash viloyatidan kelgan sahobalar bilan onamiz Ummu Habiba
ham birga kelgan edilar. Bu ersa Quraysh raisi Abu Sufyonning qizi edi. Bir kuni tush
ko‘rsa, bir kishi uni «Ey, mo‘minlar onasi» deb, tushida chaqirdi. Kishi ekan deb qarasa,
tushi ekandur. Mundoq tush ko‘rgach: «Rasululloh nikohiga kirib mo‘minlarg‘a ona bo‘lur
ekanman» deb ko‘rgan tushiga o‘zi ta’bir berdi.
Bu xotin ilgari Ubaydulloh ibn Jahsh nikohida bo‘lib, Makkadan Habashistonga hijrat qilib
ketmish edilar. Bu yerda o‘n yil turishgandan so‘ngra uning eri Ubaydulloh Islom dinidan
qaytib, murtad bo‘lib, nasoro diniga kirmish edi. Shu dinda o‘lib, xotini Ummu Habiba tul
qoldi. Rasululloh muni anglab, Amr ibn Umayya degan kishini Habash podshosi
Najoshiyga yuborib: «Agar tul xotin rizolik bersa, o‘zi vakil bo‘lib menga nikoh qilsin»,
dedilar. Najoshiyga bu xabar kelgandan keyin, o‘zining xos kanizagini Ummu Habibaga
yuborib, bu so‘zni anglatdi. Ummu Habiba ham munga rizolik berib, muhojir
sahobalardin Xolid ibn Sa’dga vakolat topshirdi. Podshoh amri bilan muhojir
sahobalardin hech kim qolmay yig‘ildilar. Bu tomondan davlat arboblari bilan
podshohning o‘zi hozir bo‘ldi. Rasululloh tarafidan Ummu Habibaga to‘rt yuz misqol oltin
mahr bog‘ladi. Xutba o‘qib podshohning o‘zi nikoh qildi. O‘qilgan xutbaning arabchasi
tarix kitoblarida yozilmishdir. «Nikoh o‘tgandan so‘ngra taom yeyish payg‘ambarlar
sunnatidur», deb taom keltirmakka buyurdi. Shu bilan nikoh majlisi o‘tib, ertasi kuni
podshoh kanizagi Habashiston tansiqlari bilan zebu ziynat xushbo‘ylaridan Ummu
Habibaga keltirib topshirdi. So‘ngra ul joriya aytdi:
— Menim salomimni Rasulullohga yetkazgil, uning payg‘ambarligiga men ishonib, Islom
diniga kirdim, umrim boricha men shu dinda turgayman. Rasululloh oldida mening
iymonimga sen guvohlik bergil, — deb yig‘ladi.
Keyin onamiz Ummu Habibani muhojir sahobalardan Shurahbil ibn Hasana degan kishiga
qo‘shib Rasulullohga yubordilar. Madinaga kelgach, Rasulullohning safarga chiqqanlarini
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |