ZI MURRA ELCHILARI
Zi Murra qabilasidan o‘n uch kishi elchi bo‘lib, Madinaga keldilar. Boshchilari ersa Horis
ibn Avf degan kishi erdi.
Undan Rasululloh:
— Yurtinglar qanday? — deb so‘radilar.
Anda ul:
— Duo qiling, Yo Rasulalloh, yil quruqchilik keldi. Qahatchilik boshlanib, chorva
mollarimiz qirildi, ko‘p og‘irchiliklar kechirmakdamiz, — dedi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l ko‘tarib:
— Ey bor Xudoyo, bularning yerlariga rahmat yomg‘irini yog‘dirgil, — deb duo qildilar.
Bir necha kun turishgandan keyin elchilarning har birlariga o‘n uqiya kumush, raislariga
o‘n ikki uqiya kumush hadya berib, qaytmoqqa ruxsat qildilar. O‘z yerlariga kelsalar,
yomg‘irlar yog‘ib qahatchiliklar ko‘tarilmishdir. Hisob qilib ko‘rsalar, naqr Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam duo qilgan vaqtda yog‘mishdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |