Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
Umar qilichining bog‘i bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib ushlab turibdur. «Ey Umar, uni bo‘sh qo‘y, 
yaqinroq kelsin», dedilar. O‘sha ondin so‘ngra Payg‘ambarimiz oldilariga kelib arab 
odaticha «an’imuv sabohan» dedi. Bu so‘z Islom dini kelmasdin ilgarigi arablar salomi 
edi. «Ertangiz yumshoq o‘lsin» demakdir. Anda Rasululloh: 
— Buning o‘rniga undin yaxshiroq salomni Alloh taolo bizga berdi. Jannat ahli shu ila 
o‘zaro salomlashgaylar. Ey Umayr, nima uchun kelding? — deb so‘radilar. 
Anda ul aytdi: 
— O‘g‘lim Vahb Badr urushida asir tushmush edi, bu to‘g‘rida sizlar bilan kelishgani 
keldim, unga biror yaxshilik qilg‘aysizmu? — dedi. 
Rasululloh aytdilar: 
Andog‘ bo‘lsa, qilich taqib kelishing qandaydur? 
Ul aytdi: Qilichni Alloh quritsin, ul bizga o‘tgan urushda nima asqotdi? O‘z odatimcha 
taqinmish edim. 
Yana Rasululloh so‘radilar: 
— To‘g‘ri aytgil, to‘g‘ri so‘zlagil, qaysi ish qasdida kelmish eding? Ul: — Aytmish 
ishimdan o‘zgani o‘ylaganim yo‘qdir, — dedi. 
Anda Rasululloh aydilar: 
So‘zing yolg‘ondur, balki ish bundog‘dur. Bir kuni sen Ka’ba oldida Safvon bilan birga 
o‘ltirding, Badr urushida o‘ldirilib, quduqqa tashlagan kishilarni eslashib yig‘lashdinglar. 
Anda sen: «Ustimdagi qarzim bo‘lmasa, mendin keyin oilalarim och qolishidan 
qo‘rqmasam edi, Madinaga borib, Muhammadni o‘ldirib kelur edim, deding. Safvon 
sendin bu so‘zni onglashi bilan: «Agar bundoq qilur bo‘lsang, o‘tnang (qarzing) 
bo‘ynimga, bola-chaqang nafaqasi o‘lgunimcha ustimga bo‘lsin», dedi. Endi sen meni 
o‘ldirgali qasd qilib kelgandursan. Alloh meni bu ishdan asrab, buni bildirgay —dedilar. 
Bu so‘zni onglashi bilan Umayrning ko‘ngli ochildi: 
— Aniq bildim, Allohning payg‘ambari ekansan,— deb darhol iymon keltirdi. — Sening 
aytgan so‘zlaringga ilgari inonmas edim, sen kelturgan ko‘p xayrlarni yolg‘on deb bilur 
edim. Endi guvohlik berurman, sen Allohning haq payg‘ambari ekansan. Bu ishni Safvon 
ikkovimizdan o‘zga hech kim bilmagan edi. Va buni bildirmasga ont ichgan edik. Aniq 
bildim, bu ishni senga Alloh bildirmushdur. Yo‘q ersa, buni o‘zligidan boshqa kim bila 
olur edi? 
Buni ko‘rib, Rasululloh boshliq hamma sahobalar suyunishdilar. Payg‘ambarimiz Islom 
dinining asoslarini unga o‘rgatishni buyurdilar. Qur’ondan bir necha surani o‘qib, yod 
oldi. Musulmaonlar qo‘liga asir tushgan o‘g‘li Vahbni ozod qildilar. So‘ngra Umayr: 
— YO Rasulalloh, men Islom nurini o‘chirmak uchun ko‘p kurashdim, bu dindagi 
kishilarga qattiq qarshilik ko‘rsatib, alarning ko‘ngillarini ko‘p og‘ritdim. Agar ruxsat 
qilsangiz, Makkaga borib, xalqni dinga da’vat qilayin, Allohdin umid shuldurki, alar ham 
bu yo‘lni qabul qilgaylar. Agar qabul qilmasalar, ilgari haq dinga qarshilik qilib, 
mo‘minlarga to‘la ozor bergan edim, endi uning o‘rniga bularga qarshi turib, ozor 
bermakni o‘zimga lozim ko‘rdim, — deb izn so‘radi. Rasululloh ham unga izn berdilar. 
So‘ngra Umayr o‘g‘li Vahbni birga olib, Makkaga qaytdi. Kelgandin keyin musulmonligini 
barchaga ochiq bildirdi. O‘g‘li Vahb bo‘lsa, otasi qo‘lida iymon keltirdi, butun oilalari bilan 
Islom dinini qabul qildilar. 
Yana Abu Aziz ibn Umayr Badr urushida qo‘lga tushgan asirlardan edi. Bu bo‘lsa, ulug‘ 
sahobalardan Mus’ab ibn Umayrning bir tug‘ishgan qarindoshidur. Sahobalardin birovlari 
buni asir olmish edi. Mus’ab ibn Umayr unga aytdi: «Sen bu asiringni zinhor bo‘sh 
tutmagil, yana qochib qutulmasin, buni suygan mol-dunyolik boy onasi bordur. Fidya 
uchun har qancha mol so‘rasanglar uni bermakka qudrati yetar». Buning so‘zini onglab: 
«Ey og‘a, qarindoshlikni haqqi shunday bo‘lurmi?» dedi. Og‘asi degandek, onasi to‘rt 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish