Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
— Bir kimsa payg‘ambarni o‘ldirgan bo‘lsa, yoki payg‘ambar tarafidan o‘ldirilgan bo‘lsa, 
bunday odam go‘rga ko‘milgandan boshlab, qiyomat bo‘lguncha, to‘xtovsiz go‘r azobini 
ko‘rgay, — dedilar. 
Yana bu urushda dushman bahodirlaridan Ibn Qam’a degan bir kishi bor edi. Urush qizib 
turgan chog‘da, payt poylab, Rasululloh ustilariga birdaniga ot qo‘ydi. Qilich bo‘yi 
yaqinlashib kelib, muborak bo‘yinlariga bir qilich urdi. Boshlariga kiygan dubulg‘a 
chiltarini qilich kesib o‘tolmagan bo‘lsa ham, qattiq urilganlikdan, qilich salmog‘i bilan 
biror oy miqdori muborak bo‘yinlari og‘rib yurdi. Qilich urar chog‘ida: «Qam’a 
o‘g‘lidurman, ol bu qilichni», deb chopgan edi. Uning bu so‘ziga qarshi Payg‘ambarimiz: 
«Aqmaakallohu vajhaka», ya’ni, «Alloh yuzingni xor qilsin», dedilar. 
Shuning bilan, urush tarqalgandin so‘ngra bu kishi o‘z uyiga qaytdi, o‘zi ersa arab 
ko‘chmanchilari — arobiylardin edi, uyiga borgach, xotini aytdikim: «Uch kundan beri 
qo‘ylarimiz to‘pi bilan o‘tloqqa chiqib yo‘qoldi. Alarni izlab yurib, topolmay charchadik», 
dedi. Buni onglab, ul o‘zi qo‘ylarini izlamakka otlandi. Aylanib yurib qarasa, yiroqdin tog‘ 
boshida bir qora ko‘rindi, qo‘y bo‘lgaymi deb, tog‘ ustiga chiqdi. Yaqinlashganda payqab 
qarasa, ul ko‘ringan qora o‘zining qo‘y-qo‘chqori ekandur. «Hay, jonivor, meni tanib 
turganga o‘xshaydi», deb yaqiniga kelishi bilan, ko‘kragiga bir suzib erdi, tog‘din uchib, 
yumalaganicha, chala o‘lik bo‘lib, tog‘ tagiga tushdi. Mugizlari (shoxlari) qayrilgan katta 
bir tog‘ takasi poylab turgandek, tayyor turmush edi. Chala o‘lik bo‘lib tushgan kishini 
suzishga boshladi. Allohdin amr bo‘lgandek, yuzidan boshqa joyini suzmas edi. Toshdin-
toshga surib yurib, uning yuzini kishi jirkanguvdek qilib, ezib tashladi. Rasululloh buning 
haqida: «Yuzingni Alloh xor qilsun», degan edilar, ko‘p uzoq o‘tmay, Alloh bu so‘zni 
chinga chiqarib, shu xorlik bilan o‘ldi. 
Yana bu urushda Rasulullohga ko‘proq qasd qilib, dushmanchilik qilguvchilardan biri 
Madinalik Abu Omir Rohib edi. Rohibning ma’nosi obid demakdur. Rasululloh buni fosiq, 
deb atamish edilar. Aslida bu kishi madinalik ansor sahobalar urug‘idan edi. Iymon 
bunga nasib bo‘lmagach, oldiga kelgan shundoq ulug‘ ne’matdin o‘z ixtiyori bilan quruq 
qoldi. Chunki Madina munofiqlarining ikki raislari bor edi. Birisi shu Omir Fosiq, 
ikkinchisi, Abdulloh ibn Ubay. Rasululloh Madinaga kelganlaridan keyin Islom masalasi 
qo‘zg‘alib, ular raislikdan ajradilar. Xalqning bular bilan ishi bo‘lmay qoldi. Ana shu 
kundin boshlab, bularning hasad tomirlari qo‘zg‘aldi. Abadiy davlatni foniy dunyoga 
sotdilar. Shamchiroq gavharini ko‘r bo‘lib, qora toshga ayirbosh qildilar. Birinchisi ersa, 
Islom rivojini ko‘rib, chidab turolmay, ellik jonga yaqin butun oilasi bilan Makkaga 
ko‘chib borib, Quraysh mushriklariga qo‘shildilar. Ikkinchisi bo‘lsa, mol-jonini saqlamoq 
uchun til uchida bo‘lsa ham musulmon bo‘ldi, lekin Rasulullohga dilida dushmanlik qilib, 
fursat topar ekan, musulmonlarga ziyon yetkazmakdan hech tortinmas edi. Rasululloh 
bunga qarshi sabr qilmoqdin boshqa hech qandoq chora qilmadilar. Va u tavfiq topmay, 
shu munofiqlik bilan dunyodin o‘tdi. 
Yuqorida aytilgan shu Abu Omir Fosiq, musulmonlarni yiqitmoq uchun urush maydonida 
bir necha o‘rinlarga yashirin quduqlar qazdirib qo‘ygan edi. Rasululloh bu urushda ikki 
qavat temir sovut kiygan edilar. Payg‘ambarimiz kiyim og‘irligidan, payqamasdin shu 
chuqurlarning biriga tushib ketdilar. Qattiq yiqilganlikdan, tizza ko‘zlari yaralanib, bir oz 
xushlari ketgandek bo‘ldi. YOnlarida qo‘riqlab turgan Hazrati Ali qo‘llaridan tortib, Talha 
ibn Abdulloh oyoqlaridan ko‘tarib chuqurdan chiqardilar. Shu chog‘da kofirlar tomonidan 
Utba ibn Abu Vaqqos kelib Rasulullohga bir tosh otdi. Otilgan tosh ostingi ikki tishlarining 
birini sindirib ketdi. Muborak erinlari (lablari) ham tosh zarbidan anchagina yaralandi. 
Buni ko‘rib Hotib ibn Balta’a aning ustiga arslondek otilib shundoq qilich urdikim, boshi 
olmadek uzilib yerga tushdi. 
Yana dushmanlardin Abdulloh ibn Shihob Rasulullohning yuzlariga qarab tosh otdi, 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish