www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
Umar qilichining bog‘i bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib ushlab turibdur. «Ey Umar, uni bo‘sh qo‘y,
yaqinroq kelsin», dedilar. O‘sha ondin so‘ngra Payg‘ambarimiz oldilariga kelib arab
odaticha «an’imuv sabohan» dedi. Bu so‘z Islom dini kelmasdin ilgarigi arablar salomi
edi. «Ertangiz yumshoq o‘lsin» demakdir. Anda Rasululloh:
— Buning o‘rniga undin yaxshiroq salomni Alloh taolo bizga berdi. Jannat ahli shu ila
o‘zaro salomlashgaylar. Ey Umayr, nima uchun kelding? — deb so‘radilar.
Anda ul aytdi:
— O‘g‘lim Vahb Badr urushida asir tushmush edi, bu to‘g‘rida sizlar bilan kelishgani
keldim, unga biror yaxshilik qilg‘aysizmu? — dedi.
Rasululloh aytdilar:
Andog‘ bo‘lsa, qilich taqib kelishing qandaydur?
Ul aytdi: Qilichni Alloh quritsin, ul bizga o‘tgan urushda nima asqotdi? O‘z odatimcha
taqinmish edim.
Yana Rasululloh so‘radilar:
— To‘g‘ri aytgil, to‘g‘ri so‘zlagil, qaysi ish qasdida kelmish eding? Ul: — Aytmish
ishimdan o‘zgani o‘ylaganim yo‘qdir, — dedi.
Anda Rasululloh aydilar:
So‘zing yolg‘ondur, balki ish bundog‘dur. Bir kuni sen Ka’ba oldida Safvon bilan birga
o‘ltirding, Badr urushida o‘ldirilib, quduqqa tashlagan kishilarni eslashib yig‘lashdinglar.
Anda sen: «Ustimdagi qarzim bo‘lmasa, mendin keyin oilalarim och qolishidan
qo‘rqmasam edi, Madinaga borib, Muhammadni o‘ldirib kelur edim, deding. Safvon
sendin bu so‘zni onglashi bilan: «Agar bundoq qilur bo‘lsang, o‘tnang (qarzing)
bo‘ynimga, bola-chaqang nafaqasi o‘lgunimcha ustimga bo‘lsin», dedi. Endi sen meni
o‘ldirgali qasd qilib kelgandursan. Alloh meni bu ishdan asrab, buni bildirgay —dedilar.
Bu so‘zni onglashi bilan Umayrning ko‘ngli ochildi:
— Aniq bildim, Allohning payg‘ambari ekansan,— deb darhol iymon keltirdi. — Sening
aytgan so‘zlaringga ilgari inonmas edim, sen kelturgan ko‘p xayrlarni yolg‘on deb bilur
edim. Endi guvohlik berurman, sen Allohning haq payg‘ambari ekansan. Bu ishni Safvon
ikkovimizdan o‘zga hech kim bilmagan edi. Va buni bildirmasga ont ichgan edik. Aniq
bildim, bu ishni senga Alloh bildirmushdur. Yo‘q ersa, buni o‘zligidan boshqa kim bila
olur edi?
Buni ko‘rib, Rasululloh boshliq hamma sahobalar suyunishdilar. Payg‘ambarimiz Islom
dinining asoslarini unga o‘rgatishni buyurdilar. Qur’ondan bir necha surani o‘qib, yod
oldi. Musulmaonlar qo‘liga asir tushgan o‘g‘li Vahbni ozod qildilar. So‘ngra Umayr:
— YO Rasulalloh, men Islom nurini o‘chirmak uchun ko‘p kurashdim, bu dindagi
kishilarga qattiq qarshilik ko‘rsatib, alarning ko‘ngillarini ko‘p og‘ritdim. Agar ruxsat
qilsangiz, Makkaga borib, xalqni dinga da’vat qilayin, Allohdin umid shuldurki, alar ham
bu yo‘lni qabul qilgaylar. Agar qabul qilmasalar, ilgari haq dinga qarshilik qilib,
mo‘minlarga to‘la ozor bergan edim, endi uning o‘rniga bularga qarshi turib, ozor
bermakni o‘zimga lozim ko‘rdim, — deb izn so‘radi. Rasululloh ham unga izn berdilar.
So‘ngra Umayr o‘g‘li Vahbni birga olib, Makkaga qaytdi. Kelgandin keyin musulmonligini
barchaga ochiq bildirdi. O‘g‘li Vahb bo‘lsa, otasi qo‘lida iymon keltirdi, butun oilalari bilan
Islom dinini qabul qildilar.
Yana Abu Aziz ibn Umayr Badr urushida qo‘lga tushgan asirlardan edi. Bu bo‘lsa, ulug‘
sahobalardan Mus’ab ibn Umayrning bir tug‘ishgan qarindoshidur. Sahobalardin birovlari
buni asir olmish edi. Mus’ab ibn Umayr unga aytdi: «Sen bu asiringni zinhor bo‘sh
tutmagil, yana qochib qutulmasin, buni suygan mol-dunyolik boy onasi bordur. Fidya
uchun har qancha mol so‘rasanglar uni bermakka qudrati yetar». Buning so‘zini onglab:
«Ey og‘a, qarindoshlikni haqqi shunday bo‘lurmi?» dedi. Og‘asi degandek, onasi to‘rt
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |