MADINA YAHUDLARINING TARIXI
Butun dunyodagi yahudlarning asli vatanlari Falastin o‘lkasidur. Uning markazi Quddusi
sharif, bu shahar Tavrot kitobida ibroniy tili bilan «Avrashalaim» atalmish edi. Masjidul
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
Aqso va Saxra toshi shu shaharda bo‘lib, Ibrohim Xalilullohdin boshqa barcha
payg‘ambarlarning qiblasi edi. Payg‘ambarimiz Madinaga kelganlaridan keyin o‘n olti oy
Quddusi sharifga qarab namoz o‘qidilar. So‘ngra qibla Baytullohga yo‘tkaldi. Hijoz
o‘lkasidagi yahudlarning vatanlari Quddusi sharif bilan Shom atroflarida bo‘lsa ham,
Bobil podshosi Buxtunnasr Quddusi sharif ustiga qilgan hujumlaridin va bundan ilgari-
keyin Rum imperatorlari, nasroniy dini tarafdorlarining zulm-tahdidlaridan qochishib
chiqqan yahudlar Arabistonda, Hijozda panoh topishgan edi. Mana, Payg‘ambarimiz
davrlaridagi Madina yahudlari Qur’oni karimda qissalari bayon qilingan Bani Isroillar,
milodi Isodin ilgari-keyin Shom tarafidin hijrat qilib kelgan yahudlar nasllaridur.
Bularning olimlari Payg‘ambarimizning sifatlarini Tavrot, Injil kitoblarida o‘qishib-
eshitishgan edilar. Oxirzamon Payg‘ambari Arabiston tuprog‘idan chiqishiga qanoatlari
bor edi. Har qachon arablar bilan urushsalar, Payg‘ambarimizni shafe keltirib, Xudodan
nusrat so‘rar edilar. Shuning uchun Qur’onda:
«Ya’rifuvnahu kama ya’rifuvna abnaahum», ya’ni, «Yahudlar, kitobiy kofirlar o‘z
farzandlarini qandoq tanisalar, Payg‘ambarimizning haqligini shundoq tanur edilar»,
degan mazmunda oyat tushdi.
Nechun tanimasinlarkim, o‘tgan payg‘ambarlarga Allohdin ingan kitoblarda uch yuzdan
ortiq o‘rinda Payg‘ambarimizning sifatlari aytilib, ularga bashorat berilgan edi.
Madinadagi Avs, Xazraj arablari bilan Payg‘ambarimiz chiqmasdin burun yahudlar
so‘qishur bo‘lsalar, alarga aytur edilar: «Sizlar shoshmanglar, bu yaqinda oxirzamon
payg‘ambari chiqur, barchadin burunroq biz unga iymon keltirgaymiz, uning tug‘i ostida
sizlardin bir kishi qoldirmay qiramiz» deyishib, alarni qo‘rqitur edilar. Shundoq qilib,
Payg‘ambarimizning chiqishlariga mushtoq bo‘lib turishgan yahud toifalari o‘zlarini
ko‘rishganda, qilgan ahd-paymonlarini unutib, haqiqatdin yuz o‘girdilar. Tavrot, Injil va
boshqa ilohiy kitoblarda yozilgan Payg‘ambarimizning sifatlarini yashirib, bu haqda
aytilgan oyatlarni o‘zgartirdilar. Mana, Qur’ondagi bu oyat shular haqida nozil bo‘ldi:
«Falamma jaahum ma arafu kafaru bihi fala’natullohi alal kafiriyn», ya’ni, «Yahudlar
o‘zlari Tavrot va Injilda sifatlarini ko‘rishgan oxirzamon payg‘ambari kelganida, haqiqatni
bilib tursalar ham, unga iymon keltirmay, kofir bo‘ldilar. Allohning la’nati kofirlargadur».
Yahud olimlaridin yolg‘iz Abdulloh ibn Salom iymon keltirdi. Rasululloh Makkadan hijrat
qilib Madinaga kelganlarida, bir necha kun Qubo qaryasida (qishlog‘ida) turdilar.
Odamlar Rasululloh bilan ko‘rishgali har tomondin kelgani turdilar. Shular ichida
Abdulloh ibn Salom ham keldi. Bu kishi yahud qabilasi Bani Qaynuqo raislaridin edi.
Rasulullohni ko‘rib, Tavrot va Injilda yozilmish sifatlarini to‘g‘ri topdi. Yuzlariga ko‘zi
tushgandayoq: «Yolg‘onchi odamni yuzi bundoq bo‘lmaydur, shu muborak yuzlik kishi
qandoq yolg‘on aytsun», deb darhol kalima aytib, iymon keltirdi. So‘ngra aytdi:
— Yo Rasulalloh, rostlik bilan guvohlik berurmankim, Alloh taoloning haq
Payg‘ambaridursiz, bu to‘g‘rida qilchalik ko‘nglimda gumonim yo‘qdur, — dedi. Shuning
bilan o‘z uyiga qaytib, xotun-bolalarini ham so‘zga qondirib, dinga da’vat qildi. Alar ham
iymon keltirdilar. Ammo bu ishni bir necha kun yahudlardin yashirin tutdi. So‘ngra bir
kuni Rasululloh huzurlariga kelib:
— Yo Rasulalloh, butun yahud qavmlari bilur va o‘zlari iqror qilurlarkim, men alarning
sayidi — sayidzodasi, olimi — olimzodasi erurman. Bizning iymon keltirganimizdan
haligacha ularning xabarlari yo‘qdur. Endi maslahat shuki, barcha yahudlarni chorlab
chaqirgaysiz, ular kelgan chog‘ida yashirinib yotgayman, mening borligimni ular
bilmasinlar. So‘ngra mening hasab-nasablarimni, ularning oldida qandoq qadr-qimmatim
borligini o‘zlaridan so‘rasangiz, albatta, iqror qilurlar. So‘ngra, yo Rasulalloh, alardin ahd
olgaysiz, shundoqki, Abdulloh ibn Salom agar iymon keltirur bo‘lsa, biz yahudlar ham
barchamiz iymon keltirgaymiz, deb so‘z bersinlar, — dedi. Bu so‘z Payg‘ambarimizga
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |