520.
Germaniyada 936-973 yillarda kim hukmronlik qilgan? * Otton I
521.
Germaniyada kimning hukmronligi davrida kuchli nemis otliq qo’shini vujudga keldi? * Otton I
522.
O’rta asrlarda Germaniyada nemis otliq qo’shini asosini qanday qo’shin tashkil etgan? * og’ir qurollangan ritsarlar otliq
qo’shini
523.
O’rta asrlarda Germaniyada bitta otliq jangchini qurol-aslaha bilan ta’minlash uchun ... to’g’ri kelgan. *bir necha dehqon,
ba’zida hatto bir necha qishloq ishlashiga
524.
Nimalarga tayangan yangi otliq qo’shin ko’magida Otton I vengerlar bilan hal qiluvchi jangga shaylanadi? * burglarga
525.
Nechanchi yilda Bavariyaning Lex daryosi bo’yida bo’lib o’tgan og’ir jangda vengerlar mag’lub etiladi? *955-yilda
526.
Qaysi voqea Otton I ga Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg’otadi?
*vengerlarni mag’lub etilishi
527.
Qaysi tadbir barchani yangi qirollikning qudratiga va Otton I ni Rim va Buyuk Karl imperyalarining vorisi ekanligiga
ishontirishi lozim edi? * Otton I ga Rimda imperatorlik tojini kiyishi hamda imperator unvonini olishi
528.
Nima sababdan Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish rejasini amalga oshirishida Ottonga hech kim
qarshilik ko’rsata olmaydi? * sababi, bu paytda Buyuk Karlning haqiqiy vorislari bo’lgan G’arbiy Frank davlati qirollari shu
darajada zaiflashib qolgan edilarki, ularga hatto o’z gersog va graflari ham bo’ysunmagan
529.
Otton I vengerlarni mag’lub etganidan necha yildan so’ng Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi? *7 yildan so’ng
530.
Qay tariqa yangi imperiya - Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi? * Otton I ga imperatorlik tojini tiydirilishi natijasida
531.
Muqaddas Rim imperiyasi qaysi yillarda hukm suradi? * 962-yildan 1806-yilgacha
532.
Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga qaysi hududlar kirgan? * German yerlari, Italiyaning shimoliy hududlari
533.
Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududlardagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to’liq
bo’ysunmagan? * Italiyaning shimoliy hududlaridagi shaharlar
534.
Har bir german qiroli taxtga kelganidan so’ng o’z qo’shini bilan qaysi tog’lari orqali Italiyaga yurish qilib, Rimda imperatorlik
tojini kiyardi? * Alp
535.
Zamondoshlari kimni «dunyo mo’jizasi» deb nomlagan? * Otton III ni
536.
Muqaddas Rim imperiyasining qaysi imperatori Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo’lgan? * Otton III
537.
O’rta asrlarda kim butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan? *Otton III
538.
German monarxlari o’z davlatlarini qaysi nom bilan atashda davom etadilar? * Rim imperiyasi, Muqaddas Rim imperiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |