Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
Bu orovullar urushida dushman boshlig‘i o‘ldirilib, qolgan askari tarqalib qochdilar. U 
yerdan yurganlaricha Mi’on degan joyga yetishdi. Bu yer esa, Shom tuprog‘i hisoblanur 
edi. Bunda turganlarida tingchilar xabar keltirdilarkim, Rum podshosi Hirakl Qaysar yuz 
ming askar olib Balqo shahriga kelmishdur. Shurahbilga qarashlik Shom yeridagi nasoro 
arab qabilalaridan yana yuz ming kishi kelib ularga qo‘shildilar. Bu xabarni sahobalar 
angladilar ersa, aniqlagandan so‘ng shu yerda to‘xtashib maslahat qildilar. 
Bir qanchalarining maslahatlaricha, Rasulullohga bu to‘g‘rida xat yozib, javob kelguncha 
kutib turmoqchi bo‘ldilar. Chunki ikki yuz ming askarga uch ming kishining qarshi turishi 
hech mumkin emas edi. 
Alar: «Rasulullohga dushman ko‘pligidan xabar qilur bo‘lsak, ortimizdan bizga yordam 
askar yuborgaylar yoki Alloh amrini bildirur ersa, na bo‘lsa shuni qilgaymiz», dedilar. 
Anda uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha askar ruhini ko‘tarib alarga tashviqot qilib: 
— Ey mo’minlar! Biz uchun oldimizda hech qandoq qo‘rqinchlik ish yo‘qdir. Chunki bizlar 
dushmanlarimiz bilan o‘z kuch-quvvatimizga suyanib urushmaymiz. Haqiqatda ersa 
ishonganimiz Allohdur. Xudo yo‘lida shahodat izlab, o‘lish uchun chiqdik. Nima bo‘lsa 
ham olg‘a yuraylik, biz uchun ikki yaxshilikning biri bo‘lg‘usidir. Yo g‘alaba qozongaymiz, 
yoki shahodat topgaymiz. Bular ersa, bizning eng so‘nggi tilagimizdur, — dedi. 
Bu so‘zni eshitgan askarlar yig‘lashib:  
— Bu kishi to‘g‘ri aytadi. Oldimizda ikki yaxshilik bordur, qaysi biri bo‘lsa ham bizning 
suyganimizdur, — deyishib takbir sadosi bilan yo‘lga tushdilar. 
Shu yurganlaricha Shom tuprog‘idagi Balqo shahrining chegarasiga yetganlarida ilgari 
eshitgan ko‘p sonlik dushman askarining qorasi yiroqdan ko‘rina boshladi. Bular ersa 
mumkin qadar shon-shavkat, kuch-quvvatga ega bo‘lgan edilar. Yaroq-jabduq, ot-
uloqlari o‘z zamonlaricha to‘liqlangan edi. Bayroqlari oltin-kumush va har turlik qimmat 
narsalar bilan bezalmish edi. Dushman ko‘zini qamashtirmoq, ularga haybatlik bo‘lib 
ko‘rinmoq uchun askar boshchilari har turlik ziynat qilinmish ipak to‘nlar kiygan edilar. 
Bunchalik saltanatga ega bo‘lgan ikki yuz ming dushman qo‘shiniga qarshi uch ming 
sahobalar urush qilmoqlari odatdan tashqari, ishonmaslik darajada kishi hayron 
qolg‘udek bir ishdur. Lekin bu voqeaning qo‘shimchasi yo‘q haqiqat bo‘lganlikdan bir 
necha mo’tabar tarix, hadis kitoblarda ham yozilmishdur. Bu ersa Rasulullohdan tarbiyat 
topgan sahobalar iymon yo‘lida qanday ulug‘ darajaga yetganliklarini isbotlaydi. 
Allohning aytgan va’dasiga chinakam ishonganliklari uchun bu ulug‘ jur’atni 
qilmishdirlar, chunki Qur’onda Alloh taolo mo’minlarga bu oyatlar bilan va’da bermish 
edi: 
«Inna lanansuru rusulana val-lazina amanu». Ya’ni, «Biz yuborgan payg‘ambarimizga va 
iymon keltirgan mo‘min bandalarimizga albatta yordam beramiz», demakdur.  
«Va inna jundana lahumul g‘olibuna». Ya’ni, «Bizning askarlarimiz dushmanlariga 
albatta g‘olibdurlar, urushlarda doim yenggaylar», demakdur.  
«Va kana haqqan alayna nasrul muminiyna». Ya’ni: «Mo’minlarga yordam berish bizga 
lozimdur», demakdir. 
Urush kunlari Alloh taoloning mo’min bandalariga yordam berishi albatta aniqdur. Bunga 
shak keltirish, Qur’onga shak qilish, demakdir. Lekin har davrning o‘ziga yarasha qurol-
jabduqlariga musulmonlarning ega bo‘lishlari shartdir. Chunki Alloh taolo Qur’onda 
aytgan: 
«Va a’iddu lahum mastata’tum min quvvatin». Ya’ni, «Qo‘linglardan kelganicha, 
imkoniyat boricha dushmanlarga qarshi kuch, qurol tayyorlanglar», demakdur. 
Allohning bu qilgan buyrug‘ini bajarishgandan so‘ngra, agar mo’minlar Allohdan nusrat 
so‘rar ekanlar, albatta, Allohning yordam berishi shaksizdur. Islom davrlarida 
musulmonlardan ming kishi tuman kishiga, bulardan tuman kishi boshqalardan son ming 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish