Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

YANA BIR VOQEA
Shu safardin qaytishlarida, bir kuni Rasulullohning mingan tuyalari yo‘qoldi. Sahobalar 
har tarafga tarqashib, ani izlagani turdilar. Hech joydin tuya daragi topilmagach, bu 
ishdin munofiqlarga yana so‘z topildi. Alarning raislari Zayd ibn Salt degan kishi ansor 
sahobalari ichida o‘lturgan edi. Musulmonlarga ta’na qilib: 
— Bu kishi qandoq payg‘ambarmen, deydi, yo‘qolgan tuyasini qayga ketganini o‘zi 
bilmaydur. Osmonlar ustidan vahiy keltirguvchi Jabroil bu haqda unga nimaga xabar 
keltirmaydur? — dedi.
Bu so‘zni eshitgan sahobalar u munofiqni shu zamoni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. Alardin 
qo‘rqib darhol Rasululloh panohiga qochdi. Bu kelib yetmasdin ilgari Rasululloh 
aytdilarkim: 
— Shu hozirda bu munofiq menim yo‘qolgan tuyam ustida so‘z qildi, tuyasi qayoqqa 
ketganini bilmagan kishi qandoq qilib payg‘ambarmen, deydi. Nega vahiy kelib, 
tuyasining joyini bildirmadi, dedi. G‘ayb ishni Allohdin boshqa hech kim bilmaydur. Ilgari 
bilmagan edim, hozirda vahiy kelib, tuya xabarini menga bildirdi. Shu ko‘ringan tog‘ 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
162
jilg‘asi ichida burundiq ipi bilan bir yog‘ochning butog‘iga ilinganicha tuya to‘xtab 
turibdur, bir kishi borib, ani keltursun, — dedilar. 
Buni eshitgan ul munofiq: 
Men endi aniq ishondim, ko‘nglimdagi g‘uborim ko‘tarildi, siz Allohning haq 
payg‘ambari ekansiz. Bir dam ilgari bu so‘zlar mendan aytilmish edi, og‘zimdan chiqishi 
bilan bu so‘zlarni sizga kim yetkuzdi? Ul tuyaning yog‘ochga o‘ralib qolganini sizga kim 
bildirdi? Albatta, sizga bu ishlar Xudo tarafidan berilmushdur, yo‘q esa, g‘ayb ishlarni 
kim bila olg‘ay? — deb Rasulullohdin o‘z gunohi uchun afv so‘radi. Rasululloh uni 
kechirdilar. 
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu safardin qaytar vaqtlarida askar ichidagi 
yuguruk otlar, chopag‘on tuyalardin keltirib, poyga choptirdilar. Rasulullohning ham 
Qasvo va Azbo nomlik ikki chopag‘on tuyalari, Darb ismlik bir yuguruk otlari bor edi. 
Tuyalarini hazrati Bilol mindi, otlarini Abu Sa’d mindi, bu ikkovlari boshqalarning 
yuguruk ot-tuyalari bilan poyga qo‘ydilar. Har ikkovlari ham bu poygada g‘alaba qildilar. 
Ayniqsa, Rasulullohning Azbo nomlik yelmayon tuyalari bek chopag‘on edi. Ikki yoshlik 
tuyasini mingan bir a’robiy kelib, ul tuya bilan chopishtirdi, a’robiy tuyasi poygada o‘zib 
chiqdi. Sahobalar bu ishni ko‘rib, bek og‘ir oldilar. Anda Rasululloh aytdilar: 
— Allohga odat shuldurki, dunyoda nima narsa ko‘tarilib rivoj topsa, bir kuni uni tuban 
tushirgay. Bu hayvonning ham ko‘p poygalardin g‘olib chiqib, ko‘kragi ko‘tarilgan edi. 
Allohning odati bo‘yicha bu ham tuban tushdi. Bunga xafa bo‘lish to‘g‘ri emasdur. Chunki 
bu ish dunyo qonunicha bo‘lmishdur. 
Yana shu safarda tayammum oyati nozil bo‘ldi. Buning sababi shul erdikim, onamiz 
hazrati Oisha Rasululloh bilan birga chiqqan xotunlar odatlaricha bo‘yinlariga osgan 
ziynatlari bor edi, uni arablar «qiloda» deydilar. Bir manzildan ko‘chib yo‘lg‘a chiqqanda 
bo‘yinlariga qarasalar, taqilmish qiloda tushib qolmishdur. Buni Rasulullohga aytgach, 
shu joyda to‘xtab, axtarish uchun orqaga ikki odam yubordilar. Bu turgan joylari esa bir 
cho‘lu-sahro bo‘lib, o‘tgan manzildan suv ham olmagan edilar. Yo‘l ustida uzun turib 
qolganlaridan, kun issig‘i, suvsizlik kishilarni ko‘p malol qildi. Bir necha kishilar hazrati 
Abu Bakrga kelib, onamiz Oisha ustidan shikoyat qildilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq xafa 
bo‘lib, qizlari Oisha chodirig‘a keldilar. Qarasalar, Rasululloh Oisha onamiz tizzasiga bosh 
qo‘yib, yangidan uxlagan ekanlar, o‘zlari uyg‘onmaguncha Payg‘ambarimizni hech kimar 
uyg‘ota olmas edi. Chunki Rasululloh uyqu ichida ham Allohdin vahiy olur edilar. Hazrati 
Abu Bakr qizlari Oishaga qarab: 
— Sen bizni xijolatga qo‘yding, Rasululloh boshliq butun bir qo‘shin — askarni suvsiz bir 
cho‘l joyda to‘xtatding. Kishilar ichgali va tahorat qilgali hech joyda suv yo‘qdir, bu 
qiyinchiliklarga sen sabab bo‘lding, — deb onamiz Oishani biqinlariga ikki-uch marotaba 
qattiq nuqdilar. Oisha onamiz jonlari og‘rigan bo‘lsa ham, Rasulullohning uyqulari 
buzilmasin deb qimirlamadilar. Rasululloh ham shul orada uyqudan uyg‘onib ketdilar. 
Qaysi bir namozning vaqti ham kirgan edi, tahorat olmoqqa suv so‘radilar ersa, aning 
yo‘qligini aytdilar. Bir tahorat olgudek ham suv topilmadi. Mana shul chog‘da 
Tayammum qilmoqqa ruxsat bo‘lib, ushbu oyat tushdi: 
«Fain lam tajiduv moan fatayammamuv sa’iydan toyyiban». Ya’ni: Tahorat olmoqqa, 
g‘usl qilmoqqa suv topmas ersangiz, toza tuproqqa tayammum qilinglar, demakdur. 
Mana shul oyat hukmi ila suv yo‘q yerlarda g‘usl, tahorat o‘rnida tayammum qilmoq 
musulmonlarga farz bo‘ldi. Bu hukmning tushganiga Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam ko‘p suyunib: 
— Ey Oisha, bu yo‘qolgan qilodang qandog‘ qutlug‘ narsadurkim, ummatlarim uchun 
bundoq kengchilikka sabab bo‘ldi, — dedilar. 
Hazrati Abu Bakr Siddiq kelib: 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish