Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
102
Bu oyatlarni dalil keltirgandin so‘ngra yana Suhayl aytdi: 
Xudo haqqi, men aniq bilurman, bu Islom dini yangi chiqqan quyosh yanglig‘dur. Soat 
sayin yuqoriga ko‘tarilgay. Bir kun bo‘lurkim, bu quyosh butun olamni yoritgay. Bo‘sh 
iymonlik bir necha kishilar so‘ziga aldanmanglar. Allohga tavakkal qilinglar. Alloh haqqi, 
dini Islom oyoq uzra doim turg‘usidur. Alloh so‘zi — Qur’on albatta kamoliga yetkusidur. 
Bu dinga yordam berguvchilarga Alloh yordam berur. Ichimizda eng yaxshimiz Abu Bakr 
Siddiq bu dinga bosh bo‘ldi. Bundan buyon kundan-kunga Islom dini yanada ko‘tarilib, 
quvvat topgay. Shuni bilinglarkim, har kimsa dindan qaytib, murtad bo‘lsa, to‘xtovsiz 
uning boshini kesib o‘ldirgaymiz, — deb so‘zini tamom qildi. 
Iymon-Islom haqiqati bilan o‘rnashmagan, Payg‘ambarimizning vafotlarini eshitib 
ko‘ngillari qo‘zg‘alib turgan birmuncha odamlar buning so‘zini anglashgandin keyin, o‘tga 
suv sepgandek bo‘lib bosildilar. Bu mo’jizani ko‘ringlarkim, sakkiz yil ilgari bu kishi Badr 
urushida asir tushgan edi. Hazrati Umar: «YO Rasululloh, ruxsat qiling, buning oldi 
tishlarini sug‘urib olay, ikkinchi hech bir joyda sizga va musulmonlarga qarshi so‘zga 
chiqolmay qolsun», deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar, bir kun 
kelurkim, bu kishi Islom dini haqida ko‘p foydali so‘zlar qilgay», degan edilar. Sakkiz 
yildan so‘ng yuqoridagi va’zni bilan, bu mo’jizani isbot qildi. 
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Mukriz ibn Hafs degan kishi yuqoridagi va’zni so‘zlaguvchi 
Suhayl ibn Amrga fidya moli bermak bo‘lib, Madinaga keldi. Uni asir tutib, saqlagan kishi 
bilan bu haqda so‘zlashib kelishdi. Keluvchi kishini asir o‘rnida tutqin olib, Suhaylni 
bo‘shatdilar. So‘ngra o‘zi borib, Makkadin keltirgan fidya molini topshirgandan keyin, har 
ikkovi birga Makkaga qaytdilar. Yana Valid ibn Valid, bu kishi ham asir tushganlardin edi. 
Ikki qarindoshi, birisi Xolid, ikkinchisi Hishom fidya mollarini berib, buni qutqardilar. Bu 
kishi Makka shahriga kelgandin so‘ngra, darhol iymon keltirdi. Unga aytdilar: «Fidya 
molini bermasdin burunroq iymon keltirgan bo‘lsang, moling o‘zingga qolgan bo‘lur edi». 
Anda ul aytdi: «Molini qizg‘anib, moli uchun iymon keltirdi, demasinlar», dedi. So‘ngra 
Madinaga hijrat qilmoqchi bo‘lgan edi, qarindoshlari to‘sib, qaytardilar. 
Yana, Vahb ibn Umayr, bu ham Badr asirlaridan edi. Buning otasi Umayr Quraysh 
shaytonlaridan bo‘lib, Rasululloh Makkada turgan chog‘larida bundin ko‘p kulfatlar 
ko‘rgan edilar. Bir kuni Quraysh raislaridan Safvon ibn Umayr bilan o‘ltirishib, Badr 
urushida o‘lganlarni eslashib yig‘lashdilar. Shu orada Umayr: 
— Hozir bo‘ynimda bir muncha qarz bordur, buni to‘lab, qarzdan qutulay desam, 
qo‘limda molim yo‘qdur. Agar o‘zim o‘lib ketsam, bola-chaqalarim chog‘ay bo‘lib, xoru 
zor bo‘lg‘aylarmu, deb qo‘rqinchim bor. Agar shul ishlarim bo‘lmasa, Alloh haqqi, 
Madinaga borib, Muhammadni o‘ldirar erdim. O‘g‘lim ular qo‘lida asirdur, shuni bahona 
qilib borur edim, — dedi. Bu so‘z Safvonning tilagi bo‘lganligidan unga ko‘p xush keldi. 
Anda Safvon aytdi: 
— Agar shundoq qilur bo‘lsang, qarzingni o‘z bo‘ynimga olurman. Bola-chaqalaringni o‘z 
ayol va oilamga qo‘shurman. Umayr: 
— Agar sen shundoq qilur bo‘lsang, men ham shu so‘zimdan qaytmasman, — dedi. 
Har ikkovlari qattiq va’da qilishdilar. Bu sirni hech kimga aytmasga qasam ichdilar. 
So‘ngra Umayr shu ish qasdida qilichni qayrab, zahar bilan sug‘ordi. Shu bilan yo‘lga 
tushib, to‘g‘ri Madinaga keldi. Shu chog‘da Hazrati Umar bir necha sahobalar bilan Badr 
urushida o‘tgan ishlardin so‘zlashib o‘ltirishgan edi. Qarasalar, qilich taqingan bir kishi 
masjid oldiga kelib, tuyasini cho‘ktirdi. Hazrati Umar darhol uni tanib aytdilarkim: «Bu 
Xudo dushmani Umayrga o‘xshaydi, buning kelishi yaxshilik emasdur, bir yomonlik 
niyati bilan kelgay», deb darhol Rasulullohga xabar berdi. Rasululloh uni keltirmoqqa 
buyurdilar. Hazrati Umar qilichini bir qo‘lida, yana bir qo‘li bilan uning yoqasidan tutib
oldi-orqasidan ansor sahobalar o‘ragan holda olib keldilar. Rasululloh qarasalar, Hazrati 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish