ASIRLAR HAQIDA MUZOKARA So‘ngra asirlar to‘g‘risida so‘z boshlandi. Rasululloh bu haqda sahobalarga, maslahat
qildilar. Anda hazrati Umar aytdi:
— Yo Rasululloh, bular sizni yolg‘onchi qilishdi, o‘zingizga va ham sizga iymon
keltirguvchilarga qilmagan yomonliklari qolmadi. Oxirida o‘z vatanimizdan qochib
chiqmoqqa majbur bo‘ldik, ustimizga qo‘shin tortib kelib, o‘zlari urush qildilar. Endigi
manim maslahatim shuki, bularni qatliom qilaylik, barini qo‘ymay o‘ldiraylik. Bular ichida
mening tuqqan qarindoshlarim bo‘lsa, buyuring, alarni men o‘ldiray. Hamzaning
yaqinlarini Hamzaga, Alining yaqinlarini Aliga topshiring, o‘ldirsinlar, boshqalari ham