www.ziyouz.com kutubxonasi
148
kelsalar, Quraysh mushriklari buni bilaturishib, o‘z va’dalaricha qarshi turib urusha
olmasalar, arablar oldida bularni obro‘lari to‘kilur edi. Shuning uchun Abu Sufyon Nuaym
ibn Ma’sudga: «Sen Madinaga borib, qo‘rqinchlik yomon xabar tarqatgin, Quraysh xalqi
cheksiz askar yig‘mishdur. Ikkinchi Badr urushiga qattiq hozirlik ko‘rmakdadur. Son-
sanoq, qurol-jabduq jihatdin alarga teng kelmak mumkin emas, deb shunga o‘xshash
so‘zlar bilan dovrug‘ solib, alarni urushdin qo‘rqitgil. Agar shu ish bajarilib, Muhammadni
bu safardan qoldirur bo‘lsang, bu xizmating uchun senga yigirma tuya berurmiz», deb
va’da qildi. Ish o‘rinlaganda bu molni olib, topshirib bermakka Sahl ibn Umar kafil bo‘ldi.
Shuning bilan Nuaym ibn Ma’sud Madinaga kelib, musulmonlar orasiga qo‘rqinchlik
xabarlar tarqatdi. Buning so‘ziga munofiqlar, yahudlar qo‘shimcha qilib, xalq o‘rtasida
shovqin ko‘tardilar. Bularning yolg‘on xabarlari, botil so‘zlari vaqtincha bo‘lsa ham
ta’sirsiz qolmadi. Ko‘pchilik qora xalq ichiga qo‘rqinch tushdi. Urushga bormaslik
tarafdorlari ko‘payishdi. Anda hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar xalq og‘zidagi dovrug‘ni
onglagach, Rasululloh qoshiga kelishib:
— YO Rasulalloh, aniq bilurmizkim, Alloh taolo o‘z payg‘ambarining ishlarini yuzaga
chiqargay, o‘zi yuborgan bu Islom dinini barcha dinlardin g‘olib qilgay, bunga
ishonchimiz komildur. Lekin mal’un shayton ko‘pchilik kishilarning ko‘ngillariga qo‘rqinch
solmishdur. Bularga qarab, safardin to‘xtalur bo‘lsak, bizni urushdin qo‘rqib qochdi, deb
dushmanlarimiz jur’atlik bo‘lgaylar. Endigi maslahat shuldurkim, qo‘shin tortib Badr
bozoriga boraylik. Agar dushmanlarimiz ham kelur bo‘lsalar, Alloh yordamiga sig‘inib,
savash qilaylik. Agar ular kelmas bo‘lsalar, qilgan va’dalarini o‘zlari buzgan bo‘lsin. Shu
ish biz uchun xayrlik bo‘lur, inshaalloh, — dedilar.
Rasululloh o‘z o‘ylaridagi bundoq yaxshi maslahatlik so‘zni shu ikki yorlaridan eshitib,
suyunganlaridan muborak yuzlari guldek ochildi va:
— Alloh oti ila qasam qilurman, agar bu g‘azotga hech kim qo‘shilmay, yolg‘iz qolur
bo‘lsam ham, yana borgayman, — dedilar.
Musulmonlar bu so‘zni onglagandin so‘ngra, ularning ko‘ngillariga tushgan qo‘rqinch
butunlay ko‘tarildi. Shuning bilan Madinadin chiqib Badr bozoriga yetdilar. Bu g‘azotda
Islom tug‘ini Hazrati Ali ko‘tarmish edi. Qarasalar, bu joyga dushmanlardin hech kim
kelmabdur. Ularni kutib, bu o‘rinda sakkiz kun turdilar.
Rasulullohning kelgan xabarlari butun arab qabilalariga yetib ma’lum bo‘ldi. Abu
Sufyonning bu to‘g‘ridagi hiylalari ko‘p foyda topmadi. Nuaym ibn Mas’udning tarqatgan
yolg‘on xabaridan Muhammad askari cho‘chishib, bu safarga chiqmay qolsa ajab emas,
degan uning umidi bekorga chiqdi. Ish uning o‘ylaganidek bo‘lmay qoldi. Shundoq bo‘lsa
ham nomus kuchidin ikki yuz kishilik askar olib yo‘lga chiqqan edi. Majanna degan joyga
kelganda Abu Sufyon askar boshliqlariga qarab:
— Bu yil yomg‘ir yaxshi yog‘maganlikdan yurtimizda ocharchilik bo‘lib turadi. Bundoq
ocharchilik kunlarida urush qilmoq bek og‘ir ishdur. Bundin xalqqa ko‘p ziyon bo‘lg‘ay,
qachon qahatchilik ko‘tarilar ekan, ana shunda bu ishni boshlagaymiz, — dedi.
Bu so‘z boshqalarga ham xush keldi. Shu bahona bo‘lib, yo‘ldan qaytdilar. Askar
boshliqlaridan Safvon Ibn Umayya Abu Sufyon so‘zini onglagach, uni malomat qilgali
turdi: «Bu va’dani qilmoqdin ilgariroq ham men seni qaytargan edim. Muhammad
va’dani saqlab, Badr bozoriga kelmishdur, biz bo‘lsak, endi arab oldida va’dani buzib,
urushdan qochgandek bo‘lib ko‘rindik. Bu ish esa biz uchun qattiq nomusdir», dedi.
Shunday qilib, dushmanlarni yo‘ldan qaytgan xabari eshitilgach, bu joyda turishning
hojati bo‘lmay, Rasululloh ham Madinaga qaytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |