546.
Silvester III qaysi yillarda Rim papaligiga saylangan? * 999-1003 yillarda
547.
Muqaddas Rim imperiyasining qaysi imperatori o’zining ustozi Gerbertni Silvester III nomi bilan saylanishiga Rim papaligiga
erishgan? * Otton III
548.
Silvester III qanday oiladan chiqqan? * kambag’al oiladan
549.
Arablar Ispaniyasidagi shaharga bilim olishga borgan Gerbertning g’animlari qanday gap tarqatganlar? *Gerbertni arablardan
sehrgarlik sirlarini o’rganishga borgan deb
550.
Qaysi holat Gerbertga arxiyepiskoplikdan Rim papasi lavozimiga erishishiga yo’l ochadi? * imperator xonadoniga yaqinlik
551.
Qaysi asrdan Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi boshlanadi? * XII asrdan
552.
O’rta asrlarda Germaniyada qishloq xo’jaligi taraqqiyoti nima bilan bevosita bog’liq edi? * shaharlarning vujudga kelishi,
yuksalishi bilan
553.
O’rta asrlarda Germaniyaning qaysi shaharlari yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi? *Kyoln, Vorins,
Frankfurt, Ulin, Nyurenberg, Augsburg
554.
Reyn daryosi bo’ylarida Germaniyaning qaysi shaharlari joylashgan edi? * Kyoln, Vorins
555.
Frankfurt shahri qaysi daryo sohilida joylashgan edi? * Mayn daryosi
556.
Germaniyaning Dunay bo’ylaridagi shaharlarini qayd eting. * Ulin, Nyurenberg, Augsburg
557.
O’rta asrlarda nemis hunarmandlari ishlab chiqargan qaysi mahsulotlar boshqa o’lkalarda ham yuksak qadrlangan? * movut,
surp, metalldan qurol-aslahalar, buyumlar
558.
Kim Frankoniyaliklar sulolasining so’nggi vakili edi? * Genrix V
559.
Frankoniyaliklar sulolasidan so’ng Lotar taxtga qo ‘yiladi. U qayerning gersogi edi? * Saksoniya
560.
Lotar Germaniyada qaysi yillarda hukmronlik qiladi? * 1125-1137 yillar
561.
Lotar vafotidan so’ng Germaniyada taxt qaysi sulolaga o’tadi? * Shtaufenlar sulolasiga
562.
Qaysi sulola Germaniyani 1138-1254 yillarda boshqaradilar? * Shtaufenlar sulolasi
563.
Fridrix I Barbarossa qaysi yillarda hukmronlik qilgan? * 1152-1190 yillarda
564.
Barbarossaning Italiyani o’z viloyatlaridan biriga aylantirish uchun harakatiga qayerning shaharlari qarshi chiqadi? * Milan va
Lombardiyaning
565.
Qaysi yil Ronkal vodiysida chaqirilgan seym Fridrix I Barbarossaning Italiyada hokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof qiladi?
* 1158-yil
566.
Fridrix I qayerdan taklif etgan eng bilimdon huquqshunoslari qonunlar majmualarini tuzib beradilar? *Bolonyadan
567.
Fridrix I qonun to’plamlarida qanday nom bilan e’tirof qilinadi? * «yerdagi jonli qonun»
568.
Nechanchi yilda Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi? *1162-yili
569.
Fridrix I qanday qilib Italiyaning janubini qo’lga kiritgan? * o’g’li Genrix VI ni Sitsilya malikasi Konstansiyaga uylantirish
orqali
570.
Fridrix I ning qanday siyosati papalarni va Lombardiya shaharlarini Germaniyaga qarshi qilib qo’ydi? *Italiyaningjanubini
qo’lga kiritishi
Do'stlaringiz bilan baham: |