www.ziyouz.com kutubxonasi
187
tagida Alloh yo‘lida jon qurbon qilmoq uchun senga (Muhammadga) bay’at berdilar. Shu
bay’at berishlari alarning dillarida chin e’tiqod, ixlos bilan bo‘lganini Alloh bildi, shuning
uchun bu mo‘minlar Xudo rizoligini topdilar. Shu sababdan o‘limdan qo‘rqinch
ko‘ngillaridan ko‘tarilib, dillari orom oldi. Yaqin kunlarda Alloh taolo ularga fath — nusrat
bergay, dushmanlarini yengib, ko‘p o‘ljaga ega bo‘lgaylar. Har ishda Alloh g‘olibdur,
xohlaganidek barcha xalqqa o‘z hukmini yurgiza olur. Aning hech bir hukmi hikmatdan
holi emasdur», demak bo‘lur.
Ansor-Muhojir sahobalardan bu bay’atga kirmagan kishi qolmadi. Faqat Jadda ibn Qays
degan odam tuyalar orasiga yashirinib, bu ulug‘ ne’matdan quruq qoldi. Bu kishi ersa,
Bani Salama qabilasining raisi edi. Bulardan Rasulullohga elchi bo‘lib kishilar kelganida:
«Sizlarning sayidlaringiz kimdur?» deb so‘ragan edilar, alar: «YO Rasulalloh, Jadda ibn
Qaysdur, lekin u baxil bo‘lsa ham, uni rais saylamish edik», dedilar.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Baxillikdan yomonroq ayb bo‘lmas,
baxil odam sayidlikka yaramas, balki sizlarning raislaring Amr ibn Jamuhdur». Shu so‘z
bilan burungi rais qolib, bu kishi rais bo‘ldi. Oxiri esa Rasululloh nazarlaridan tushib,
shunday ulug‘ ne’matdan ham quruq qoldi. Bu muborak bay’atga sahobalardan bir ming
to‘rt yuzga yaqin kishi qatnashdi. Bu bay’at bo‘lgan chog‘da Hazrati Usmonni elchilikka
yuborgan vaqtlari edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning
tarafidan o‘zlari bay’at o‘tkazdilar. Shundoqki, Rasululloh o‘ng qo‘llarini so‘l qo‘llari
ustiga qo‘yib turib aytdilar:
— Bandang Usmon sening xizmatingda, menim hojatim uchun elchilikka ketdi, uning
tomonidan o‘zim bay’at qildim. Shu qilgan bay’atimni qabul qilgaysan.
Bu qutlug‘ bay’atga dastlab qo‘l ko‘targan kishi Hazrati Ukkoshaning og‘asi Abu Sinon
edi.
Ba’zi olimlar: Buning o‘g‘li Sinon ibn Abu Sifon erur», deydilar. Qandoq bo‘lsa ham, bu
ulug‘ sharafga birinchi qadam qo‘ygan kishi muhojirlardan edi. Bay’at bermakka qo‘l
sunar chog‘da bu kishi aytdi:
— YO Rasulalloh, sening ko‘nglingdagi ishni to‘luq qilmoqqa bay’at qilurman.
— Ko‘nglimdagi ish nimadur? — deb Rasululloh so‘radilar.
Anda ul:
— Oldingda jonfidolik bilan dushmanga g‘alaba qilg‘uncha qilich chopayin yoki shu yo‘lda
shahodat toparman, — dedi.
Buni anglashgan sahobalarning barisi shu so‘zni aytishib, Rasulullohga bay’at
topshirdilar. Tariqat pirlarining muridlaridan qo‘l tutib, bay’at olishlari esa, shundan
qoldi. Shariat bay’ati kofirlar bilan urushganda qochmaslikka, o‘limdan qo‘rqmaslikka
berilgan bay’atdur.
Tariqat bay’ati ersa, shaytonga bo‘ysunmaslikka, nafs-havo yo‘liga kirmaslikka pir qo‘lini
tutib turib qilingan va’dadur. Haqiqatda esa bu ikki bay’at bandaning Alloh taologa
bergan va’dasi bo‘lur. Ba’zi olimlar bid’at bahonasi bilan tariqat bay’atiga inkor qildilar.
Bu esa, Rasulullohning tarjimai hollaridan, Islom qurilishining tarixlaridan xabarsiz
qolmish kishilarning so‘zlaridur. Balki shariat, tariqat sirlariga tushunmaslikdur. Yo‘q esa,
Rasulullohning sifat va siyratlarini hadis kitoblaridan, Islom dinining qandoq
qurilg‘onligini tarix sahifalaridan o‘qib tushungan olimlar, bu ikki bay’atning sunnatligiga
albatta ishonadurlar.
Lekin bizning bu so‘zimiz haqiqatni kishi bilan topish emas, balki kishini haqlik bilan
topish kerak degan asosga qurilmishdur. Islom dinining haqligida va har bir
kamchiliklardan uning pokligiga hech shak-shubha yo‘qdir. Lekin bu haqiqatni istar
ekanlar, birinchi, Allohning so‘zi Islom dinining asosi Qur’ondan, ikkinchi, Allohning haq
payg‘ambari Rasulullohning sunnatlaridangina toparlar. Chunki bir din yoki bir
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |